DIN – Deutsch Industrie Norm
2) Qo‘shma otlarning birinchi boshlang‘ich harflarining keyingi bo‘lakka qo‘shilishidan yasalgan qisqartmalar:
U-Bahn – Untergrundbahn
U-Boot – Unterseeboot
3) so‘zlarning bir qismi tushirib qolish bilan tuzilgan qisqartmalar: gestern Abend o‘rniga gest. Ab.: gezählte Blätter o‘rniga gez.Bl.
Bunday qisqartmalar, asosan, yozma ishlarda ishlatiladi.
4) so‘zdagi unlilarning hammasini va undoshlarning ba’zilarini tushirib qoldirish yo‘li bilan yasalgan (konstruksiya) qisqartmalar. Masalan: monatlich o‘rniga mtl; Zeitung o‘rniga Ztg; Doktor o‘rniga Dr; vergleich o‘rniga Vgl.
5) so‘zlarning bosh bo‘g‘inlarini olish yo‘li bilan yasalgan qisqartmalar:das Moped (motorisiertes Fahrrad)-Motor und Pedal
6) Birinchi so‘z to‘la saqlanib, ikkinchi so‘zning bosh harfi olingan qisqartmalar.Masalan:
Berlin – O (Berlin – Osten) ;Berlin – W (Berlin - Westen)
3.3 Substantsiya yo‘li bilan ot yasash
Nemis tilida har bir so‘z turkumi otga aylana oladi. Ot yasashning bu usuli substantsiya deyiladi. Otga aylangan so‘zlar bosh harf bilan yozilib, tegishli artikl bilan qo‘llaniladi.
har bir infinitiv sredniy roddagi ot bo‘la oladi, masalan:lesen (o‘qimoq)- das Lesen (o‘qish); leben (yashamoq)- das Leben (yashash, turmush); essen (yemoq)- das Esse (yeyish)
otga aylangan sifatlar ma’nosiga ko‘ra mujskoy yoki jenskiy rodga tegishli bo‘ladi: krank (kasal)- der Kranke (kasal kishi); die Kranke (kasal xotin).
Ba’zi fe’l o‘zaklari ham otga aylanadi, masalan: springen fe’lining sprung imperfekt formasidan der Sprung (sakrash) oti hosil bo‘lgan gehen (yurmoq)fe’lining Partizip II formasidan (gegangen)der Gang (yo‘l, yurish)oti hosil bo’lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |