Kutubxonalarda raqanli texnalogiyalarning qo'llanilishi


Download 211.24 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi211.24 Kb.
#1402109
Bog'liq
Kutubxonalarda raqanli texnalogiyalarning qo


Kutubxonalarda raqanli texnalogiyalarning qo'llanilishi.
Ismanova K.D. NamMTI
Ibragimov O.Q.NamMTI o1bragimov@mail.ru
1.KIRISH
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi tufayli axborotning o'zi va unga kirish usullari o'zgardi. Har bir inson faoliyatidagi ma'lumotlarning qiymatini ortiqcha ta'kidlab bo'lmaydi. Har bir talab qilinadigan ma'lumotlarga tez va oson kirish, ayniqsa, kutubxonalar uchun muhim ahamiyatga ega. Kutubxonalar tomonidan axborotni qayta ishlash, saqlash, uzatish, axborotni tarqatish, avtomatlashtirish va h.k.larda axborot texnologiyalari qo'llaniladi. Bundan tashqari, internetning kelib chiqishi va World Wide Webning rivojlanishi axborot kommunikatsiya texnologiyalarini inqilob qildi. Axborot texnologiyalarini qo'llash afzalliklarini e'tirof etgan holda, kutubxonalar o'z foydalanuvchilarini qulayliklar bilan ta'minlash uchun zarurdir.
2 RAQAMLASHTIRILGAN KUTUBXONA XIZMATLARI.
Kutubxonachilarni fikri bo’yicha “ Kutubxona - axborotga bo'lgan ehtiyojlarni qondirish uchun joy ”5 deb qarashadi.
Kutubxona xizmatlarini raqamlashtirish ushbu joydagi servis - xizmat ko’rsatishni yuqori darajaga olib chiqadi. Ushbu ishni “ Axborot-Resurs Markazini Avtomatlashtirish ” dasturiy mahsulotida ko’rib chiqamiz. Bu C++ Builder 6 dasturlash muhitida tayyorlangan.
NamMTI Raqamli Ta’lim Texnalogiyalar Markazidan olingan ma’lumotlardan foydalanilgan. Ishni maqsadi kutubxona faoliyatini va uning xizmatlarini raqamlashtirish asosida avtomatlashtirishdan iborat.
1-rasm (Asosiy oyna)
Kirish ushbu qismda xizmat ko’rsatuvchi shaxsiy paroli kiritgan holda o’z ish faoliyatini boshlashi mumkin.
Asosiy oyna ko’p funksional bo’lib va quyidagi xizmatlarni ko’rsatadi abonamentlarni qidirish, ularga kitob biritiktirish, yangi abonamentlarni qo’shish hamda qo’llab - quvvatlash bo’limlari mavjud (1-rasm).
Kutubxonaga kirish-chiqish nazorati uchun registratsiya oynasi. Ushbu oynada har kunlik kutubxona xizmatlaridan foydalangan abonamentlarni qayd qilib boramiz. Shuningdek kitob ijaraga olgan abonamentlarning kunlik hisoboti ham yuritilib boriladi va tanishib boorish mumkin u bilan ham. Hamda shu bilan birgalikda Kirish-chiqish nazorati registratsiya bo’limidagi abonamentlarning ham kunlik hisoboti bilan ham tanishib borishimiz mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsam axborot har qanday tadqiqot va ishlanmaning asosiy omilidir. Axborot bugungi zamomaviy va raqamli dunyoda omon qolish uchun zarur bo'lgan asosiy manbadir. Bugungi kunda kutubxona tizimini yangi axborot texnologiyalari asosidagi xizmatlarni amalga oshirish uchun jihozlangan. Raqamlashtirilgan xizmatlar foydalanuvchilarning ma'lumotlarga bo'lgan ehtiyojlarini kerakli vaqtda, to’g’ri joyda qondira oladi. Shuni takidlash joizki bunday dasturiy ta’minotlar kutubxona xizmatlarini raqamlashtirishga yordam berishi mumkin.
Adabiyotlar ro'yxati

  1. 1.Pujar, S.M.” Information use by economists: A Study”, Annals of Library and Information Studies, Vol.54, December 2007, p190-194.

  2. https://www.functionx.com/cppbuilder/controls/grids.htm

  3. https://embarcadero.com/

  4. https://www.w3schools.com/MySQL/default.asp

  5. https://www.mysqltutorial.org/mysql-delete-join/

Download 211.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling