Kutubxona axborot faoliyati


Bajarilgan ma’lumotlar fondi


Download 30.38 Kb.
bet3/6
Sana09.10.2023
Hajmi30.38 Kb.
#1696633
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kutubxona axborot faoliyati-fayllar.org

1.2 Bajarilgan ma’lumotlar fondi.
Ma’lumotnoma-bibliografik apparatining muhim tarkibiy qismi –bajarilgan ma’lumotlar fondidir. Uning asosini iste’molchilardan tushgan va bajarilishi ko‘p vaqt va mehnat talab qilgan va bir qator murakkabliklar bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar tashkil etadi. Ular kelgusida yana shunday so‘roqlar takrorlanganda foydalanish uchun saqlanishi lozim. Bu ma’lumotlar ichida nafaqat mavzuli, balki faktografik va bibliografik ma’lumotlarni aniqlovchi ma’lumotlar ham bo‘lishi mumkin. U kartoteka holida yoki papkalarda tashkil etilishi mumkin. Bu ma’lumotlar fondidagi mavjud ma’lumotni takroran foydalanish zarur holda (shunday so‘roq takrorlanganda) uni bajargandan keyingi o‘tgan davr ichida chiqqan yangi materiallar bilan to‘ldirish talab qilinadi, bunday holda zarur bo‘lsa eski materiallar chiqarib ham tashlanadi va material boshqadan joylashtirilib, so‘ngra iste’molchiga beriladi. Hozirgi keng imkoniyatlar mavjud davrda bajarilgan ma’lumotlar fondining ham elektron shaklini yaratish xodimlarning kelgusi ishlarini tashkil etishni osonlashtiradi, iste’molchining va xodimning vaqtini tejaydi. MBAning foydalanilish samaradorligini oshirish maqsadida takomillashtirib borilishi zarur. Uning tuzilishi bo‘yicha optimal variantni ishlab chiqish unda materiallarni tavsiflash, joylashtirish, material yig‘ish mezonlari ma’lumotnoma va bibliografik nashrlar fondini to‘ldirib borish tamoyillarini aniq belgilash eng muhim vazifalardandir. Uni takomillashtirishda foydalanilishini o‘rganib borish zarur. MBAni foydalanuvchilar o‘rtasida targ‘ib qilish zarur. Bunda targ‘ibotning barcha shakl va metodlaridan foydalanib ish olib borish kutilgan natijani berishi mumkin. Ko‘pgina kitobxonlar axborot manbalari to‘g‘risida tasavvurga ega emas, bu hol ARM foydalanuvchilari ichida ham yaqqol ko‘rinadi. O‘qish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha yangi kitobxonlar bilan faol ish olib borish, bunda suhbatlar, bosma manbalar, plakatlar yordamida MBA bilan kitobxonlarni tanishtirib borish lozim. “ARM kataloglari va kartotekalaridan qanday foydalanish kerak?” mavzusida esdalik, “Mavzu bo‘yicha kitoblarni qidirish”, “Ma’lumotnoma nashrlari sizning yordamchingiz” mavzularida plakatlar ishlanishi lozim. MBAni targ‘ib qilishga bunday kompleks yondoshish uning alohida bo‘g‘inlarini faol foydalanilishini, ARM oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarilishini ta’minlaydi.


Download 30.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling