Kutilmagan qo`NG`iroq


Download 16.91 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi16.91 Kb.
#1173059
Bog'liq
shahzoda


Samarali dars o`yinlari:”KUTILMAGAN QO`NG`IROQ”


Jumayeva Guzal Zohidovna

61-umumiy o`rta talim maktabi


geografiya fani o`qituvchisi:
Qashqadaryo viloyati ,Shahrisabz tumani
Interfaol metodlar
Samarali dars o`yinlari:”KUTILMAGAN QO`NG`IROQ”

Dars davomida turli xil o`yin usullaridan foydalanish dars samaradorligini oshirishga hizmat qiladi. O`quvchilarning fanga bo`lgan qiziqishini kuchaytiradi.Dars bahs munozaraga boy hamda qiziqarli bo`ladi.


Namunalar:
1.Kutilmagan qo`ng`iroq
2.Sehrli qalam
3.Bilimdon uzum donalari
4.Geografiyada zakovat
5.A………….Agacha Avstraliya,Antarktida…
6.Kim chaqqon ?
7.Cho`qqini kim zabt etadi?

1.”Kutilmagan qo`ng`iroq “usulidan asosan dars yakunida ,yani o`quvchilarning bilimini baholash maqsadida foydalaniladi.Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilarning ota –onasiga telefon qilinadi.O`qituvchi tamonidan rahmat aytiladi va farzandining bugungi darsga tayyorligi uchun sinf o`quvchilarining olqishi eshittiriladi.Shu tariqa o`quvchilar rag`batlantitiladi.Bu usuldan maqsad o`quvchilarning ota –onalari oldidagi masulyatini oshirish


2”.Bilimdon uzum donalari “o`yinidauzum rasmi va uzum donachalari ichida harflar beriladi.O`quvchilar uzum donachalarida berilgan hariflardan mavzuga oid so`zlar yasashi kerak. O`yinning maqsadi tezkorlik, xotirani charxlash.
3”.Geografiyada zakovat” bunda sinf o`quvchilari ikki guruhga bo`linadi.Ishtirokchilar guruhi hamda kuzatuvchilar guruhi.Maktabda sinflararo geografiyada zakovat o`yiniga kelib tushgan savollar o`ynaladi.Ishtirokchi guruh savolarni tortadi va belgilangan vaqtichida javob qaytaradi.
1-savol

Hammamizga malumki Saudiya Arabistoni dunyodagi eng boy davlatlardan.Neft zahirasi bo`yich oldingi o`rinlarda turadi .Mamlakat hududi,asosanqumliklardan tashkil topgan .Shunday bo`lsa-da ,bu davlat Gollandiyadan qum sotib oladi.U qumdan nima maqsadda foydalanadi?


(dengiz qumi neftni filtrlashda ishlatiladi)
2-savol

Ular tabiatning buyuk hodisasi hisoblanadi.Hech bir tashkilot yoki kompaniya uni yasay olmaydi.Tabiat uni juda chiroyli ranglarga boy qilib yaratgan Oq, ko`k,hatto qora ranglari ham uchraydi.Tabiatda uchraydigan bu narsa nima?


(aysberk)
3-savol

Qadimda Zarafshon vohasida yashagan ota- bobolarimiz bir g`aroyib ish bilan shug`ullanishgan .Erta bahorda tog`dan tushayotgan suvlarga katt- katta qo`y po`stinlarini tashlab qo`yib,malum muddat turgach po`stinlar suvdan olinib ,quritilib so`ngra yoqilgan.Ayting-chi,buni ular qanday maqsadda qo`llashgan? (qaysi hududda oltin borligini aniqlash uchun)


4.Savol

Yevropada bu mitti davlat aholisini “Katta qora burgut” naslidan deb tashadi.Bu davlatning tarjimasi ham “burgutlar mamlakati” degan manoni anglatadi.Bu Yevropadagi qaysi davlat?

(Albaniya)


“Cho`qqini kim zaft etadi” o`yinida sinf o`quvchilari guruhlarga bo`lib olinadi.Ulardan so`raladi qaysi faslda tug`ilganligi. So`ningra qish va bahor oylarida tug`ilganlar bir guruh, yoz va kuz oylarida tug`ilganlar esa ikkinchi guruh qilib taqsimlanadi. Har bir fasl guruhlari o`zinig tabiatdagi o`rni uchun kurashadilar.O`qituvchi tomonidan doskaga tayyorlab qo`yilgan ko`rgazmali qurollar ilinadi.Bu ko`rgazmali qurolda tog`larning cho`qqilari aks ettirilgan bo`ladi.Past cho`qqidan yuqori cho`qqiga qarab tog` cho`qqilari ko`tarilib boradi. Guruh azolari navbat bilan bilimdon savatchalarda berigan savolarni olib javob berishlari kerak .Qaysi guruh ishtirokchilari savolga javob bersa o`sha guruh o`z –o`zidan bitta cho`qqi yuqoriga ko`tariladi. O`yin shu tariqa davom etadi ,savollarga qaysi guruh ko`p javob bersa o`sha guruh g`olib bo`ladi.
A…………..A gacha o`yinida sinf o`quvchilari orasiga A … bilan boshlanib A…harfi bilan tugaydigan davlat nomlari va geografik so`zlarni topib kelish topshirig`i beriladi va malum vaqt belgilanadi. Aytaylik Anqara,Avstraliya Amerika……….
“ Sehirli qalam “ Bunda qalam rasmi chiziladi. Ichiga esa mavzuga oid raqamlar kiritiladi Masalan:mavzuyimiz Avstraliya va Okeaniyaga umumiy tavsif Qalam ichida mavzuga tegishli raqamlar kiritilgan .Misol uchun 90%, 2,8 1km, 150-200 ,7000, 3 ,10%.......shu tarizda qalamni ichiga manashunday malumotlar joylashyiriladi .O`quvchilar berilgan malumotlarni yoritishlari kerak.Daftarlariga 90% Avstraliya aholisining tarkibini ingilizlar tashkil etishi , 1 km da 2,8 kishi to`g`ri kelishi ,aholi zichroq joylarda Eyr ko`li atroflarida esa aholi zichligi 150-200 kishiga yetishi,Okeaniya o`z bag`riga 7000 dan ortiq orollarni jamlaganligi .Manashu tarzda berilgan qalam ichidagi sonlarni yoritib kelishlari kerak bo`ladilar.
“ Men aytaman quloq sol qani tezda nomin topib ol” bu o`yinda o`qituvchi tomonida materiklarning tabiat zonalarida uchraydigan hayvonot va o`simliklarning o`ziga xos xususiyatlari haqida malumot beriladi.O`qituvchi tamonidan berigan malumotlarga asoslanib o`quvchi qaysi hayvon yoki o`simlik ekanligini topishi kerak Masalan:bu hayvon tuxum qo`yib tuxumdan bola ochadi. Lekin bolasini sut bilan boqadi ,rangi qora rangda bo`ladi.(o`rdak burun)
Yuqoridagi kabi o`yinlar o`quvchilarni mustaqil fikrlashga hamda izlanishga undaydi.Xotirasini mustahkamlaydi,teskorligini oshiradi,nutqini rivojlantiradi.
Download 16.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling