Курсы kun tar tar 2-k 1p 3-sem jst


Download 348.05 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.11.2020
Hajmi348.05 Kb.
#143217
Bog'liq
dadadada5


Jahon sivilizatsiyasi tarixi

Личный


 кабинет

Мои


 курсы

kun_tar_tar_2-k_1p_3-sem_jst

5-Mavzu. Qadimgi Mesopotomiya sivilizatsiyasi

Qadimgi Mesopotomiya sivilizatsiyasi

Qadimgi Mesopotomiya sivilizatsiyasi

5-mavzu: Qadimgi Mesopotomiya sivilizatsiyasi

Reja:

1.                     Qadimgi Mesopotomiya sivilizatsiyaning yuzaga kelishi.



2.                     Mesopotomiya Akkad va Ur hukmronligi davrida

3.                     Mil. avv. II ming yillikda Bobil

4.                     Mil. avv. III va II ming yillikda Ossuriya

5.                     Mil. avv. XII-VII asrlarda Bobil va Ossuriya hukmronligi

6.                     Qadimgi Mesopotomiya madaniyati

Tayanch iboralar: 

Gerodot ma’lumotlari, Ktesiy, Strabon, Ikkidaryo oralig’i, Jenuilyak, J.F.Shampolon, N.A.Dmitriyeva,

N.A.Vinagradova. Ossuriya tarixshunosligi. Manbalar: moddiy yodgorliklar, yozuvlar, tekstlar. Shahar-davlatlar,

shumerlar, akkadlar, lugal, Sargon hukmronligi. Gutiylar. Xammurapi idorasi. Bobil podsholigi. Kassitlar. Yangi Bobil

podsholigi. Navuxondonosor II. Eronliklar hukmronligi.

 

5.1.              Qadimgi Mesopotomiya sivilizatsiyaning yuzaga kelishi.



  Mesopotomiya (Ikki daryo – Tigr va Evfrat oralig’i) qadimda uning markazi Bobil bo’lgan. Bu erda mil. avv. IV ming

yilliklarda Shumerlar qishloqlari paydo bo’ladi. Sekin-asta Shumer qabilalari butun hududga tarqalib, egallaydi. Ikki

daryo oralig’i sivilizatsiyasi Qadimgi Bobil qamrab olgan. Shimoliy Bobil – Akkad, janubiy hududi – Shumer nomi bilan

yuritilgan. Shimoliy Mesopotomiya joylashish jihatdan baland-pastliklardan iborat bo’lib, Ossuriya tog’li hududlari

bilan tutashib ketgan. Miloddan avvalgi IV ming yillikda Mesopotomiyada dastlabki qishloqlar paydo bo’ladi. Ularning

o’tmishdoshlari Evfrat va Tigr daryolari vohalaridan kelib, o’rnashgan bo’lsa kerak. – bu Shumerlar qishloqlarining

toponimikasi Tigr va Evfrat vohalari aholisiga yaqin edi. Shumerliklar asta-sekin butun Mesopotomiyani egallaydilar.

Ayrim etnomadaniy ma`lumotlarga qaraganda, Shumerliklarning avlodi Eron qo’ltig’idan bu erlarga kelib qolgan.

  Mesopotomiyaning shimoliy qismida mil. avv. III ming yillikda semitlar yashagan. Ular chorvador qabilalar edi.

semitlar qabilalarning tili, Mesoptomiya hududida yashaganlari akkad tilida so’zlashardi. Bir necha asrlar davomida

semitlar Shumerlar bilan qo’shni yashagan va mil. avv. III ming yillikka kelib, Janubiy Mesopotomiyani butunlay

egallaydilar. Shunday qilib, akkad tili Shumerlar tomonidan siqib chiqariladi va mil. avv. II ming yillikka kelib, Shumer tili

o’lik tilga aylanadi.

  Mil. avv. III ming yilliklar oxiriga kelib, Siriya dashtlaridan Mesoptomiyaga chorvador qabilalar kirib keladi. Bobilliklar

ularni omareyam deb atashgan. Mil. avv. III ming yillikda Shimoliy Bobilning Diyali daryosi va Umin ko’li atroflarida –

hozirgi Eron Ozarbayjon va Kurdistonda Kutiya yoki Gutiya qabilalari yashagan. eng qadimgi vaqtdan e`tiboran

Mesopotomiyaning shimolida xurritlar qabilasi yashagan. Xurritlar Shimoliy Mesopotomiyada Mitanni davlatini

tuzadilar va bu davrlar mil. avv. II ming yillikda Yaqin Sharqda qudratli davlatlardan biriga aylanadi. Mitanni davlati

tarkibida hind Eron qabilalari ham yashagan. Suriyada xurridlar  ozchilikni tashil qilgan. Bu qabilalarning tili Urart

qabilalari tiliga yaqin turgan. Urart Armanlar tog’oldi edi. mil. avv. III-II ming yillikka kelib, xurito-urartu qabilalar

zakavkaziyaga bo’lgan butun Shimoliy Mesopotomiyani egallaydilar. Shumer va bobilliklar xurritlar mamlakatini

Subartu deb atagan. Arman tog’larida xurritlar mil. avv. VI-V asrlarda ham yashagan. Xurritlar xurrid va akkad tillarida

klinopisi xatlar yaratgan.

  Mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmida Shimoliy Arabistondan Siriya dashtlariga va Shimoliy Siriya hamda Shimoliy

Mesopotomiyaga kuchli aramey qabilalari kirib keladi va bir necha mayda knyazliklar tashkil topadi. Mil. avv. XIII

asrlarga kelib arameylar G’arbiy Siriya va Janubiy-G’arbiy Mesopotomiyada bir necha kichik knyazliklar tashkil qiladi.











Mil. avv. I ming yillikka kelib, aramey xurritlarni va arameylarni  to’la assimilyatsiya qilib, Shimoliy Mesopotomiya va

Siriya erlariga xo’jayinlik qiladilar.

  Mil. avv. VIII asrlarga kelib arameylar davlati Ossuriya tomonidan ishg’ol qilinadi. Biroq aramey tili uzoq asrlar

saqlanib qoladi. Mil. avv. VIII-VII asrlarga kelib, Ossuriya ma`muriyati mahalliy xalqni dehqonchilikka mos bo’lmagan

hududlarga ko’chiradi. Ammo to’xtovsiz qabilaviy kurashlardan so’ng Ossuriya qo’llandi va Ossuriya tili iste`moldan

chiqarilib, aramey tili kuchga kiradi. Mil. avv. IX asrda Janubiy Mesopotomiyani arameylar butun mamlakatni egallaydi

va mil. avv. 539 yilga kelib aramey tili davlat tiliga aylanadi. Mil. avv. I asrlarga kelib, aramey tili sifatida qo’llaniladi.

Bunga xoldey tili ham qo’shilib ketadi.

  

Shumer.


 Mil. avv. III ming yillikka kelib, Janubiy Mesopotomiyada bir necha kichik davlat va davlat shaharlar paydo

bo’ladi. Ularning har biri 40-50 ming aholiga ega edi. mesopotomiyaning janubiy-g’arbiy tomonida erudu va Ur

shaharlari joylashgan edi. ur shahridan shimolroqda Larsa, uning sharqida Tigr daryosining bo’yida Lagash shahri

joylashgan edi. mamlakatni birlashtirishda Ur shahri katta rol o’ynagan. Mesopotomiyaning markaz qismida Evfrat

daryosi bo’yida Nishopur joylashgan edi. Nishopur  Shumerning bosh diniy markazi hisoblangan. Mil. avv. III ming

yillikda Shumerda bir necha siyosiy birlashmalar tashkil topgan bo’lib, ular Lugal (katta odam) tituliga ega edilar.

Lugal yoki ensi unvoniga ega kohinlar shahar davlatlarni boshqardilar.

  Mil. avv. II ming yillikka kelib, Shumerdagi Lagash ancha kuchayadi. U Ummu shahrini o’ziga qaratadi. Mil. avv. 2360-

2340 yillarda Umno ustidan g’alaba qiladi. u ensi Lugalanda ustidan g’alaba qozonib, o’zi hokimiyat tepasiga chiqib

oldi va mamlakat poytaxti Uruk bo’ldi. Shumerning asosiy iqtisodi dehqonchilik edi. bu xo’jalik irrigatsiya asosiga

qurilgan edi. chorvachilik ham rivojlangan. Hunarmandchilik rivoj topadi. Ur shahri mil. avv. III ming yillik o’rtalarida

metallurgiyaning rivojlanishi kuzatiladi. Bu shaharga tegishli nekropollardan oltin, kumush, miss, telpak, boltalar,

xanjarlar, nayza va tanga pullarning zarb qilinishi, ayniqsa, don qoldiqlari qiziqarlidir. Bu erga oltin G’arbiy

Hindistondan keltirilgan, lozuriylar hozirgi Badaxshon va Afg’onistondan keltirilgan. Idishlar uchun tosh ashyolar

Erondan, kumush Kichik Osiyodan keltirilgan. Mol almashish o’rniga Shumerliklar bu mamlakatlarga don, jun, finiki

kabilar etkazib bergan. Shumerliklar bu vaqtda pishiq g’isht ishlab chiqarishni yo’lga qo’yganlar. Xullas, bu vaqtda

xalqaro savdo ishlari yo’lga qo’yilgan. Binolarni bezashda guldor g’ishtlar ishlatilgan. Mil. avv. III ming yillikka kelib

Shumerliklar kulolchilik charxidan foydalana boshlaydi. Sopol idishlar bezalgan, sir berilgan. Mil. avv. III ming yillikda jez

davri boshlanib, bu III ming yillik oxirida Mesopotomiyada temir asri boshlanadi.

5.2.              Mesopotomiya Akkad va Ur hukmronligi davrida

  Mil. avv. XXVII asrda Mesopotomiyaning shimoliy qismi akkadlar tomonidan o’zlashtirilgan. Mesopotomiyadagi eng

qadimgi shahar Akkad bo’lib, aslida bu shahar semitlar tomonidan qurilgan edi. keyinchalik bu shahar mamlakat

poytaxti bo’lib xizmat qilgan. Bu shahar Tigrga yaqin, Evfrat daryosi qirg’og’ida joylashgan edi.

  2334 yil Akkad podshosi Sargon qadimgi hisoblangan. Uning dinastiyalari 150 yil hukmronlik qilgan. Sargon degani –

haqiqiy podsho degani.

  Lugal zagesi Shumer shaharlari uchun xo’jayinlik qilish uchun Sargon bilan ko’p yillar urush olib borgan va Sargon

g’alaba qilgan. So’ngra Sargon Siriya va Tavr tog’lari va bir qancha qo’shni mamlakatlarni o’ziga bo’ysindiradi. Sargon

davrida 5400 kishilik doimiy qo’shinlar bo’lgan. Sargon davrida yangi suv inshootlari – kanlallar qaziladi, bu ishlar

davlat ishiga aylanadi va qadoqlash hamda o’lchov birliklari joriy qilinadi. Akkad Hindiston va Sharqiy Arabiston bilan

savdo aloqalari olib borgan.

  Sargon davrida ocharchilik oqibatida xalq qo’zg’oloni bo’ladi (mil. avv. 2270 yil) va uning o’lishidan so’ng qo’zg’olon

bostiriladi. Taxtda o’tirgan Sargonning o’g’li, undan so’ng uning ukasi ham saroy g’alayonlari tufayli taxtdan

ag’dariladi. Mil. avv. 2236-2200 yillarda Sargonning nabirasi Naram-Suen taxtga o’tiradi. Uning davrida Akkad juda

rivoj topadi. Ko’pgina qo’shni mamlakatlarni o’ziga qaratadi. Ammo Naram-Suendan keyingi avlod – podsholar

Akkadni inqirozga olib keladi. Bu davrga kelib xalq noroziliklari kuchayadi va bundan foydalangan Zagros tog’ida

yashovchi kutey qabilalari Akkadni bosib oladi. Biroq kuteyliklar ko’p hokimlik qila olmadilar va 2170 yil atrofida zagrosa

tog’ida yashovchi kuteyliklar tor-mor qilinadi. SHundan so’ng 2109 yil Uruk  ko’ngillilirga podsho Utexengal kuteyliklarni

mamlakatdan haydab chiqaradi v u butun Shumerni o’ziga qaratib, Ur shahrini markaz qilib oladi va Shumer va Akkad

podshosi deb e`lon qiladi va hokimiyat despotik xarakterga aylanadi. Urnammu podsholigi davrida barcha hokimiyat

podsho qo’lida to’planadi. Kuchli markazlashgan davlat paydo bo’ladi. Urnammu o’g’li Shulgi (2093-2046 yy.) butun

hokimiyatni qo’l ostiga oladi. Bu vaqtga kelib, Shulgi qator qonunlar joriy qiladi. ammo Mesopotomiyaga Siriya xuruj

qilib turardi. Ayniqsa, omareylar katta xavf tug’dirardi. Shuning uchun Ur podsholari chegarani mustahkamlash

inshootlari quradi. Cherkovlarga katta imtiyoz beradi. Lekin 2003 yil Urning VIII dinastiya hokimiyati ag’dariladi, podsho

qo’lga olinib, elamga olib ketiladi. elamliklar cherkov erlarini musodara qiladi, Ur talon-taroj qilinadi va bu shaharda

elam kuchlari joylashadi.

5.3.              Mil. avv. II ming yillikda Bobil

  1595 yil mil. avv. III Ur dinastiyasidan so’ng Bobilda kassitlar podsholari hukmronligi boshlanadi. Bu davr eski Bobil

davri deb ataladi. III-Ur dinastiyasi qulagandan so’ng Bobilda bir necha mahalliy amoreylarga taalluqli dinastiyalar

tashkil topadi.

  Mil. avv. 1894 yil amoreylar Bobilda mustaqil davlat tashkil qilib, uning poytaxti Bobil edi. SHu davrdan boshlab Bobil

rivoj topa boshlaydi. To’g’ri, Bobildan tashqari ikki daryo oralig’ida Akkad, Isen, Larse kabi kichik davlatlar ham bor

bo’lgan. Ammo Bobiling birinchi podshosi Xamurappi (1792-1750) o’z davlatini ancha kengaytiradi. U Uruk va Issen,











eshnunnu, Larsu podsholiklarini ham o’ziga qaratib oladi. Keyinchalik Xamurappi Tigr daryosining butun qirg’oqlarini

o’ziga qo’shib oladi. Xamurappi o’limidan so’ng mamlakatni uning o’g’li Samsulina (1749-1712 yy.) boshqaradi. U

kassitlar bilan urush olib boradi.

  Mil. avv. XVII asrga kelib Bobilda ichki ziddiyatlar kuchayib, mil. avv. 1594 yil Bobil podshosi dinastiyasi tugaydi. Bobil

Xettlar tomonidan bosib olinadi. Undan so’ng kassitlar bosib oladi va ularning hukmronligi 362 yil davom etai. Biroq bir

necha asr davomida kassitlar assimilyatsiya ostiga olinadi.

  Mil. avv. 2 ming yillikka kelib Bobilda iqtisodiy o’zgarishlar bo’ladi, qator qonunlar kuchga kiradi. Shulardan eng

muhimi, Xamurappi qonunlari edi. Bu qonunlar aslida akkad tilida yozilgan. Xamurappi qonunlari qora bazal tosh

ustunda yozilgan. Bundan tashqari, bu qonunlarning ko’p qismi loy taxtachalarda ham bitilgan edi. qonunlar  bukenta

282 sahifadan iborat bo’lib, aholini zo’ravonlar zulmidan himoya qilish, kambag’al qashshoqlarga rahnamolik qilish

kabilarni o’z ichiga olib, huquq normalariga asos solinadi. Har xil normativ jazolar qo’llaniladi. Masalan, tan jarohati

uchun tan jarohati qo’llanilgan. Ko’zga ko’z, tishga tish odati qo’llanilgan. Bu kodekslar sinfiy xarakterga ega edi.

Masalan, xo’jayinga bo’ysunmagan qullar qattiq jazolanardi. Podsho saroyida ozod kishilardan tashqari qullar mehnat

qilardilar. Ular to’la huquqga ega emas edilar. Masalan, keltirilgan zararlar 10 karra to’lanardi. Ijaraga olingan mulk

uchun 1/3, hosil uchun 2/3 qismi to’lanadi. Harbiylarga davlat tomonidan er berilardi. Harbiy yurishlarda bu erlar davlat

ixtiyorida qolardi.

5.4.              Mil. avv. III va II ming yillikda Ossuriya

  Mil. avv. III ming yillikning 1-yarmida Shimoliy Mesopotomiyada, Tigr daryosining o’ng sohili bo’ylab yotgan hududda,

uning o’rta sohillarida Ossuriya davlati vujudga kelib, uning poytaxti Ashshur shahri bo’lgan. Mil. avv. III yillik o’rtalariga

kelib, Ashshurda Shumer va Akkaddan chiqqan sulolalar mamlakatni egallaydi. Akkad kuchaya borib, Sargon davrida

qudratli davlatga aylanadi. Bobilga qaraganda Ossuriya ancha kambag’al mamlakat edi. ashshur yirik savdo

markaziga aylanadi. Bu erga Shimoliy Siriyadan, Kichik Osiyodan, Armanistondan Bobilga turli metallar, jumladan,

oltin, kumush, miss, qo’rg’oshin keltirilardi. Misrdan oltin kelib turardi. Bularning evaziga Bobidan hunarmandchilik va

xo’jalik ashyolari yuborilib turilardi. Shu tariqa Ashshur yirik savdo markaziga aylandi. Ashshurning Kichik Osiyoning

Kenes shahrida savdo koloniyalari tashkil topdi. Masalan, Turkiyadagi Kaysari shahri yaqinidan Kyultepadan boy

arxivlar topilgan.

  XVIII asrga kelib Ossuriyani Bobil podshosi Xamurappi o’ziga qaratib oladi va Ossuriya kuchsizlanib, o’zining

savdodagi hukmronligini yo’qotadi va Mitanni podsholigi hukmronligi ostiga o’tadi. Lekin Mitanni ham asta-sekin o’z

qudratini yo’qotib, misrliklar mitanliklarni Siriyadan haydab chiqaradi. Biroq 1360 yil xett podshosi Supilumum I ularni

mamlakatdan haydab chiqaradi.

  Mil. avv. XIII asrga kelib, Ossuriya Yaqin Sharqda juda qudratli davlatga aylanadi. Ossuriya podsholari Bobilda o’z

xo’jayinlarini vakil qilib tayinlaydi va Bobilning esagina ibodatxonasidagi Marduk xudosini Ashshurga olib ketib

o’rnatadi. Ammo XII-XI asrlarga kelib, ichki nizolar tufayli Ossuriya ancha kuchsizlanib qoladi. O’sha vaqtlarda qullar

kam edi va qimmat edi. Shu boisdan er egalari aholini keng ko’lamda eksplutatsiya qilardi.

5.5.              Mil. avv. XII-VII asrlarda Bobil va Ossuriya hukmronligi

  Mil. avv. XIII asr oxirida Bobil ancha kuchsizlanib qolgan edi. Shu boisdan elam podshosi Bobilni to’la bosib oladi va

asoratga soladi. Shunday qilib, Bobilda kassitlar dinastiyasi tugab, mamlakatni elamliklar egallaydi. Biroq bu

hukmronlik uzoqqa bormadi. Bobilliklar birlashib Der qal`asi yonida bo’lgan jangda g’alaba qiladi va podsho

Novaxodonosor I butun Bobilga xo’jayinlik qiladi, mamlakat poytaxti Issina shahridan Bobilga ko’chirib keltiriladi.

  Mil. avv. X asr oxirlarida Ossuriya yana kuchayib butun shimoliy Mesopotomiyani egallaydi. Ossuriya podshosi

Ashurnasirpal Bobil, Siriya hududlarini egallab, bu erdagi qarama-qarshi kuchlarni sindirib, o’z hukmronligini o’rnatdi.

876 yil Ossuriyaliklar Finikiya qirg’oqlarigacha etib boradi. Ossuriyaliklar Salmanasor III (mil. avv. 899-824 yy.) Siriyaga

yurish uyushtiradi. Ammo Siriya, Falastina va Kilikiyalar birlashib, Ossuriyaliklarga zarba beradi va Ossuriyaliklar

engiladi. Ammo 841 yili Siriya ustidan Ossuriyaliklar qalaba qozonadi va oqibatda Bobil ustidan hukmronlik qila

boshlaydi. Mil. avv. IX asr davomida Bobil tarixida xoldeylar muhim rol o’ynagan. Xoldeylar aramiy tili shevasida

so’zlashardi. Xoldeyliklar birlashib Tigr va Evfrat daryolarining pastki oqimini egallaydilar, ular shimoliy hududlarni ham

egallab, bobil madaniyati va dinini qabul qiladi.

  Ossuriyaliklar Tiglatpalasor III (745-727 yy.) davrida juda kuchayadi. U muhim harbiy va ma`muriy islohotlar o’tkazadi.

Tiglatpalasor davrida xalq ahvoli og’irlashad. Poraxo’rlik, o’g’rilik, parokandalik kuchayadi. Asirlar qullarga aylantiriladi,

soliq va boshqa to’lovlar ko’payadi. Bu davrga kelib davlat tomonidan ta`minlanadigan doimiy qo’shin tashkil qilinadi.

Armiya g’ildirakli ot qo’shgan aravalar, soperlar va otlik askarlardan iborat edi. Ossuriya askarlari metall qalqonlar

bilan, temir telpak bilan, nayza va boshqa qurollar bilan ta`minlangan edi. SHu asnoda Ossuriya qudratli davlatga

aylanib, Yaqin Sharqda dong chiqargan edi.

  Mil. avv. 743 yil Tiglatpalasor Urartuga qarshi yurish qiladi va mamlakat poytaxti Tushtsi shahrigacha etib boradi, lekin

Urartuni ololmaydi. So’ng Tiglatpalasor Siriyaga hujum qiladi, Damask shahrini oladi, Finikiyani bo’ysundiradi. Uch

yildan so’ng Tiglatpalasor Bobilni qo’lga kiritadi va Bobil qariyb yuz yil o’z mustaqilligini yo’qotadi. endilikda Ossuriya

podsholigi Eron qo’ltig’igacha bo’lgan erlarni o’ziga birlashtiradi. Hatto Ossuriya Misrni ham o’ziga qaratgan edi. Xullas,

Ossuriya Tiglatpalasor va Sargon II davrida yirik davlatga, qudratli kuchga aylanadi.

Ossuriyaning qulashi va Bobil hukmronligi









  Ashshurbanapol podsholigining oxirgi yillari Ossuriya qudrati ancha pasayadi. Mil. avv. 629 yil Ashshurbanapol o’ladi

va Sanshar-ishkun podsho bo’ladi. Uch yil o’tgandan so’ng Ossuriya hukmronligiga qarshi Bobilda qo’zg’olon

ko’tariladi. Bu qo’zg’olon boshida Xoldey dohiysi Nabopalasor turardi. Dastlab u Bobilning shimoliy hududlarini qo’lga

kiritadi. Xoldey dohiysi elam bilan til biriktiradi va Nishopurni qamal qiladi. Lekin Ossuriyaliklar ustun keladi. Mil. avv. 626

yil oktyabr oyida Ossuriyaliklar Nishopur qamaliga hujum qilib, uni olishga kirishgan bir vaqtda Bobilda xoldeyliklar

Bobil dinastiyasini tashkil qiladi. Biroq hali Ossuriyaliklar bilan ko’p kurash olib borishga to’g’ri kelardi. Faqat 10 yildan

so’ng bobilliklar Uruk va Nishopur shaharlarini ozod qiladi va butun Bobil Ossuriyaliklardan tozalanadi. SHu yili

Nabopalasor Ossuriya poytaxti Ashshurni qamal qiladi. Lekin katta qarshilik ko’rsatiladi. Bu vaqtda Midiya kuchaygan

edi va ular Ossuriyaning yirik shahri Nineviyani bosib oladi, shu bilan Ashshurni ham olib aholisiga qirg’in keltiradi.

Ashshur xarobaga aylanadi. Midiyaliklar bobilliklar bilan kelishib ittifoq tuzadi, quda-anda kirishadi. Ossuriyaliklar

Yuqori Mesopotomiya territoriyasiga haydab chiqariladi. Midiya qo’shini zarbidan Ossuriyaliklar tor-mor bo’ladi.

Middiytsi Ossuriyalklarga Misrning ko’rsatgan yordamiga qaramasdan Ossuriya hududini va Xarran shahrini ishg’ol

qiladi. Bobil endi Siriya va Falastin ustidan o’z mavqeyini mustahkamlashga kirishadi. Shunday qilib, bu vaqtga kelib,

Yaqin Sharqda 3 ta, ya`ni Midiya, Bobil va Misr podsholiklari barqarorlashadi.

  Novoxodonosor II podsholik davrida Bobil gullab-yashnagan mamlakatga aylanadi. U misrliklar bir necha

bosqinchilik hujumlarini engib, Ierusallimni ham o’ziga tobe qilib, ko’pgina kohinlar va hunarmandlarni asirga olib

keladi.

  Navoxudonosor II davrida Bobil yirik va kuchli davlatga aylandi. Iqtisodiy va madaniy jihatdan bu mamlakat juda



kuchayib, hatto xalqaro savdo markaziga aylandi.

  Bu vaqtga kelib irrigatsiya – sug’orish ishlariga katta e`tibor qaratildi. Kanallar qazildi, suv havzalari barpo etildi.

Masalan, Sappara shahri yaqinida yirik suv ombori qurilgan bo’lib, ko’pgina kanallar uning suvi bilan ta`minlanardi.

eski maschitlar qayta tiklanish bilan yangilari quriladi. Bobilda yangi podsho saroyi quriladi. Bog’u bo’stonlar

yaratilinadi, mudofaa inshootlari qad ko’taradi.

  Mil. avv. 562 yil Novoxudonosor o’ladi va Bobil kohinlari jonlanib, bosh ko’tara boshlaydi va natijada qisqa vaqt ichida

3 ta podsho almashadi. Oqibatda mil. avv. 556 yili aslida arameylardan bo’lgan, Xoldey podshozodalari zotiga tegishli

Nabonid podsho bo’ladi. U taxtga kelishi bilan bir necha diniy islohotlar o’tkazadi va oyga sig’inish kultini ilgari suradi.

Mil. avv. 553 yil Midiya bilan Persiya o’rtasida urush boshlanadi. Shu munosabat bilan Midiya podshosi Astiag

Xarrindan o’z harbiy gornizonini chaqirib oladi va bu ish Nabonidga qulaylik tug’dirib, shaharni bosib oladi. Shu bilan

birga Nabonid markaziy Arabistonga taalluqli Teyma viloyatini ham o’ziga tobe qilib oladi. Shunday qilib, Teyma

vohasi bo’ylab Misrga boradigan karvon yo’lini ishg’ol qiladi. nabonid o’z rezedentsiyasini Teyma shahriga ko’chiradi

va Bobil hukmronligini vaqtincha o’z o’g’li Bel-shar-utsurga topshiradi.

  Bu vaqtda Nabonid tashqi siyosat bilan band edi. Shu paytdan foydalanib, Bobilning sharqiy va g’arbiy

chegaralarida kuchli va qudratli kuchga ega Eron podshosi Kir II paydo bo’ladi va darhol Midiya va Lidiyalarni bosib

olgan edi. aslida Kir II Hindistongacha bo’lgan hududlarni o’ziga qaratib olgan edi. u kuchli va qurollangan qo’shinga

ega edi. Bobilga qarshi otlanadi. Bobilda o’sha yillari kohinlar Naboniddan norozi edilar, so’ngra Bobil armiyasi

Arabiston sahrolaridagi qabilalar bilan kurashib kuchsizlanib qolgan edi. bu vaziyat Eronliklarning Bobilni bosib

olishiga qulaylik yaratdi va Bobil abadiy o’z mustaqilligidan mahrum bo’ldi.

5.6.              Mesopotomiya madaniyati

  Eron bosqinchiligi Mesopotomiyaning qadimgi sivilizatsiyasini yo’qqa chiqara olmadi. Demakki, Eronliklarning kirib

kelishi faqat Bobil dinastiyasining almashuvi bilan xarakterlanardi. Bobilliklar o’z diniy inshootlarini saqlab qoldi,

Eronliklar ham bunga jiddiy monelik ko’rsatmadi. SHunday qilib, Bobil o’sha zamonlarda o’z madaniy mavqeyini

saqlab kelardi. Ammo Yunoniston tomonidan katta harbiy kuchga ega Aleksandr Makedonskiy paydo bo’ladi. Mil. avv.

331 yilda Eronliklar bilan Gavgamel jangida Makedonskiy ustunlikka erishadi va Bobilni egallab, xudo Mardukka hadya

bildirib, qadimgi cherkovlarni tiklashga rozilik beradi. Aleksandr Makedonskiyning xohishiga ko’ra Bobil Mesopotomiya

va Misrdagi poytaxti bo’lishi kerak edi. Ammo u 13 iyunda 323 yil Bobilda vafot etadi.

  Mil. avv. 126 yil Bobilni parfiyaliklar egallaydi. SHunday qilib, ellenistik siyosat ham Bobilni madaniyatini supurib tashlay

olmadi, ammo ellenistik madaniyatning ta`siri katta edi. Shunga qaramasdan, Mesopotomiya madaniyatining

pasayishi sezilarli darajada edi. Mesopotomiyaga ellinlar kirib kelganda Eronliklar va arablar aholining ozchilik tarkibini

tashkil qilardi. Mesopotomiyada keng tarqalgan aramey tili akkad va bobil dialektlarini siqib chiqara boshladi.

Shunday qilib, selevkidlar davrida Mesopotomiya madaniyati eski jamoalarda kengroq saqlanib qolgan edi, xolos. Bu

borada Bobildagi, Urukdagi cherkovlar – ibodatxonalar katta rol o’ynagan. Biroq Mesopotomiya madaniyatining

inqirozi davom etardi. ellin madaniyati ustunlikka erisha boradi. Masalan, Mesopotomiya mixxat yozuvi uzoq asrlar

saqlanib qoladi. Uni ellinlardan birortasi filosof yoki olim o’rganmadi. Mesopotomiyada matematika fani ancha rivoj

togan edi. shuningdek, astrologiya, astronomiya fanlari ham rivoj topgan bo’lib, bu soha ellinlarning e`tiborini tortadi.

  Mesopotomiya madaniyati haqida adolatli so’z borganda shuni alohida qayd etish lozimki, Mesopotomiya

sivilizatsiyasi jahondagi eng qadimgi sivilizatsiyalardan sanaladi. Masalan, Shumerda mil. avv. IV ming yillikda

ibtidoiylikdan qadimiylikka qadam qo’ygan edi. Bu Mesopotomiya tarixidagi muhim burilish bo’lib, varvarlikdan

sivilizatsiyaga erishish bilan bog’liq tarix edi. Shu davrda urbonistik jarayonlar rivojlanadi, davlatchilik asoslari paydo

bo’ladi. Boshqaruv, hisob-kitob, rejalashtirish amallari paydo bo’ladi.









  Mesopotomiyada yozuv ancha rivoj topgan edi. Bizgacha juda ko’p mixxatlar – loy taxtachalarga, tosh taxtalarda va

boshqa joylarda saqlanib qolgan. Hozirgi vaqtda 1,5 mingga yaqin mixxat yozuvlar dunyo muzeylarida namoyishga

qo’yilgan. Bu mamlakat hududida ish olib borayotgan arxeologik ekspeditsiyalar har yili yangi topilmalar bilan o’z

ishlarini yakunlamoqdalar. Agar Misrda ehromlar hayrat soladigan yodgorliklar bo’lsa, Mesopotomiya – mixxat

yozuvlari topilmalari bilan mashhurdir.

  Mesopotomiya yozuvi piktografik shaklda dastlab mil. avv. IV-III ming yillikda paydo bo’lib, doim takomillashib

borgan. Bu erda birinchi bor hisoblash toshlari paydo bo’lib, savdo-sotiq ishlarida maxsus «shariklar» qo’llanilgan.

Hisoblashda avval chiziqchalar qo’llanilgan va keyinchalik esa chiziqlar suratlarga aylantirilgan. Mesopotomiyada loy

taxtachalarga yozuvlar bitish umumiy odat bo’lgan. Dastlab piktografik belgilar 1,5 mingdan iborat bo’lgan. Har bir

belgi bir yoki bir necha so’zning ma`nosini bergan. Yhngi Bobil davriga kelib bu belgilarning 300 tasi qoladi. Shunday

qilib, mixxatlar grammatik shaklga keltiriladi. Mesopotomiyada yozuvning eng qadimgisi so’z belgilari bo’lib, ular har

bir so’z yoki buyumning ma`nosini bildirishi bilan o’quv matniga aylanardi. Bunday so’zlashuv yoki mixxat mil. avv. III

ming yillikda ancha rivojlangan. Bu tartibdagi so’zlar bilan davlat idora xatlari va boshqa yozma munosabatlar

rivojlanadi. Mil. avv. II ming yillikka kelib bu mixxatni xettlar ham o’zlashtiradilar. Mil. avv. 1500 yillarga kelib, Ugarit

aholisi o’zlarining mixxat asosidagi so’zlashuv alfavitini tuzadi. Umuman olganda, mil. avv. II ming yillikning 2-yarmiga

kelib, Mesopotomiya mixxati xalqaro munosabatlar yozuviga aylanadi.

  Xullas, bu davrda akkad mixxat yozuvi xalqaro yozuvga aylanadi. Ilmiy matnlar paydo bo’ladi, asarlar yoziladi.

Ibodatxona va maktablarda kutubxonalar paydo bo’ladi. Masalan, mil. avv. 1853 yil Ossuriya podshosining

Nineviyadagi kutubxonasi arxeologlar tomonidan topilgan bo’lib, Ashurbanapal katta kutubxona saqlaganligi ma`lum

bo’ldi. Bu erdan topilgan kitoblarning ayrimlari 4-5 nusxadan iborat edi. Shumer-Bobil yodgorliklaridan eng

muhimlaridan akkad tilida yozilgan «Gelgamish haqidagi poema»dir. Bu poema o’z vaqtida xurrid va xett tillariga

tarjima qilingan.

 

 

 



 

Savol va topshiriqlar

1.                      Mesopotamiya sivilizatsiyasining shakllanishida geografik omilning o’rniga baho bering.

2.                      Ilk davlat birlashmalari haqida gapiring

3.                      . Shumer sivilizatsiyasi ikkidaryo oralig’i sivilizatsiyasining taraqqiyotida qanday rol o’ynadi?

4.                       Mesopotamiya sivilizatsiyasining yutuqlarini sanab bering.

 

Qadimgi Messopatamiya mil.avv. 3100-1600 yillar



Bobil osma bog’lari









СДЕЛАНО

 

С

 

ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ

 

Это



 тема была разработана 

 от conecti.me



 

Эту


 лекция ещё не готова к просмотру.

×

PREVIOUS ACTIVITY



← 4-test

Перейти


 на...

NEXT ACTIVITY

Qadimgi Mesopotomiya 

sivilizatsiyasi →

Оставайтесь



 на связи

 



https://t.me/mtsamduuz

 Сводка хранения данных



 Скачать мобильное приложение

Переключить

 на стандартную тему













Download 348.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling