Kursishi mavzu: bozor iqtisodiyotiga ótish davri uning xususiyatlari va davomiyligi
Bozoming iqtisodiy mazmunini ochib berishda uning obyekti va subyektini ajratib ko‘rsatish lozim boiadi
Download 181.43 Kb.
|
BOZOR IQTISODIYOTIGA ÓTISH DAVRI1111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erkin bozorda raqobatning turli usul
Bozoming iqtisodiy mazmunini ochib berishda uning obyekti va subyektini ajratib ko‘rsatish lozim boiadi. Bozor obyekti - ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar.
Hozirgi sharoitda oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari do‘konlari, avtomobilga xizmat ko‘rsatish stansiyasi, benzin quyish shaxobchalari, sanoat tovarlari do'koni, tijoratchilarning savdo shaxobchalari, turli xil supermarketlar, yirik savdo markazlari va savdo yarmarkalari, umumiy ovqatlanish shaxobchalari bozorning odatdagi ko‘rinishlari hisoblanadi. Fond birjalari, valyuta bozori, don birjalari va auksion kabilar bozorrning yuqori darajada rivojlangan ko'rinishlaridir. Bozor subyekti - ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi. Bozor subyektlari ikki guruhga - sotuvchi va xaridorlarga bo’linib, ular bozor munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o‘z subyektlari manfaatini bir-biriga bog‘lab, ularni muvofiqlashtiradi. Ayrim turdagi bozorlarda sotuvchi va xaridorlar o‘rtasida bevosita aloqa mavjud bo’lsa, boshqalarida bilvosita aloqa mavjud boiib, ular hech qachon bir-birini ko’rmaydi yoki bilmaydi. Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan Yaratilgan tovar va xizmatlami, iqtisodiy resurslami iste'molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Bu yerda bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bog’laydi, ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o‘z iste’molchisini topadi. Bunda bozor vositachi bo’lib xizmat qiladi. Bozorda qiymat shakllari almashadi. U qiymatni tovar shaklidan pul shakliga aylantiradi. Individual mehnat sarflari sifatida chiqqan tovarlar bozor tomonidan tan olinsa, ijtimoiy mehnat sarfini namoyon qiladi va tovarning bozor qiymati hosil bo’ladi. Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo’lib, ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish, yangidan boshlanishi uchun Yaratilgan tovarlar sotilishi va ularning pulga aylanishi, puldan esa kerakli iqtisodiy resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida tovarni sotishdan tushgan mablag’lar hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yo’li bilan sarflangan ishlab chiqarish vositalari o'rnini qoplaydigan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo‘1adilar. Bozor orqali resurslarning erkin harakati ta’minlanadi va ularning tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi ro‘y beradi. Iste’molchilar bozorda u yoki bu tovarga bo’lgan talabini bildiradi. Bozor bu talabni ishlab chiqaruvchilar va resurslami yetkazib beruvchilarga uzatadi. Resurslar talab bildirgan tarmoqlar va sohalar o’rtasida taqsimlanib turadi. Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. U o'zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy resurslami tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kelishini ta’minlaydi. Shuningdek, adabiyotlarda bozoming boshqa ko‘plab qo’shimcha vazifalari ham keltiriladi. Bu vazifalami yaqqolroq tasawur etish uchun ulami maxsus rasm ko’rinishida ifodalash mumkin 3-rasm. Bozor vazifalari Bozor turli xil vazifalami bajarsada, ular o‘zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladi. Bozoming iqtisodiy mazmunini chuqurroq tushunish uchun uning turlari va ichki tuzilishini kо‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashga quyidagi mezonlar asos qilib olinadi: bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor subyektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar. Bozoming yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, erkin (klassik) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo’linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor tasodifiy tavsifga ega bo’lib, unda tovami tovarga ayirboshlash (barter) usuli ko‘proq qo’llaniladi. Bozoming bu turi tarixan hali haqiqiy pul mavjud bo’lmagan davrga to‘g‘ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo‘qotgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ham bozoming bunday turi amal qilishi mumkin. Erkin (klassik) bozor - tovar va xizmatlarning har bir turi bo’yicha juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo’lib, ular o‘rtasida erkin raqobat amal qiluvchi, narxlar talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanuvchi bozordir. Erkin bozorda raqobatning turli usul- Download 181.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling