1. Kimyodan masalalar yechishning kimyoni oʻqitishdagi ahamiyati va roli. Fanni oʻqitishdan maqsad


Download 1.66 Mb.
bet1/12
Sana15.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1270162
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
masala yechish 204 shippi


1. Kimyodan masalalar yechishning kimyoni oʻqitishdagi ahamiyati va roli.

  • Fanni oʻqitishdan maqsad - boʻlgʻusi kimyo fani oqituvchilarini maktab kimyo kursi boʻyicha masalalar tuzish va ularni turli xil usullarda yechish usullari bilan tanishtirish va bu sohada ularda amaliy konikma va malakalarni hosil qilishdan iborat.

  • Fanning vazifasi - talabalarning kimyodan hisoblashga oid masalalarni yechishda, matematika va fizika fanlarini oʻrganish mobaynida olgan bilimlarini integratsiyalash orqali turli xil tipdagi kimyoviy masalalarni yechish metodikasi bilan tanishtirish hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish.

Kimyoviy masalalarni yechish-kimyo fanining bilimlar asosini egallashning eng muhim jihatlaridan biridir. Oʻquv jarayonida kimyoviy masalalardan unumli foydalanish ta’limning quyidagi didaktik prinsiplarini amalga oshirishga imkoniyat yaratadi:

  • oʻquvchilarning mustaqilligi va faolligini ta’minlash;

  • bilim va koʻnikmalarni mustahkamlash;

  • tа’limning hayot bilаn bоgʻliqligi;

  • kimyo oʻqitishda politexnik ta’limni, kasbga yoʻnaltirishni amalga oshirish.

Masalalar yechish koʻnikmalarini shakllantirish kimyo oʻqitish komponentlaridan biri hisoblanadi. Kimyo oʻqitishni muvaffaqiyatli olib borish uchun asosiy didaktik prinsiplardan biri boʻlgan oʻqitish,tаrbiyalash va rivоjlаntirish funksiyalarning birligidan unumli foydalanish talab etiladi.
Masalalar yechish jarayonida moddalar va reaksiyalar haqidagi kimyoviy tusunchalar aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi. Oʻquvchilar oʻtilganlarni takrorlash orqali uni mustahkamlab boradi,kimyoviy masalalar konkret qarashlar tizimini sakllantirishga imkoniyat yaratadi,bu esa keyingi materialni tushunib olish uchun zarur. Masalalar ma’lum bir kimyoviy vaziyatni oʻz ichiga olib,oʻquvchilarning oʻquv materiali ustida mustaqil ishlashi uchun stimulga aylanadi. Masalalar yechish oʻquv materialini chuqur oʻzlashtirish omillaridan biri hisoblanadi, chunki bunda nazariya va qonunlarni, qoidalarni eslab qolish, formula, kimyoviy tenglamalar tuzish koʻnikmalari shakllanadi. Oʻquvchilar masalalar yechish jarayonida mehnatsevarlik, maqsad sari intilish ruhida tarbiyalanadi, javobgarlik hisi, koʻzlagan maqsadiga erishish yoʻlida intilishlari rivojlantiriladi. Masalalar yechish jarayonida tabiatning birligini koʻrsatuvchi fanlararo bogʻlanish amalga oshadi, bu esa oʻquvchilarning dunyoqarashini rivojlantirishga olib keladi.

  • Masalalar yechish yoʻlida oʻquvchilarda murakkab aqliy faoliyati borib, u fikrlashning mazmuniy (bilim) va amaliy (operatsiya, harakat) tomonlarini rivojlanishini belgilaydi. Bilim va amallarning chambarchas bogʻliqligi fikrlashni turli usullarini shakllanishiga olib keladi: fikr yuritish, xulosa qilish, isbotlash.




Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling