Kutubxona axborot faoliyati


-BOB 1.1 Ma’lumotnoma va bibliografik nashrlar fondi


Download 30.38 Kb.
bet2/6
Sana09.10.2023
Hajmi30.38 Kb.
#1696633
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kutubxona axborot faoliyati-fayllar.org

1-BOB
1.1 Ma’lumotnoma va bibliografik nashrlar fondi.
ARMlar ma’lumot-bibliografik apparatining tarkibiga ma’lumotnoma va bibliografik nashrlar fondi ham kiradi. Axborot-bibliografiya xizmatining darajasi shu fondning holatiga, ya’ni to‘liqligi, tashkil etilishi, mazmunining ochib berilish metodiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. U bibliografik faoliyatning hamma jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotnoma nashrlari va bibliografik qo‘llanmalar, bosh manba va direktiv xususiyatga ega materiallarni o‘z ichiga oladi. Ular: davlatimiz rahbari, ya’ni Prezidentimiz I.A.Karimov asarlari – nutqlari, chiqishlari, suhbatlari; Davlat va hukumat rahbarlarining asarlari; davlat hujjatlari – qarorlari, farmonlari, qonunlar to‘plamlari; sessiyalar materiallari; ensiklopediyalar va ensiklopedik lug‘atlar; ma’lumotnoma nashrlar va lug‘atlar, yo‘l ko‘rsatkichlar, taqvimlar, albomlar; turli bibliografik qo‘llanmalardir. Katta axborot imkoniyatiga ega bo‘lgan bu fond ARMlar foydalanuvchilari tomonidan ham ko‘p foydalaniladi. Bu fond ARMda yagona yig‘ma fond sifatida, ya’ni ARMning boshqa bo‘limlarida ham mavjud hujjatlar hisoblangan holda tashkil etiladi. Bu hisob shu fondga ARMning o‘zida tuzilgan ma’lumotnoma va bibliografik nashrlar fondiga tuzilgan sistemali katalogda aks ettiriladi, bu esa ARM va uning bo‘linmalarida mavjud ma’lumotnoma nashrlari va bibliografik qo‘llanmalardan foydalanish samaradorligini oshiradi, iste’molchilarning bunday hujjatlarga bo‘lgan talablarini to‘liq bajarish imkonini beradi. Bu fondning birinchi qismini bosh manba va direktiv hujjatlar: Prezident asarlari, davlat va hukumatimiz qarorlari, qonunlar to‘plamlari, farmonlari, sessiyalar materiallari, turli huquqiy-me’yoriy hujjatlar, davlatning boshqa rahbarlari asarlari, davlat va jamiyat qurilishi masalalari, davlat siyosati, iqtisodiy hayot qonunlari yoritilgan umumilmiy asarlar, turli darsliklar, xrestomatiya asarlari tashkil qiladi. Ular har qanday kitobxon tomonidan ko‘p talab qilinadigan hujjatlardir. Ma’lumotnoma nashrlari – ilmiy ma’lumot beruvchi bosma nashrlardir, ular turli universal va maxsus ensiklopediyalar, ma’lumotnoma nashrlari, lug‘atlar, statistik to‘plamlar, yo‘l ko‘rsatkichlar, fotoalbomlar va boshqalar bo‘lib, ARM foydalanuvchilarining so‘roqlariga aniq, qisqa, lo‘nda turli ma’lumotlar berib, xizmat ko‘rsatishda tengsiz materiallardir. Bunday nashrlar har qanday ARMda va uning bo‘limlarida imkon qadar bo‘lishi lozim. Masalan, 12 jildli “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”dan ARMning har qanday kitobxoni o‘zini qiziqtirgan voqea-hodisa, faktik ma’lumot, atama va tushunchalarning izohini olishi mumkin. “O‘zbekiston Respublikasi”, “U kim?, bu nima?” bolalar ensiklopediyasi, “Xotin-qizlar ensiklopediyasi”, “Salomatlik” ensiklopediyasi, “Uy-ro‘zg‘or ensiklopediyasi” kabi universal ensiklopediyalar har qanday ARMda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Hozirda ko‘pgina kutubxonalarda (MDH davlatlarida) o‘lkashunoslik universal elektron ensiklopediyalar yaratilmoqda. Respublikamizda hozircha bunday tajriba yo‘q, biroq yaqin kelajakda AKMlar va ARMlarning kuch va imkoniyatlarini birlashtirib, elektron ensiklopedik nashr yaratilishi uchun bu markazlar imkoniyatlari (yangi axborot texnologiyalarining mavjudligi va ulardan foydalanish, axborot-bibliografik faoliyatda qo‘llash imkoniyatlari) kengaytirib borilmoqda. Har bir ARMda bo‘ysunuvchi o‘quv yurti ixtisosligi bo‘yicha mavjud ensiklopedik nashrlar, ma’lumotnomalar, (izohli, terminologik, tilga oid) lug‘atlar, statistik to‘plamlar bo‘lishi lozim (8). Bu nashrlar ARMning bo‘limlari fondida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumotnoma nashrlari va bibliografik qo‘llanmalar fondiga yana turli bibliografik qo‘llanmalar: yirik davlat bibliografik markazlari va kutubxonalari (O‘zbekiston Respublikasi Milliy kitob palatasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va boshqa yirik kutubxonalar, AKMlar) tomonidan tuzilgan davlat kundalik bibliografik ko‘rsatkichlar, ARM xizmat ko‘rsatish ixtisosligi doirasida tuzilgan ko‘rsatkichlar, tavsiya bibliografik qo‘llanmalar, yangi adabiyotlarning axborot byulletenlari bo‘lishi zarur. ARM foydalanuvchilarini qiziqtirgan mavzu, masala, muammo bo‘yicha yangi chiqqan kitoblar haqidagi tezkor axborot bilan ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Matbuot qo‘mitasi tomonidan chiqariladigan “Kitob dunyosi” gazetasi tengsiz manbadir. Har bir ARM (hatto AKM ham) bu nashrga obuna bo‘lish yo‘li bilan uni olsa, foydalanuvchilarning yangi kitoblar haqidagi so‘roqlarini tezkor bajarish manbaiga ega bo‘ladi. Ma’lumotnoma va bibliografik nashrlar fondi bibliografiya bo‘limida tashkil qilinadi va sistemali tartibda joylashtiriladi. Bibliografiya bo‘limi bo‘lmagan ARMlarda esa bu fond qiroatxonada joylashtiriladi.


Download 30.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling