Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


Download 10.8 Mb.
bet292/533
Sana31.01.2024
Hajmi10.8 Mb.
#1832697
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   533
Bog'liq
Quvanova Sh

Ega bilan kesimning moslashuvi
(Kongruenz zwischen Subjekt und Prädikat)
Ega va kesim gapda shaxs va son jihatdan moslashadi masalan:
Ich lese gut – men yaxshi o‘qiyman (I shaxs birlik)
Wir lesen gut – biz yaxshi o‘qiymiz (I shaxs ko‘plik)
Du schreibst sauber – sen toza yozasan (II shaxs birlik)
Das Nawoi – Theater ist schön – Navoiy teatri chiroyli (III shaxs birlik)
Agar kesim qo‘shma bo‘lsa, u holda kesimning faqat o‘zgaradigan qismi ega bilan moslashadi, masalan:
Der Tisch ist groß. – Stol katta.
Die Tische sind groß. – stollar katta.
Mein Freund hat das Buch gelesen. – do‘stim kitobni o‘qidi.
Meine Freunde sind gekommen. – do‘stlarim keldi.

35.8 Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari
(Die Nebenglieder des Satzes)

Gapning ikinchi darajali bo‘laklari uch xildir: to‘ldiruvchi, aniqlovchi va hol.


To‘ldiruvchi (Das Objekt)
To‘ldiruvchi gapning ikkinchi darajali bo‘lagi bo‘lib, kesimning ma’nosini to‘ldiradi. To‘ldiruvchilar uch turga bo‘linadi.
1) Vositasiz to‘ldiruvchi (Das Akkuzativobjekt).
2) Jo‘nalish kelishidagi to‘ldiruvchi (Das Dativobjekt )
3) Predlogli to‘ldiruvchi (Das präpositionale Objekt)
Vositasiz to’ldiruvchi (Das Akkusativobjekt)
Tushum kelishigidagi so‘z orqali ifodalanadigan to‘ldiruvchi vositasiz to‘ldiruvchi deb ataladi.
Nemis tilida vositasiz to‘ldiruvchi, o‘zbek tilidagi kabi, o‘timli fe’llarga bog‘lanib, tushum kelishigidagi so‘z bilan ifodalanadi. Vositasiz to‘ldiruvchi wen? (kimni?), was? (nimani?) so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Ba’zi vositasiz to‘ldiruvchi zu yuklamali infinitiv bilan ham ifodalanadi:
Der Lehrer ruft den Schüler an die Tafel.Wen ruft der Lehrer?
O‘qituvchi o‘quvchini doskaga chiqardi.
Wir lesen heute dieses Buch. Was lesen wir?
Biz bugun bu kitobni o‘qiymiz.

Download 10.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   533




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling