5-modda. Axborot erkinligining asosiy prinsiplari
Ochiqlik va oshkoralik, xamma erkin foydalanishi mumkinligi va xakkoniyligi axborot erkinligining asosiy prinsiplaridir.
6-modda. Axborotning ochiqligi va oshkoraligi
Axborot ochiq va oshkora bo‘lishi kerak, maxfiy axborot bundan mustasno.
Maxfiy axborotga kuyidagilar kirmaydi:
fuqarolarning xuquq va erkinliklari, ularni ro‘yobga chikarish tartibi to‘grisidagi, shuningdek davlat xokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining xuquqiy makomini belgilovchi qonun xujjatlari;
ekologik, meteorologik, demografik, sanitariya-epidemiologik, favkulodda vaziyatlar to‘grisidagi ma’lumotlar hamda axolining, axolii punktlarining, ishlab chikarish ob’ektlari va kommunikatsiyalarining xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotlar;
kutubxonalarning, arxivlarning va O‘zbekiston Respublikasi xududida faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslarga tegishli axborot tizimlarining ochiq fondlaridagi mavjud ma’lumotlar.
Davlat xokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarining o‘zini o‘zig boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyat manfaatlariga taallukli vokealar, faktlar, xodisalar va jarayonlar to‘grisida qonun xujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga xabar berishi shart.
7-modda. Axborotdan xamma erkin foydalanishi
mumkinligi va uning xakkoniyligi
Axborot undan xamma erkin foydalanishi mumkinligi ta’minlangan va xakkoniy bo‘lishi kerak.
Axborotni buzib talkin etish va soxtalashtirish takiklanadi.
Ommaviy axborot vositalari o‘zlari tarkatayotgan axborotning xakkoniyligi uchun axborot manbai va muallifi bilan birgalikda qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Axborot mulkdori, egasi axborot berishni rad etganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
8-modda. Axborot erkinligi kafolatlari
Davlat xar kimning axborotni izlash, olish, tekshirish, tarkatish, undan foydalanish va uni saqlash xuquqini ximoya kiladi. Jinsi, irki, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chikishi, e’tikodi, shaxsiy va ijtimoiy mavkeiga karab axborot olish xuquqi cheklanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat xokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari hamda mansabdor shaxslar qonun xujjatlarida belgilangan tartibda xar kimga o‘zining xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan axborot bilan tanishib chikish imkoniyatini ta’minlab berishga, makbul axborot resurslari yaratishga, foydalanuvchilarni fuqarolarning xuquqlari, erkinliklari va majburiyatlariga, ularning xavfsizligiga doir hamda jamiyat manfaatlariga, taallukli boshqa masalalar yuzasidan axborot Bilan ommaviy tarzda ta’minlashga majburdirlar.
O‘zbekiston Respublikasida senzuraga va axborotni monopollashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |