14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir ssenariysi


Download 20.88 Kb.
Sana08.06.2023
Hajmi20.88 Kb.
#1463454
Bog'liq
14 январ ценарий


Телеграм манзилимиз: @dokument_Zamdirektor АДМИН: @UlugbekPulatov

Farg’ona viloyati Rishton tumaniga qarashli 29-umumiy o’rta ta’lim maktabining “Vatan himoyasi muqaddas burch!” deb nomlangan tadbir
SENARIYSI


14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga baishlangan tadbir ssenariysi
Sahna mavzu yozilgan baner, kitoblar vistavkasi hamda gullar bilan bayramona bezatilgan.
Slaydlar namoyishi boshlanadi.
Zal va sahna bayramona bezatilgan. Zalning bir tomonida bukletlar, “VATAN HIMOYASI MUQADDAS BURCH!”, “O‘zbekiston o‘g‘lonlari”, “Harbiylar hayotidan” kabi sarlavhalar ostida fotoko‘rgazma tashkil etilgan. Bayram tantanasiga O’zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi hodimlari, xalq ta‘limi bo’limi xodimlari, harbiy faxriylar va xizmatchilar, askarlar, mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, faxriy ustozlar va ota-onalar taklif etiladi.
Davlatimiz madyiyasi yangraydi.
Sahnaga boshlovchilar chiqib keladilar.


1-boshlovchi: Assalom, ey olam, feruza osmon,
Aziz ustozlar-u, aziz mehmonlar.
Kamtarin davrada bugun mehmonsiz,
Sizga ehtirom-la egikdir boshlar.


2-boshlovchi: Assalom azizlar, dost-u yoronlar
Ma`rifat ziyosin nurga taratgan,
Oltin boshingizda Humo qush kordik
Ulug` anjumanda Sizni xush kordik.


1-boshlovchi: O‘tkir ko‘zli lochinlari,
Ko‘zday asrar sarhadlarin.
Uyda kutar Barchinlari,
Alpomishu Farhodlarin.
Qaddi baland osmonlari,
Ona Vatan posbonlari.


2-boshlovchi: O‘zbegimning nomus, ori
Oriyatli askarlari.
Momolarim iftixori
Burgumisol shunqorlari.
Toza vijdon, iymonlari,
Ona Vatan posbonlari.
1-boshlovchi: Assalomu-alaykum hurmatli ustozlar! Qadrli mehmonlar!


14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga baishlangan


“MARDLAR QO‘RIQLAYDI VATANNI” mavzusidagi adabiy-badiiy kechamizga xush kelibsizlar!
2-boshlovchi: 1992-yilning 14-yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘grisda”gi qarori asosida O‘zbekistonning o‘z Qurolli Kuchlari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 29- dekabrdagi “Vatan himoyachilari kunini belgilash to‘g‘risi”dagi qonuniga binoan, 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”,- deb e’lon qilindi.
1-boshlovchi: Mustaqillik yillari muhtaram birinchi prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirlayotgan harbiy islohotlar jarayonida qisqa muddat ichida O‘zbekistonda mamlakatimiz xafsizligi va tinchligimiz barqarorligini, sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilishga har jihatdan qodir bo‘lgan, zamonaviy, eng yangi qurol-yarog‘lar va harbiy texnika bilan ta’minlangan, mutlaqo yangi milliy armiyamiz vujudga keldi.
2-boshlovchi: Uning zamirida xalqimizning ming yillar davomida shaklangan qadimiy an’ana va qadriyatlari, buyuk ajdodlarimiz Jaloliddin Manguberdi, Amir Temurning Vatanga bo‘lgan muhabbati va yurtga sadoqati mujassamdir.
Biz milliy armiyamiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.
1-boshlovchi: Bugungi qutlug‘ ayyom bilan tabriklash uchun ilk tabrik so‘zini maktabimiz direktori ______________ga beramiz. Marhamat Uztoz.

(Qo‘shiq va raqs.)




1-boshlovchi:



  • O‘zbekiston chaman diyor,

Yashnar bog‘u bo‘stonlari.
“Oq oltin” mo‘l-ko‘l, bisyor,
Qo‘riqlaydi o‘g‘lonlari,
Ona Vatan posbonlari.
2 -boshlovchi:
Biz uchun eng aziz dunyo o‘zingsan,
Oy-u quyoshimiz, Zuhro o‘zingsan,
Muqaddas Ka’ba-yu Rumo o‘zingsan,
Muhrimda porlagan humo o‘zingsan.
Qalbimiz qa’rida shu o‘tli nido;
Vatanga jonni biz eturmiz fido!
2-boshlovchi:
Vatan sajdagohsan, bizga muqaddas,
Vatan martabasi baland, zabardast,
Ko‘zday asragaymiz seni har nafas,
Insoniy ilmdan oldik senda dars.
Jon gavhari bildik seni jon ichra,
Abadiiy ravnaq top, shu iahon iсhra!
Shu bilan Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab tayyorlagan tarbiyaviy soat o’z nihoyasiga yetdi.Asrlar osha Vatanimiz qudrati yanada yuksalaversin, hayotimiz farovon bo’lsin, va biz o’quvchilarimiz, ya’ni bolajonlarimiz bilan birgalikda shunday deymiz:
O’zbekiston bu dunyoda yagona deymiz,
Ko’zimizning qarog’iday xo’p ardoqlaymiz.
Vatan haqida qo’shiq bilan yakunlanadi.
Download 20.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling