1. Kimyodan masalalar yechishning kimyoni oʻqitishdagi ahamiyati va roli. Fanni oʻqitishdan maqsad


Eritmada(erishda) kimyoviy reaksiya sodir boʻlishi bilan bogʻliq hisoblashlar


Download 1.66 Mb.
bet5/12
Sana15.03.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1270162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
masala yechish 204 shippi

34.Eritmada(erishda) kimyoviy reaksiya sodir boʻlishi bilan bogʻliq hisoblashlar



11. Kimyoviy birikmalarning formulalarini keltirish chiqarish.
Kimyoviy formula — moddalarning sifat va miqdor jihatidan tarkibi va tuzilishini kimyoviy belgilar, shuningdek, sonlar, harflar va boshqa bilan berilgan ifodasi. Kimyoviy formulalar modda qanday elementlardan tashkil topganligi, bu elementlar oʻzaro qanday nisbatda birikkanligini hamda moddaning tuzilishini koʻrsatadi. Masalan, suvning formulasi H2O uning tarkibi vodorod (H) va kislorod (O) dan iborat ekanligini, bu elementlar 2:1 nisbatda birikkanligini; natriy sulfat Na2SO4 esa uning molekulasi natriy (Na), oltingugurt (S) va kislorod (O)dan tashkil topganligini, bu elementlar 2:1:4 nisbatda birikkanligini; aluminiy sulfid A12S3 esa 2 atom aluminiy (A1) ga 3 atom oltingugurt (S) toʻgʻri kelishini koʻrsatadi (yana qarang Kimyoviy belgilar).

Kimyoviy formulalar uch xil boʻladi: empirik, ratsional va struktura formulalar. Empirik formulalar modda molekulasidagi atomlarning umumiy sonini koʻrsatadi. Mas, sulfat kislota H2SO4, etan S2N6, etil spirti S2N6O va h.k. Ratsional formulalarda maʼlum sinfga kiruvchi atomlar guruhi ajratib koʻrsatiladi. Masalan, etan SN3SN3 yoki SN3— SN3, etil spirti S2N5ON yoki S2N5— ON va h.k. Struktura formulalar esa moddaning tarkibini, molekuladagi atomlarning joylashish tartibini hamda ushbu atomlar orasidagi kimyoviy bogʻlarning qanday taqsimlanganligini koʻrsatadi.[1]


23.Kimyoviy rеаksiyaning o‘rtаchа tеzligi. Rеаksiyaning o‘rtаchа tеzligiga oid hisoblashlar.
Kimyoviy kinetika. Kimyoviy reaksiya tezligi va unga tasir etuvchi omillar. Kinetika – kimyoviy jarayonlarning tezligi, mexanizmlari va unga tasir etuvchi omillarni Organadi.Kimyoviy reaksiya tezligi – kimyoviy reaksiyada ishtirok etayotgan moddalar konsentratsiyasini vaqt birligi ichida o’zgarishi kimyoviy reaksiya tezligi deyiladi. Masalan; kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddaning dastlabki konsentratsiyasi 1 mol/l ga teng. Reaksiya 10 sekund davom etgandan so’ng ushbu moddani konsentratsiyasi 0,4 mol/l ga teng bo’lsa, reaksiya tezligini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanib topamiz. Bu yerda; C1 – C2 ∆C C1 – moddani dastlabki konsentratsiyasi V = yoki C2 – reaksiyadan keyingi konsentratsiyasi t1 – t2 ∆t t1 va t2 dastlabki va reaksiyadan keyingi vaqt 1 – 0,4 0,6 V = = 0,06 mol/l*sek 10 sek 10. Demak shu raksiyani tezligi 0,06 mol/l ga teng ekan. Kimyoviy reaksiya tezligiga tasir etuvchi omillar – kimyoviy reaksiya tezligiga quyidagi omillar tasir etadi.  reaksiyaga kirishayotgan moddalar tabiatiga reaksiyada ishtirok etuvchi moddalarning konsentratsiyasiga temperaturaga gazlarda bo’ladigan reaksiyada – bosimga qattiq moddalarning reaksiyalarida – maydalanganlik darajasiga

35 Dissotsilanish darajasi va konstantasi.Dissotsilanish darajasi va konstantasi oʻrtasidagi bogʻlanishga oid hisoblashlar


Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi
Suvdagi eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o‘tkazadigan moddalar (kislotatuz va asoslar) elektrolitlar deb ataladi. Suvdagi eritmalari tok o‘tkazmaydigan moddalar noelektrolitlar deb ataladi.
Elekrolit molekulalarining suv molekulalari ta’sirida ionlarga (kationlar va anionlarga) ajralishi elektrolitik dissotsilanish deb ataladi.Eritmadagi elektrolit molekulalarining ionlarga dissotsilangan qismini elektrolitning umumiy miqdoriga nisbatini elektrolitik dissotsilanish darajasi (a) deb ataladi.
Dissotsilanish darajasi modda tabiatiga va eritm a konsentratsiyasiga bog‘liq. Konsentratsiya kamayishi bilan a qiymati ortadi. Dissotsilanish endotermik jarayon bo’lgani sababli, temperatura ortgandaa ham ortadi.
Kuchli va kuchsiz elektrolitlar
Molekulalari hatto suyultirilgan eritmalarda ham oz darajada dissotsilanadigan elektrolitlar kuchsiz elektrolitlar deb ataladi. Ularga ba’zi kislotalar (masalan, sirka, sianid, suv, karbonat, sulfid va sulfit kislota­lar), ba’zi asoslar (ammoniy gidroksid, organik tabiatli asoslar va hokazo) va ba’zi tuzlar (masalan, Hg(CN)2, HgCl2, Fe(SCN)3 FeF3 va boshqalar) kiradi.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling