Kushon davlati


Download 0.69 Mb.
bet2/5
Sana21.01.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1107805
1   2   3   4   5
Bog'liq
11 мавзу Kushon

Milodiy I-III asrlarda hukmronlik qilgan Kushon podsholigi nafaqat Surxondaryo tarixida, balki butun Osiyo xalqlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida muhim rol o‘ynagan davlatlardan biri sanaladi. Uning eng rivojlangan davri Kanishka davri bo‘lib, milodiy 78—123 davrlar hisoblanadi. Xududi- Janubiy O‘zbekiston, Janubiy Tojikiston, Pokiston, Afg‘oniston Hindiston. Xorazm xududlari kirmagan.

Kushon davlatining shimoli-g‘arbiy chegarasi Darband devori bilan himoyalangan. Bu Sug‘d bilan chegara hisoblangan. Bu devor XX asrning 90 yillari aniqlangan. U Surhondaryo va Qashqadaryo o‘rtasidagi Darband qishlog‘idan o‘tgan. 1,5 km uzunlikda, eni 6-6,5 m bo‘lgan. Devorlar orasida minoralar bo‘lgan. Janubiy qismida qa’asi joylashgan. Vima Kadfiz tomonidan qurilganligi aniqlangan

Kushon davlati tarixi bilan arxeolog olimlardan Ye.Masson, G.A.Pugachenkova, E.Rtveladze, Sh.Pidaevlar tadqiqotlari asosida yoritilgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Kushon davlatining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishida 2 xil yo‘nalish kuzatiladi. 1 davr Kanishkagacha bo‘lgan davr va 2 davr Kanishkadan keyingi davr hisoblanadi. Kanishkagacha bo‘lgan davrda uning siyosiy va madaniy hayotida grek yozuvi va madaniyati yetakchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Kanishkaning olib borgan islohatlari natijasida baktriya yozuvi va maxalliy madaniyat asoslari jamiyatga tatbiq etiladi.

Yuedji qabilalari dastlab qadimgi Farg‘ona xududiga kelib istiqo­mat qila boshlaydilar. Bu davrda Qadimgi Farg‘onada, ayniqsa uning shimoliy xududlarida yue-shjilarning qishloqlari va shaxarlari qad ko‘taradi. Ular endi yagona bir podsho qo‘l ostida bulmay, balki qabila va urug‘ yabgula­ri (qabila oqsoqollari) qo‘l ostida yashaydilar. Masalan, Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on yonidagi Kushon qishlog‘i va Kosonsoydagi Koson shahar xarobasi yuedjilar asos solgan qishloq va shaxar edi. Yuedjilar miloddan avvalgi 140 yili Sug‘d yerlari orqali Baqtriyaga kirib keladi.

Guyshuan (Kushon) qabilasi (yabg‘usi Kudzula Kadfiz) qolgan turt qabila yabg‘ularini tobe etib, uzini xukmdor deb elon qiladi. U avval Kushon davlati sifatida hozirgi Surxondaryo viloyatining Sho‘r­chi tumanida joylashgan Dalvarzintepani poytaxti qiladi. Sungra u uz davlat chegaralarini kengaytirish va qudratini mustaxkamlash maqsadida Amudaryoning chap sohili xududlarini egallashga otlanadi. Xitoy manbalariga kura, Kushon davlati Par­fiyani, Afg‘onistonni va Kashmirni bosib oladi. Nixoyat, Kudzula Kadfiz 80 yoshida olamdan o`tadi.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling