Tasdiqlayman” Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor


Download 18.65 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi18.65 Kb.
#1637098
Bog'liq
Bayonnoma 23.01.2023 (3)


TASDIQLAYMAN”
Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor

___________O.B. Shofiyev
2023-yil “
___” – yanvar


Termiz davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor huzurida oʻtkazilgan yigʻilish
BAYONI №____

2023-yil “___” – yanvar Termiz shahri

Raislik qiluvchi:

-

O.B. Shofiyev-Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor

Qatnashdilar:

-

Bo‘lim boshliqlari, Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari

KUN TARTIBI:
1.TTJ va ijara xonadonlarida talabalar ta’tildan kelishiga tayyorgarlik holatining o‘rganilishi holati to‘g‘risida;
2.Ijro va mehnat intizomini taʼminlash toʼgʼrisida;
3.Odob-axloq qoidalari;
4.Kafedra kunlari va to‘garaklar;
5. Turli xil masalalar.
(O.Shofiyev, T.Avliyaqulov, B.Toshqobilov va dekan oʻrinbosarlari)
Yigʻilishda TTJ va ijara xonadonlarida talabalar ta’tildan qaytishiga tayyorgarlik holati, ijro va mehnat intizomini taʼminlash, odob-axloq qoidalari, kafedra kunlariva to‘garaklar to‘g‘risida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar haqida so‘z yuritilar ekan, ijara xonadonlarida yashovchi talabalarning kuz-qish mavsumi boʻyicha sharoitlarini oʻrganish, tegishli dalolatnomalarni tuzish, fotoalbom tayyorlash va muammosi bor xonadon boʻlsa, talabani boshqa joyga koʻchirish choralari hamda talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish, muzeylar, tarixiy qadamjolarga tashrifini doimiy ravishda tashkil etib borish masalalari ilgari surildi.
Xodimlarni ish vaqtida ish joylariga o‘z vaqtida kelishlari, hamda kiyinish ma’daniyatiga e’tibor qaratishlari va ijro intizomini ta’minlash, berilgan vazifa-topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash to‘g‘risida aytib o‘tildi.
Shuningdek, universitet xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyatiga alohida e’tibor qaratish, kafedra kunlari va to‘garaklar tashkil qilish bo‘yicha vazifa topshiriqlar berildi.
Barcha ishchi-xodimlar va professor o’qituvchilar universitet ARM markaziga a’zo bo‘lishi va targ‘ib qilishi, o‘z dunyoqarashi va fikrlashida kitobxonlikning o‘rnini oshirish bo‘yicha topshiriq berildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan bildirilgan taklif va mulohazalami inobatga olib, yigʻilish
QAROR QILADI:

  1. Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor O.Shofiyevning ma’lumotlari axborot uchun qabul qilinsin.

2. Bo‘lim boshliqlari, yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlariga:
- ikki hafta muddatda tyutorlar va hamkor tashkilotlar birgalikda ijara xonadonlarida yashovchi talabalarning kuz-qish mavsumi boʻyicha sharoitlarini oʻrganish, tegishli dalolatnomalarni tuzish, fotoalbom tayyorlash va muammosi bor xonadon boʻlsa, talabani boshqa joyga koʻchirish choralarini koʻrsin;
- bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida OAVlarida chiqishlar qilib borsin va hisobotlarni doimiy taqdim qilib borsin;
- TTJlari va ijarada yashovchi talabalar yashash sharoiti bilan muntazam tanishib borsin;
- talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazib borsin;
- ijro intizomiga rioya qilish, belgilangan vazifa va funksiyalar, topshiriqlarni o'z vaqtida va sifatli ijro etish, qat'iy tartib-intizomni ta'minlash, bu borada jiddiy kamchiliklarga yo'l qo'ygan holatlarda mehnat qonunchiligiga asosan intizomiy jazo berilishi haqida rasman ogohlantirilsin.
- kafedra kunlari tashkil qilish bo‘yicha rejalar ishlab chiqish va taqdim etsin
- fakultetlarda va TTJlarda turli hil to‘garaklar tashkil qilish va talabalarni jalb qilish, to‘garakka qatnashuvchi tasdiqlangan talabalar ro‘yxatini shakllantirish va taqdim qilsin.
- yong‘in xavfsizligi, is gazidan zaharlanishning oqibatlari va xavfsizlik masalalari haqida tyutorlar tomonidan doimiy suhbatlar o‘tkazilsin.
3.Ushbu bayonda belgilangan vazifalar ijrosi nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman.


Bayonni rasmiylashtirdi M.Bobokulov
Download 18.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling