Kurslar Izlash


Download 64.27 Kb.
bet3/4
Sana27.08.2023
Hajmi64.27 Kb.
#1670653
1   2   3   4
Bog'liq
screencapture-uz-khanacademy-org-science-chemistry-acids-and-bases-topic-acids-and-bases-a-ph-poh-and-the-ph-scale-2023-05-19-02 09 42

pH ko'rsatkich. Kislotali eritmalarning pH qiymati 7 dan kichik, asosli eritmalarniki esa 7 dan katta boladi. Surat manbasi: UCDavis ChemWiki, CC BY-NC-SA3.0US.
25 °C dagi suvli eritma uchun eslab qolish kerak bo'lgan ayrim ma'lumotlar:

  • Neytral eritmalar uchun pH = 7.

  • Kislotali eritmalarda pH < 7.

  • Asosli eritmalarda pH > 7.

pH qiymati kichikroq bo'lishi eritmaning kislotaliligi kuchli H+ ning konsentratsiyasi yuqoriroq ekanini bildiradi. pH qiymati kattaligi esa eritmaning asosligi yuqoriligini va H+ konsentratsiyasi pastligini bildiradi. Kislotalik yoki asoslilikni pOH qiymati bilan ham tasvirlash mumkin, ammo pH ko'proq qo'llanadi. Yaxshiyamki, pH va pOH larni o'zaro almashtirish ancha oson.
Nazorat savoli: yuqorida keltirilgan pH ko'rsatkich asosida apelsin sharbati yoki sirkaning qaysi biri kislotaliroq ekanini aniqlang.
[Javobni ko‘rishl
2-misol: suyultirilgan kuchli kislota eritmasining pH ko‘rsatkichini aniqlash
pH qiymati 4,0 bo'lgan 100 ml nitrat kislota bor. Eritmani umumiy hajm 1,01 bo'lguncha suyultirildi.
Suyultirilgan eritmaningpH ko'rsatkichi qanday bo'ladi?
Ushbu masalani yechishning bir qancha usullari bor. Biz ikki xil usulini ko'rib chiqamiz.
1-usul. Logorifmning xususiyatlaridan foydalanish
pH ko'rsatkich manfiy logorifmik ko'rsatkichdir. AgarH- ning konsentratsiyasi 10 marta kamaysa, pH qiymati 1 birlikka ortadi.
Eritmaning dastlabki hajmi (100 ml) suyultirilgandan keyingi hajmning o'ndan bir qismi bo'lgani uchun suyultirilgan eritamada H+ ning konsentratsiyasi 10 marta kamaygan. Demak, eritmaning pH qiymati 1 birlikka ortadi:
pH = boshlang‘ich pH + 1,0
= 4,0 + 1,0
= 5,0
Shunday qilib, suyultirilgan eritmaning pH ko'rsatkichi 5,0 ekan.
2-usul. pH ni topishda H+ ning molidan foydalanish
1-bosqich: H+ning molini hisoblash
Eritmadagi H+ ning molini topish uchun pH va dastlabki eritmaning hajmidan foydalanishimiz mumkin.
mol H+ = [H+]fcosWans<ic/l x hajm
= 10“pHM x hajm
= 1O“4oM x 0,100/
= 1,0 x 1(F5 mol H+ 2-bosqich: H+ ning suyultirishdan keyingi konsentratsiyasini hisoblash
Suyultirilgan eritmaning molyarligini boshlang'ich eritmadagi H+ ning moli va eritmaning suyultirishdan keyingi hajmidan foydalanib topishimiz mumkin.
rtr+1 _ H+ning moli
l-H \oxirgi = 77 7 7 7
entma hajmi, l
_ 1,0 x 10“5 mol H+
1,0/
= l,0x 10-5M
3-bosqich: [H+] dan pH ni topish
pH ni topish uchun la tenglamadan foydalanishimiz mumkin:
pH=—log[H+]
= -log(l,0 x 10-5)
= 5,0
2-usul ham bizga 1-usul bilan birxil javobni berdi, uraaa!
Umuman olganda, 2-usulda bir nechta qo'shimcha bosqichlar bor, ammo odatda pH dagi o'zgarishlarni shu usul yordamida topiladi. 1-usuldan konsentratsiyalar 10 marta o‘zgarganda foydalanish qulayroq. 1-usul pH dagi o'zgarishlarni tezkor hisoblash uchun qo'llanadi.
pH va kislota kuchi o‘rtasidagi bogliqlik
pH tenglamasidan bilamizki, pH qiymati [H-] ga bog'liq. Ammo shuni yodda tutish kerakki, pH har doim ham kislota kuchi bilan bevosita bog'liq emas.
Kislota kuchi kislotaning eritmada dissotsilanishiga bogliq: kislota qanchalik kuchli bolsa uning eritmasida [H+] miqdori ham shuncha ko‘p bo'ladi. Misol uchun, 1,0 M li kuchli kislota - HCl ning eritmasida H+ ning konsentratsiyasi 1,0 M li kuchsiz kislota HF nikidan ko'p boladi. Shunday qilib, birxil konsentratsiyadagi bir negizli kislotalar eritmasida pH qiymati kislota kuchiga mutanosib bo'ladi.
Umuman olganda kislota kuchi va kislotaning konsentratsiyasi [H+] ni belgilaydi. Shuning uchun kuchli kislota eritmasida pH kuchsiz kislota eritmasidan doim ham past boladi deya olmaymiz. Kislotaning konsentratsiyasi ham juda muhim hisoblanadi!
Xulosa

Indikator qog'ozi eritmaningpH qiymatini aniqlashda ishlab'ladi. Ushbu rasmdagi indikator qog'ozi pH=7 qiymatni ko'rsatyapti. Surat manbasi: Wikimedia Commons, CCBY-SA 2.5


  • Quyidagi tenglamalaryordamida [H+] va pH orasidagi bog'liklarni hosil qilamiz va ularni bir-biriga o'tkaza olamiz:

pH = -log[H+]
[H+] = l(FpH

  • Quyidagi tenglamalaryordamida [OH-] va pOH orasidagi bog'liklarni hosil qilamiz va ularni bir-biriga o'tkaza olamiz:

pOH = -log[OH-]
[OH-] = 10-pOH

  • [H+] konsentratsiyasi har 10 marta oshganida pH qiymati 1 birlikka kamayadi va aksincha.

  • Har qanday suvli eritma uchun 25 °C da:

pH -I- pOH = 14.

  • Kislota kuchi va konsentratsiyasi [H+] va pH qiymatini belgilaydi.

fQo'shimcha malumotlar va manbalar]
1-masala: 25 °C dagi kuchli asos eritmasining pH ini hisoblash
Ca(OH)2 ning 0,025 M li eritmasidan 200 ml tayyorlandi. Eritmaga suv qo'shib 1,00 l gacha suyultirildi.
Suyultirilgan eritmaningpH ko'rsatkichi qanday bo'ladi?

Download 64.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling