11-modda. Axborotni muxofaza etish
Xar kanday axborot, agar u bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lish axborot mulkdori, egasi, axborotdan foydalanuvchi va boshqa shaxsga zarar etkazishi mumkin bo‘lsa, muxofaza etilmogi kerak.
Axborotni muxofaza etish:
shaxs, jamiyat va davlatning axborot soxasidagi xavfsizligiga taxdidlarning oldini olish;
axborotning maxfiyligini ta’minlash, tarkalishi, o‘girlanishi, yo‘kotilishining oldini olish;
axbrotning buzib talkin etilishi va soxtalashtirilishining oldini olish orqalida amalga oshiriladi.
12-modda. Axborot xavfsizligini ta’minlash soxasidagi
davlat siyosati
Axborot xavfsizligini ta’minlash soxasidagi davlat siyosati axborot soxasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga karatilgan bo‘ladi hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlash soxasida davlat xokimiyati va boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hamda faoliyat yo‘nalishlarini, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarning, fuqarolarning o‘rni va axamiyatini belgilaydi.
13-modda. SHaxsning axborot borasidagi xavfsizligi
SHaxsining axborot borasidagi xavfsizligini uning axborotdan erkin foydalanishi zarur sharoitlari va kafolatlarini yaratish, shaxsiy xayotiga taallukli sirlarini saqlash, axborot vositasida qonunga xilof ravishda ruxiy ta’sir ko‘rsatilishidan ximoya kilish yo‘li Bilan ta’minlanadi.
Jismoniy shaxslarga taallukli shaxsiy ma’lumotlar maxfiy axborot toifasiga kiradi.
Jismoniy shaxsning roziligisiz uning shaxsiy xayotiga taallukli axborotni, xuddi shuningdek shaxsiy xayotiga taallukli sirini, yozishmalar, telefondagi so‘zlashuvlar, pochta, telegraf va boshqa mulokot sirlarini buzuvchi axborotni to‘plashga, saqlashga, kayta ishlashga, tarkatishga va undan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun xujjatlarida belgilangan xollar bundan mustasno.
Jismoniy shaxslar to‘grisidagi axborotdan ularga moddiy zarar va ma’naviy ziyon etkazish, shuningdek ularning xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ro‘yobga chikarilishiga to‘skinlik kilish orqalida foydalanish takiklanadi.
Fuqarolar to‘grisida axborot oluvchi, bunday axborotga egalik kiluvchi hamda undan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bu axborotdan foydalanish tartibini buzganlik uchun qonunda nazarda tutilgan tarzda javobgar bo‘ladilar.
Ommaviy axborot vositalari axborot manbaini yoki taxallusini ko‘ygan muallifni ularning roziligisiz oshkor etishga xaqli emas. Axborot manbai yoki muallif nomi faqat sud qarori bilan oshkor etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |