Kursishiga Ilmiy rahbar xulosasi
CHINOR ROMANI SYUJET VA KOMPOZITSIYA BO’YICHA TAHLIL
Download 57.63 Kb.
|
KURS ISHI QO\'QON
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning dolzarbligi
CHINOR ROMANI SYUJET VA KOMPOZITSIYA BO’YICHA TAHLIL
KIRISH I BOB. ASOSIY QISIM 1.1 Asqad Muxtorning hayot yo’li 1.2 Chinor romanida syujet va kompazitsiya II BOB MAVZU BO’YICHA UMUMIY MALUMOT 2.1 Chinor romanidan qisqa parcha XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAT KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 20 mart 76-sonli qaroriga muvofiq ―2011-2016 yillar Oliy taьlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash dasturi‖ asosida oliy taьlimning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi1 . Bu isloxotlarning amalga oshirilishida bevosita ilmiy tadqiqot ishlari sifatini yaxshilashga ham ta’sir etmasdan qolmaydi, albatta. SHu ma’noda o’zbek tilshunosligi mutaxassislari ilmiy salohiyatini yuksaltirishda lingvistik tadqiqotlarning yangi va yangi qirralarining ochila borayotganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Tilshunoslikka valentlik nazariyasi asosida yondashish frantsuz tilshunosligida L.Ten’er, rus tilshunosligida Filicheva N.I. Katsnelьson S.D., nemis tilshunosligida L.Veysgerber, G.Xel’biglar tomonidan boshlangan bo’lsa, o’zbek tilshunosligida I.Qo’chqortoev. G’.Abduraxmonov, A.Nurmonov, N.Maxmudov, R.Rasulov, M.Mirtojiev kabi tilshunosligimizning yetuk darg’alari tomonidan ham tadqiq ishlari amalga oshirildi. Bunda albatta, lisoniy birliklarning birikuvchanlik xususiyatlarini o’rganish valentlik nazariyasiga olib keladi. Asqad Muxtor 1920-yilning 23-dekabrida Farg’ona shahrida temiryo’lchi oilasida dunyoga keldi. Asqad Muxtor balog’at yoshiga yetguncha bolalar uyida tarbiya topadi, o’qiydi.1936-yil u Toshkentga kelib, jurnalistlar tayyorlaydigan kurslarga o’qishga kiradi, gazeta tahririyatida ishlaydi. Asqad Muxtor1938-yilda Samarqanddagi dorulfununga o’qishga kiradi. Insoniyat azal —azaldan borliq hodisalarini bilish, o'zi yashayotgan muhitni go'zallashtirishga intiladi, Bu intilish zamirida mukammallikka erishish istagi turadi. Koinot sultoni sanalgan inson komillikka erishish uchun muttasil yo'l izlaydi. San'at, adabiyot, ilm —fan aslida kishilarning komillikka intilish yo'llaridir. Ular odamlarning qalb quwati va aql — tafakkuri qudratini namoyon etadigan o'ziga xos maydon sanaladi. San'at, adabiyot, ilm —fan bir — biri bilan mustahkam bog'liq hodisalardir. Ular orasida jiddiy farq — tafovutlar bo'lsa —da, san'at ilm — fanni yoki ilm —fan san'atni butkul inkor qilmaydi. Aksincha, ular bir —biri bilan uzviy bog'langan holda, insonning komillashishiga xizmat qiladi. Insonning komillashishiga, uning o'zligini anglashiga ta'sir ko'rsatadigan vositalar orasida, ayniqsa, adabiyot alohida ajralib turadi. Chunki adabiyot insonning qalb quwati va aql — tafakkuri rivojini o'ziga xos tarzda mujassamlashtiradi. Unda qalbning hissiyot, tuyg'ulari, aqlning mantiqli mushohada, mulohazalari ajoyib tarzda uyg'unlashgan bo'ladi. Adabiyot asarlarida kishilarning his — tuyg'ulari, fikr —mulohazalari obrazlar orqali akslanadi. His — tuyg'ular qalbga xos kechinmalar sanalsa, fikr — mushohada esa miya mulki bo'lgan ong-aqlning mahsullaridir. «Adabiyot» arabcha so'z bo'lib, u «odob» (ko'plik shakli «adab») so'zidan olingan. Odob —axloq esa insonni mukarram etuvchi, uni barcha mavjudotlardan ulug'vor qiluvchi hodisadir. Odob —axloq insonni barcha mavjudotlardan ustun qiluvchi hodisagina bo'lib qolmasdan, u kishilarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi, dunyoning osoyishtaligi, tinchligini ta'minlovchi, odamlarning aql — tafakkurini ravshan etuvchi tayanch omil hamdir. Shu boisdan asosi «odob», «adab» bo'lgan adabiyotga azal — azaldan jamiyat ma'naviyatining poydevori sifatida qaralgan Jamiyat ma'naviyatining poydevori sanalgan adabiyot turli xalqlar tilida turlicha ataladi. Chunonchi, 2 3 «литература», «словесность», «wortkunst» so'zlari Yevxopa xalqlari orasida keng qo'llaniladi. Hozir she'riyat ma'nosida qo'llanadigan «poetika», «poeziya» so'zlari ham awallari «adabiyot» ma'nosida ishlalilgan. Aristotel (eramizdan awalgi 384 — 322 yillar) «Poetika» nomli asar yozib, adabiyot va uning xususiyatlari xusuida mulohaza bildirgan. V.Belinskiy (1811 — 1848) adabiy tur va janrlarni ta'riflab, tahlil qilganida «lityeratura» so'zi o'rnida «poeziya» so'zini qo'llagan. Biroq «adabiyot» istilohi muqobili sifatida qanday so'z qo'llanmasin, shunisi aniqki, bu so'z barcha zamonlarda hamma xalqlar hayotida alohida o'rin tutgan. Jumladan, turli sohalarga taalluqli barcha manbalar ham «adabiyot» deb yuritilgan. Iqtisodiyot, texnika kabi tarmoqlarga oid jamiki kitoblar, maqolalar, umuman, yozma manbalar «iqtisodiy adabiyot», «texnika adabiyoti», «siyosiy adabiyot» va hokazo deb yuritilgan. A dabiyot atamasi azal — azaldan kishilar turmushida juda keng qo'llangan bo'lishiga qaramasdan, uning mohiyatini to'la —to'kis ifoda qiladigan yagona so'z topilmagani esa juda qiziqdir, Masalan, «lityeratura» so'zi adabiyotning yozma xususiyatini ifoda qiladi, «Lityeratura» «yozilgan, bosilib chiqqan, chop etilgan yozuv mahsulotlari» demakdir. Chunki lotincha «litera»dan hosil bo'lgan bu so'z «harf» degan ma'noni bildiradi. Biroq adabiyotning yozma shakli bilan birga, uning og'zaki shakli ham mavjuddir. Qolavyersa, folklor, ya'ni xalq og'zaki adabiyoti yozma adabiyotdan awal paydo bo'lgan. U yozma adabiyotning maydonga kelishiga asos, poydevor sifatida kishilik jamiyati tafakkuri tarixi, xayoloti va dunyoqarashi rivojini o'zida aks ettirgan. Shu boisdan «Adabiyotning yozma va og'zaki xususiyatini ingliz tilida qo'llanadigan «lityeratura» tyerminidan ko'ra nemischa «wortkunst» yoki ruscha «slovesnost» so'zlari o'zida aniqroq mujassamlashtiradi», deb yozadi Download 57.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling