Turkiya Respublikasining poytaxti, Anqara vilotatining maʼmuriy
Download 164.7 Kb. Pdf ko'rish
|
Anqara - Vikipediya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamlakat Turkiya Mintaqa
Anqara Anqara — Turkiya Respublikasining poytaxti, Anqara vilotatining maʼmuriy markazi. Aholisi 4 million kishi (shahar atrofi bilan, 1997). Shahar Anadolu yassitog‘ligida, Anqara va Chubuk daryolari tutashgan joyda, dengiz sathidan taxminan 938 m balandlikda. Anqara va avtomobil yo‘llari tuguni, xalqaro aeroport bor. Mamlakatning yirik sanoat, savdo va madaniyat markazi. Anqara Kichik Osiyoning ko‘hna shaharlaridan biri; milloddan avvalgi VII asrda Osiyoni Yevropa bilan bog‘lagan savdo yo‘llaridagi Rim imperiyasiga qarashli muhim savdo markazi sifatida maʼlum. XI asrdan Anqara saljukiy turklar tasarrufida. XIV asrning 1-yarmidan usmonlilar saltanati tarkibidagi Anqara poshsholigining maʼmuriy markazi. 1402- yil 20-iyulda Anqara yonida katta buyuk Amir Temur bilan turk sultoni Boyazid I Yildirim oʻrtasida jang bo‘lgan (qarang Anqara jangi). 1864-yildan esa viloyat markazi. 1920-yil 23-aprelda Anqarada Turkiya Buyuk Millat majlisi ochildi va unda yangi milliy hukumat tashkil etildi. 1923-yil 13-oktabrdan Anqara Turkiya poytaxti, 1923-yil 29-oktabrdan Turkiya Respublikasining poytaxti deb eʼlon qilindi. Anqarada Turkiyaning asosiy harbiy sanoat (o‘qdori, qurol-aslaha, samolyot zavodlari), mashinasozlik va metallsozlik, elektrotexnika, sement, yog‘ochsozlik, to‘qimachilik, oziq- 571ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Anqarada bir necha universitet, konservatoriya, Otaturk nomidagi pedagogika instituti, Tasviriy sanʼat akademiyasi, oliy texnika maktabi, bir qancha hunar o‘quv yurtlari, teatrlar, muzeylar, kutubxonalar, kino-teatrlar va boshqa ilmiy-madaniy muassasalar bor. Shahar 2 qismdan iborat. Shimoliy yoki eski Anqarada o‘rta asr meʼmoriy yodgorliklari saqlanib qolgan. Anqara poytaxt bo‘lgach, uning janubiy qismida zamonaviy binolar qurilgan. Anqara 39°56′9″N 32°50′19″E / 39.93583°N 32.83861°E (https://tools.wmflabs.org/geoha ck/geohack.php?pagename=Anqara¶ms =39_56_9_N_32_50_19_E_scale:20000_regio n:TR_type:city) Mamlakat Turkiya Mintaqa TR OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title =Anqara&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. "https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php? title=Anqara&oldid=2832013" dan olindi Adabiyotlar Bu sahifa oxirgi marta 3-Sentabr 2022, 15:31 da tahrir qilingan. • Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Download 164.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling