Kutubxonashunoslik


Download 15.49 Kb.
Sana12.10.2023
Hajmi15.49 Kb.
#1700322
Bog'liq
1-mavzu


1-MAVZU:“KUTUBXONASHUNOSLIK ” FANIGА KIRISH MAQSADI, VAZIFASI VA MAZMUNI
Reja:
1. Fanning obekti va predmeti.
2. Mazmuni va asosiy yo‘nalishlari.
3. Zamonaviy muammolari va rivojlanish tendensiyalari

Kutubxona-axborot faoliyati - kitob boyliklari va boshqa axborot manbalaridan jamiyat a’zolarini foydalanishini tashkil etish maqsadida davlat, turli jamoat tashkilotlari va xususiy shaxslar tomonidan tashkil etilgan kutubxonalar tizimi bo‘lib, ular o‘zida jamiyatimizda, axborot, madaniy-ma’rifiy va ta’lim berish vazifalarini bajaruvchi soha xisoblanadi. Axborot-kutubxona faoliyati soxasi, boshqa amaliy sohalar kabi o‘zini ilmiy-nazariy asoslariga ega bo‘lishligi talab etiladi. Bu vazifani “Kutubxonashunoslik” fani o‘rganadi.


“Kutubxonashunoslik” fanining asosiy maqsadi - talabalarga kutubxonashunoslik, shu bilan birga axborot-kutubxona faoliyati soxasi uchun asosiy ilmiy -nazariy masalalarni, umumiy tamoyillar, qonuniyatlar, metodologik asoslarni, sohaning istiqbollarini, jamiyatni axborotlashtirish bilan bog‘langan xolda o‘rgatishdir.
Fanning vazifasi - talabalarning kasbiy tayyorgarligini tubdan yaxshilash va bo‘lg‘usi mutaxassislarga ixtisoslik bo‘yicha malakalarini yanada mustahkamlash uchun kutubxonashunoslik uslubiyoti va metodologiyasi, kutubxonashunoslikni boshqa fanlar bilan bog‘likligi, respublikamiz kutubxona tarmoqlari va tizimlari va ularda mavjud muammolar, istiqbollar hamda axoliga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishning ahvoli va muammolari, AKM, ARM va kutubxonalar faoliyati va ularni boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi masalalari va boshqalar haqida zaruriy bilimlar berish va ma’lum bir ko‘nikmalarni shakllantirish xisoblanadi.
“Kutubxonashunoslik” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- ushbu fanni o‘zlashtirish davomida qo‘yiladigan talablar asosida amaliy va tajriba mashg‘ulotlarini bajarishlari,shuningdek fanning maqsadi, vazifasi, tamoyillari, qonuniyatlari, metodologiyasini va metodlarini, kutubxonalar tipologiyasini bilishi kerak.
- fanni o‘zlashtirish uchun tavsiya etilayotgan adabiyotlarni mustaqil o‘rganish, ularni tahlil qilish ko‘nimalariga va malakalarga ega bo‘lishlari kerak.
-egallagan bilimlari asosida mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishlari va ularni amaliy muammolarni hal qilishda qo‘llay olishlari kerak.
-fanni o‘zlashtirish natijasida hosil qilingan bilim va ko‘nikmalaridan ilmiy-tadqiqot va malakaviy bitiruv ishlarini bajarishda foydalana olishlari zarur.
“Kutubxonashunoslik” fani ixtisoslik fanlardan biri hisoblanadi va bakalavr tayyorlash o‘quv rejasidagi “Ijtimoiy-gumanitar” va “Mutaxassislik fanlari” yo‘nalishidagi barcha fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘quv rejasiga ko‘ra o‘quv materialining mazmuni va pedagogik maqsadlariga qarab, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar ko‘rinishida tashkil etiladi. Fan bo‘yicha nazariy bilimlarni mustahkamlab borish uchun ma’ruza mashg‘ulotlaridan hamda amaliy mashg‘ulotlaridan foydalaniladi.
“Kutubxonashunoslik” fanini talab darajasida o‘zlashtirish, talabalarda, Kutubxonashunoslik fani va axborot-kutubxona faoliyati sohasi bo‘yicha fundamental bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishdan, hamda ularni kelgusida axborot-kutubxona muassasalari faoliyatida qo‘llay olishdan iborat
Fanni o‘zlashtirish chog‘ida darslik, o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari va ularning elektron versiyalaridan, shuningdek ma’lumot olishning internet tizimidan foydalaniladi. Fanni o‘rganishda mashg‘ulotlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi: ma’ruza mashg‘ulotlari, amaliy mashg‘ulotlar, fan mazmuniga tegishli o‘quv materiallarini mustaqil o‘rganish.
O‘quv fanini yaxshi o‘zlashtirish uchun uni bayon etish chog‘ida faol o‘qitish usullaridan (muammoli holatlar hosil qilish, jamoaviy tafakkur faoliyatini tashkil etish, shaxsiy topshiriqlar berish), informatsion texnologiyalardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Talabalarda amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish va mustahkamlash uchun amaliy mashg‘ulotlar topshiriqlarini va uy vazifalarini bajarish chog‘ida elektron hisoblash texnikasidan keng foydalanishga e’tibor beriladi.
O‘quv fanining talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi oraliq nazoratlari (semestr davomida ikki marta) va yakuniy nazorat tadbirlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Oraliq va yakuniy nazoratlar mos ravishda fanning ayrim bo‘limlari yoki barcha bo‘limlari bo‘yicha yozma ish yoki test savollari ko‘rinishida o‘tkaziladi.
Kutubxonashunoslik fanida quyidagi asosiy mavzular o‘rganiladi: Fanning nazariy va metodologik asoslari. Kutubxonashunoslik fanining hozirgi ahvoli, taraqqiy ettirish yo‘llari va muammolar. Kutubxonashunoslik fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Fanning maqsadi va vazifalari.
Kutubxonashunoslik fanining ilmiy va o‘quv fani sifatida paydo bo‘lishi va shakllanishi. Zamonaviy kutubxonashunoslik fanining mazmuni, funksiyalari va tarkibi. Kutubxonashunoslik fanining metodologiyasi va ilmiy usullari. Kutubxonashunoslik fanini kutubxona-bibliografik va axborot fanlari bilan o‘zaro aloqalari
Zamonaviy axborot-kutubxona muassasalarining O‘zbekistondagi ijtimoiy funksiyalari. Axborot-kutubxona muassasalarining tarkibiy-funksional xarakteristikasi. Axborot-kutubxona muassasalarining asosiy tiplari va xillari.
Kutubxonachi kadrlarning tayyorlash va malakasini oshirish. Kutubxonachi kasbiga bo‘lgan kasbiy talablar. Axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy tuzilmasi. O‘zbekistonning taniqli kutubxonashunoslari. Sohalarga oid baza ma’lumotlarini yaratuvchi kutubxonachining faoliyati. Kutubxonachi-katologizatorning faoliyati. Multimediya resurslarini (CD,DVD) saqlash va undan foydalanishni tashkil etuvchi kutubxonachining faoliyati. Axborot-kutubxona faoliyatini boshqarish tizimi
Axborot-kutubxona muassasalarida qo‘llanilayotgan axborot texnologiyalari jarayonlarining xalqaro tendensiyalari. O‘zbekistonda axborot-kutubxona fanining rivojlanishi.
“Kutubxonashunoslik” fanini o‘qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan foydalaniladi.Ayrim mavzular bo‘yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. Tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so‘z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o‘tkaziladi
Download 15.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling