Kushon podsholigi


Download 1.57 Mb.
Sana15.11.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1776474
Bog'liq
Kushon podsholigi 6- sinf

Kushon podsholigi

6-sinf Tarix fani darsligi asosida 42-43-mavzu

Miloddan avvalgi 140–130-yillar oralg‘ida ko‘chmanchi yuechji qabilalari Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladilar.

Yuechjilar Baqtriya yerlariga kelib o‘rnashadilar va milodiy I asrda Guyshuan (Kushon) xonadonining boshlig’I barcha yeuchji mulklarini o’z hokimiyati ostida birlashtirib, Kushon davlatiga asos soladi.


Kushon podsholigi

Birlashgan yuechji mulklarining birinchi hukmdori Kudzula Kadfiz bo‘lgan.


Kudzula Kadfiz

Kudzula kadfiz hukmronligi davrida Afg‘oniston va Kashmir Kushon davlatiga qo‘shib olingan.


Kushon hukmdori
Uning vorisi Vima Kadfiz hukmronligi davrida Kushon davlati hududi yanada kengaydi.

Podsho Kanishka hukmronligi zamonida poytaxt Baqtriyadan Peshovar (hozirgi Afganistonga)ga ko’chiriladi, Kushon davlati esa ulkan imperiyaga aylanadi.


Kushon
shahzodasining
tasviri

Vima Kadfiz davridan Kushon podsholigida hukmdor nomi ko’rsatilgan tanga zarb qilish boshlandi. Hukmdor pul islohati o’tkazadi, zarb qilingan tangalar qadri ortadi. Tangalar oltin, kumush va misdan zarb qilingan.

Kushon davlati davrida suv tegirmoni, chig‘ir turlaridan keng foydalanildi, yerga ishlov berish qurollari takomillashtirildi.


Chig‘ir – suv chiqaradigan
moslama.

Kushon podsholigid qadimdan mavjudligini Surxko‘tal (Afg‘onistondagi Qundqinida) yodgorligidan topilgan yunon alifbosidagi kushon bitiklari ham tasdiqlaydi.

Kushon davlati tashkil topayotganda Baqtriya, So‘g‘diyonaning asosiy aholisi zardushtiylik dinida edi.

Eski Termiz Ayritom va Dalvarzintepada muhtasham buddaviylik ibodatxonalari bo‘lgan. Aynan shu yerdan buddaviylik O’rta Osiyo bo’ylab tarqala boshladi.


Budda boshining
tasviri.
Dalvarzintepa.
II–III asr boshlari

Shahzodalar, saroy a’yonlari, jangchilar tasviri, Budda haykali va Ayritomda topilgan do‘mbrachi hamda ud cholg‘u asbobini chalayotgan musiqachilar tasvirlari shular jumlasidandir.


Do‘mbirachi.
Ayritom yodgorligidan
namuna
Chang chalayotgan
ayol tasviri

Temir va suyak kandakorligi ham yuqori darajaga erishgan. Dalvarzintepadan fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan.


Fil suyagidan
ishlangan
shaxmat donalari

Kushon san’atida mahalliy an’analar, Qadimgi Sharq va Qadimgi Yunoniston ellinistik san’ati uslublari muvofiqlashgan.

Savol va topshiriqlar

1. Yuechjilar Baqtriyaga qachon bostirib keldi?

2. Kanishka davrida Kushon podsholigida qanday o’zgarishlar bo’lgan?

3. Qaysi podsho davrida hukmdori nomi yozilgan tangalar zarb qilina boshlandi?

4. Kushon davlatida hunarmandchilikning qaysi turlari rivojlandi?

5. Kushon podsholigida qaysi dinlar tarqalgan edi?


Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling