O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 31 yilligi bayrami munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostidagi “Talabalikka bag‘ishlov” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Download 1.49 Mb.
|
“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Denov tumani Yig‘ilish raisi
- B.R.Jo‘rayev
- QAROR QILADI 1. Ma’naviy-ma’rifiy kechani institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rfiy Ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M.J.Mirzayev
- J.S.Ishqobilova
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 31 yilligi bayrami munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostidagi “Talabalikka bag‘ishlov” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi! Tadbir boshida Davlat madhiyasi yangradi! Ma’naviy-ma’rifiy kechani institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rfiy Ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M.J.Mirzayev ochib berdi va eng ulug‘, eng aziz bayram – davlatimiz Mustaqilligining 31 yilligi bayrami munosabati va yangi o‘quv yili bilan barchani chin qalbdan muborakbod etib, bu yil talabalikka qabul qilingan yoshlar yurtimiz nomini o‘z iqtidor va iste’dodlari bilan dunyoga yana-da ko‘proq tanitishlariga ishonaman, deya ta’kidladi. O‘zbekistonning mustaqillikka erishganidan keyingi iqtisodiyotida erishgan yutuqlari, davlatimiz rahbarining tashabbuskorligi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar, Yangi O‘zbekiston – inson huquq va erkinliklari qadrlanadigan yurt ekanligi, mamlakatimiz jahon hamjamiyati bilan do‘stona hamkorlikka jadal kirishayotgani xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iboratligini ta’kidlab o‘tidi. Aziz institutimiz ustozlar va qalbi qaynoq talaba-qizlar! Sizni va siz orqali oila a’zolaringizni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik ayyomi bilan chin qalbdan, samimiy muborakbod etaman. Institutimiz yaratilgan shar-sharoitlar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi. Talabalik baxtiga erishgan barcha yoshlarni ushbu quvonchli kun bilan qutladi. Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.R.Jo‘rayev so‘zni davom etirar ekan Mustaqillik yillarida ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. Bugungi kunda mehr-oqibat, bag‘rikenglik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yuragimizning tub-tubidan o‘rin olgan. Bu yil mamlakatimizda mustaqillik bayrami “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g‘oya asosida nishonlamoqda. Sohalarda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson qadri va uning porloq kelajagi uchun xizmat qilmoqda. Bugun har bir inson O‘zbekiston atalmish muqaddas yurtda yashayotganidan shukronalik hissini tuymoqda. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yoshlar ittifoqi yetakchisi S.B.Xidirov so‘zga chiqib Ittifoqning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iboratligini hamda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘zlab o‘tdi. QAROR QILADI 1. Ma’naviy-ma’rifiy kechani institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rfiy Ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M.J.Mirzayev, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.R.Jo‘rayev, Yoshlar ittifoqi yetakchisi S.B.Xidirovlar so‘zlagan nutqi rahbarlik va ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. TTJ muntazam ravishda ma’naviy ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish tarbiyachi pedagog J.S.Ishqobilova zimmasiga yuklatilsin. Yig‘ilish rais M.J.Mirzayev Yig‘ilish kotib B.R.Jo‘rayev Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling