Hamma:Shu yurt deb jon bergan Islom Bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
Charos:Kamolotga yo’l ochdingiz, bizlar o’qidik,
Yetuk, Olim ,farzand bo’lib yetishdik,
Urush-janjal bilmay hur yurtda o’sdik,
Hamma:Tinchlik farishtasi Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
Alisher:Har fanda-jabhada sizdek topilmas,
O’zbek deb yurak yoqgan, odam topilmas
Topilsa topilar, sizdek bo’lolmas,
Hamma:Kimligini ko’rsatgan Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
Zarina:Ilmini-zexnini meros qoldirgan,
Kichikka-kattani e’zoz qildirgan,
Har jabhani mukammal, yetuk to’ldirgan,
Hamma:Buyuklardan-buyuk Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
Sherzod:Kattayu-kichikning mehrin qozongan,
Yigirma besh yilingiz Vatan deb o’tgan,
O’zbek elini dunyoga tanitgan,
Hamma:O’zbekiston faxri Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
Yulduz:Siz yodimizdasiz, siz yuraklarda,
Siz yoddan chiqmaysiz, abadiy dilda,
Har bir yosh qarining qalbi to’rida,
Hamma:Qahramonlik ko’rsatgan Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
Gulsanam:Islom Abdug’anievich Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug’ilgan.
Mehriniso:Millati - o’zbek. Oliy ma'lumotli, O’rta Osiyo politexnika va Toshkent xalq xo’jaligi institutlarini tugatgan. Muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklariga ega. Iqtisod fanlari nomzodi.
Shahzoda:Oilali,ikki nafar farzandi,besh nafar nabirasi bor.Rafiqasi T.A.Karimova mutaxassisligi bo’yicha iqtisodchi,iqtisod fanlari nomzodi,O’zbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutida katta ilmiy xodim bo’lib ishlagan,ayni paytda –nafaqada.
Do'stlaringiz bilan baham: |