Kuydirish jarayoni
Download 1.44 Mb.
|
Kuydirish jarayoni (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mis konsentratini kuydirish
Aglomeratsion mashinalar – qora va rangli metallurgiyada boyitmalarni (konsentrat) kuydirib aglomeratlar tayyorlashda foydalaniladi. glomeratsion mashinalar tasmali va aylana shaklda buladi. Metallurgiyada tasmali aglomeratsion mashinalar keng qo‘llaniladi.Aglomeratsion mashina uzunligi 35–40 m bo‘lgan po‘lat tasmaga maxsus qutilar joylashtirilgan bo‘lib, tasma zanjirli konveyer kabi harakatlanadi (3.3-chizma). Qutilarning ichki qismi panjara bilan tugab, pastki qismi konus shaklida bo‘shliqdan iborat bo‘lib, havo so‘rishga yoki berishga moslashtirilgan.
Mashinaning boshlanish qismida (ya’ni qutilar ustida) shixta yuklash moslamasi va shixtani yondirish uskunasi joylashtirilgan. Qutilarga to‘ldirilgan shixta o‘t olish kamerasidan o‘tadi. Bunda shixta tarkibidagi koks hisobiga alanga oladi va shu tariqa unda yuqori haroratdagi issiqlik vujudga keladi. Yonish va oksidlanish jarayoninidavom ettirish maqsadida qutilarga havo beriladi yoki pastki qismdan havo so‘riladi. Bu o‘z navbatida havo surish yoki purkash orqali amalga oshiriladi. Tasmaning harakatlanishi bo‘ylab mashinaning oxirgi qismigacha kuyish va aglomeratsiyalash jarayoni amalga oshiriladi. Hosil bo‘lgan mahsulot konveyerning burilishi hisobigaaglomerat qolipdan ko‘chiriladi.Aglomerat mashinasidagi tasmaning harakatlanish tezligi 1–4m/min ni tashkil etadi. Uning uzunligi 6m dan 75 metrgacha bo‘lishi mumkin. Mashinaning mahsulot bo‘yicha umumiy ish hajmi 6–300 m2 ni, ishlab chiqarish unumdorligi qora metall konsentratlari uchun 32 t/m2 sutkani, rangli metall boyitmalari uchun 18 t/m2 ni tashkil etadi. 3.3-rasm. Aglomeratsion mashina: 1 – karkas; 2 – qutili aravachalar; 3 – havo so‘rish kamerasi; 4 – shixta yuklash bo‘limi; 5 – shixtani qutilarga joylashtirish; 6 – yondirish kamerasi; 7 – mashinani harakatga keltiruvchi dvigatel. Mis konsentratini kuydirish Tarkibida mis kam bo‘lgan dastlabki moddalarni iste’mol qiladigan, bir qator zavodlarda qo‘llaniladi. Olmaliq sharoitida konsentratda misni miqdori borgan sari kamayib borayapti. Shuning uchun uni birinchi pog‘onada kuydirib ishlab chiqish samaradorligini oshirish mumkin. Mis konsentratini kuydirish jarayonini qo‘llash, qayta ishlashga tarkibida oltingugurt miqdori yuqori bo‘lgan va mis miqdori past bo‘lgan boyitmalarni jalb etish maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki ularni to‘g‘ridan to‘g‘ri eritish natijasida mis bo‘yicha kambag‘al shteyn hosil bo‘ladi. Sulfidli mis konsentratini kuydirish natijasida konsentrat tarkibidagi oltingugurt qisman yo‘qoladi va temir sulfidlari eritish jarayonida shlaklanadigan oksid holatgacha oksidlanadi. Kuyindida metallurgic hisobotlar bilan aniqlanadigan miqdorda oltingugurt qoldiriladi. Kuydirish jarayonida dastlabki mahsulotdan ajralib chiqqan oltingugurt miqdorining dastlabki mahsulotdagi oltingugurt miqdoriga nisbatligi desulfurizatsiya darajasi deb nomlanadi. Mis konsentratining kuydirilishi quyidagi asosiy reaksiyalar orqali boradi: CuFeS2 + 2O2 = CuO + FeO + 2SO2 Cu2S + 2O2 = 2 CuO + SO2 CuS + 1,5O2 = CuO + SO2 SO2+ 2O2= 2SO3 CuO + SO3= CuSO4 (3.13)
(3.15) (3.16) (3.17) Kuydirish harorati 650–750 °C bo‘lganda sulfatlovchi kudirish amalga oshiriladi 850–1050 °C da esa oksidlovchi kuydirish jarayonlari boradi. Kuyidirish uchun eng mos dastgoh – bu qaynar qatlam («KS») pechdir. Mis konsentratini kuydirish jarayonlari AQSH, Yaponiya va boshqa davlatlarda keng tarqalgan. Sulfatli kuydirishda misni 94–98 foiz suvda eriydigan birikmalarga o‘tadi, qaysilaridan elektroliz orqali erkin holatda ajratib olinadi. Olmaliq sharoitida kuydirish jarayonini qo‘llash rejalashtirilmagan shixta yuklanadi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling