Kushon davlati
Download 0.69 Mb.
|
11 мавзу Kushon
Uning din sohasida o`tkazgan siyosati muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Garchand uning davrida Budda dini davlatning rasmiy dini darajasiga ko`tarilsada, biroq mamlakatning turli hududlarida mahalliy aholi oldindan e`tiqod qilib kelgan boshqa dinlar erkinligi va daxlsizligi saqlanib qoldi. Hatto zarb etilgan oltin va kumush tanga pullarda budda xudosi bilan bir qatorda mahalliy xalqlar e`tiqod qo`yib kelgan xudolar-Anaxita, Mitra, Veretragna, Vaxsh va boshqalarning ham tasvirlari tushirilganligi bunga yorqin dalildir. Bu davrda zarb etilgan tangalar avvalgidek yunon tilida emas, balki mahalliy Kushon-Baqtriy tilida chiqarilganligi alohida e`tiborga loyiqdir. Bunday uzoqni ko`zlab oqilona yuritilgan siyosat turli aholi qavmlari, ijtimoiy guruhlari o`rtasida tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni ta`minlashga xizmat qilganKushon podsholigi iqtisodiyotining asosini sug‘orma dehqonchilik, savdo va hunarmandchilik tashkil qilgan. Ushbu sohalar yuqori darajada rivojlangan. Hindiston, Xitoy va Rim saltanati bilan savdo hamda elchilik munosabatlari o‘rnatilgan. Savdo munosabatlarining rivojlanishida Buyuk ipak yo‘lining ahamiyati katta bo‘lgan. Termizdan Rim tangalari xazinasi, O‘rta yer dengizi atrofi hududlaridan esa Kushon davlati tangalari topilgani buning isbotidir. Aynan ana shu davrda hunarmandchilik xo‘jaligi yuksak darajada rivoj topib, ushbu sohaning‘ kulolchilik, metallsozlik, qurolsozlik, to‘qimachilik, shishasozlik kabi turlari ancha yuksalgan. Hatto Baqtriya shishasozlari 420 yilda Xitoy poytaxtida turfa rangdagi shishalar tayyorlab xitoyliklarni lol qoldirganlar.Kushon elchilari 274 yilda Rim Imperatori Avrelinning Palmir ustidan g‘alabasiga bagishlangan tantanalarda qatnashdi. Sosoniylar Rim Kushon dustligidan xavfsirab, endi Kushonlar bilan aloqani yaxshilash yo‘lida siyosat olib bora boshlaydilar. Sosoniylar shohi Xormuzd II (301-309) Kushonlar malikasiga uylandi.IV asrning urtalarida kushonlar va sosoniylar urtasidagi munosabatlar yana yomonlashdi. Shopur II (309-379) kushonlarga qattiq zarba berib, Shimoliy Baqtriya yerlarini tortib oldi. Ammo kushonlar bu zarbaga ham bardosh berdilar. IV asrning oxirida Balxda sunggi kushonlar sulolasi sifatida kidariylarni taxtga o‘tirishi tantanalari buldi. Shundan boshlab tarix sanasiga yangi kushonlar chiqdi. Bu kushonlar o‘z vaqtida Kumonlar imperiyyasi tarkibiga kirgan ko‘chmanchilar bulib, ular bu buyuk imperiyaning tarix sahnasida chiqishiga olib keldi.Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling