Телеграм манзилимиз: @dokument_ZamdirektorАДМИН: @UlugbekPulatov
Qo’shtepa tumani XTBga qarashli 21-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Mustaqil yurtimning – millat otasi”
deb nomlangan tadbir
SENARIYSI
Buyuk Yurtboshimiz hayoti-barchamizga ibrat
(Sahna bayramona gullar va sharlar bilan bezatilgan.Islom Karimov rasmlari va kitoblari ko’rgazmasi tayyorlangan.Elektron ko’rgazma va shiorlar,o’quvchilar ko’kragida Islom Karimov rasmi osilgan.)
Alisher Fayzning “Assalom” qo’shig’iga qizlar raqs ijro etishadi.
1-boshlovchi:
Biz o’zbek yoshlari, so’z naqqoshlari,
Bu qadim Turonning tillaqoshlari
Gohida tinch daryo, goh beboshlari
Hatto maysangga ham titroq bo’lamiz,
Vatan, biz To’maris, Shiroq bo’lamiz.
2-boshlovchi:
To’rt fasling ham gulzor, boychechak fasli,
To’rt fasling ham Vatan, bizniki asli,
Barkamol avlodning barkamol nasli,
Tog’larni yiqitar bilak bo’lamiz!
Vatan, sen deb urgan yurak bo’lamiz.
1-boshlovchi:
Matonat olamida tengsiz ham, tanho
Asarlarin o’qib yoshlardir shaydo
Vatanin tanitgan ellar aro
Qutlug’ yosh muborak, Islom bobo!
2-boshlovchi:Assalomu alaykum, aziz mehmonlar,bilimdon o’quvchilar hamda mehribon o’qituvchilar.
1-boshlovchi:Bugun biz - sinf o’quvchilari Islom Karimov tavalludining 81 yilligiga atab ”Buyuk Yurtboshimiz hayoti-barchamizga ibrat” mavzusida tadbir tayyorlab kelganmiz.
2-boshlovchi:Marhamat tinglab tomosha qiling.
Xursandbonu:Bugun sizsiz yuraklar g’amga cho’madi,
Qushlar ham Sizning qabringizga qo’nadi,
Olloh Sizga jannatni ato qiladi,
Hamma:Vatan deb yonib kuygan Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
Mexroj:O’zi uchun yashamas, bunday inson kam,
Elim deb, yurtim deb uyqu ne, bilmas
Kamtarlikda unga hech kim yetolmas,
Do'stlaringiz bilan baham: |