Kutubxonalar,Kutubxonashunoslik asoslari. Kutubxonalar haqida
Download 3.54 Kb.
|
Kutubxona ,Kutubxonashunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kutubxonalar tarixi
- Hozirgi kun kutubxonasi
- Maktab kutubxonasi
- Bizning kutubxona
Kutubxonalar ,Kutubxonashunoslik asoslari.Kutubxonalar haqidaKutubxona (arab. kutub - "kitoblar", fors. xona - "uy") axborot yigʻiladigan joydir. Bunda axborot kitob, gazeta, jurnal, video- va audiotasma, optik disk shaklida boʻlishi mumkin. Har bir davlatning o’z milliy kutubxonasi bor. Shuningdek’ har bir ta’lim muassasasida ham kutubxona mavjud. Bu kutubxonaga kutubxonachi ma’sul etib tayinlangan.Kutubxonalar tarixiKutubxonalar qadimdan mavjud bo’lgan. Qadimgi kutubxonalarda kitob jamg’armasi kichik bo’lishiga qaramay insonlar u yerdan ilm olishga harakat qilganlar. Qadimgi kutubxonalarda kitoblar hattoki toshlarga, yog’ochlarga devorlarga ham bitilgan. Ularning ba’zilari bizga qadar yetib kelgan va saqlanmoqda.Quyidagi rasmda qadimiy Mirzo Ulug’bek kutubxonasi tasvirlangan.Hozirgi kun kutubxonasiHozirgi kunga kelib kutubxonalar ancha takomillashdi. Endi kutubxonalardan istagan mavzudagi turli kitoblarni topishingiz mumkin. Endilikda kutubxonalar ko’rinishi ham tubdan o’zgardi. Avvalgiga qaraganda ancha boyidi. Yuqorida aytib o’tganimizdek bizning maktabda ham kutubxona mavjud.Maktab kutubxonasiBiz ta’lim olayotgan 285-maktabning kutubxonasi maktab tashkil etilgandan beri bolalar uchun xizmat qilib kelmoqda. Siz kutubxonamizdan nafaqat darsliklar balki badiiy-ilmiy asarlari, bolalar kitoblari, nashrlari, jurnallari qisqasi istagan kitobingizni topishingiz mumkin. Maktabimiz kutubxonasida yaqin kunlarda ta’mirlash ishlari va maktab kutubxona fondini boyitish ko’zda tutilmoqda.Bizning kutubxonaAna shu o’tkazilishi ko’zda tutilayotgan ishlarga keling biz yoshlar ham o’z hissamizni qo’shaylik. Bunda bizning sinf “Har o’quvchidan – bir kitob!” loyihasini amalga oshirishni taklif etamiz. Bu loyihaning asosiy g’oyasi kutubxonamix fondini boyitish va biz kabi yoshlarni kitob bilan do’stlashishga, o’z bo’sh vaqtlarini ana shu kutubxonada o’tkazishga undash. Loyihaning asosiy sharti esa Har bir o’quvchi bu loyihaga o’z hissasini qo’shgan holda bittadan kitob sovg’a qilishdir.Download 3.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling