Kuydirish jarayoni
Download 1.44 Mb.
|
Kuydirish jarayoni (2)
KUYDIRISH JARAYONI Reja: Kuydirish turlari Kuydirish jarayonida kechadigan kimyoviy reaksiyalar Kuydirish uskunalari Mis konsentratini kuydirish Sulfidli rux konsentratsini qaynar qatlam «KS» pechida kuydirish amaliyoti Metallurgiyada kuydirish jarayoni ruda va boyitmalardan metallarni ajrtib olish texnologiyasida xomashyoni metallurgik jarayonlarga tayyorlash bosqichidir. Metallurgiyada xomashyoni kuydirishning bir necha turi bo‘lib,ular: 1. Oksidlovchi kuydirish. 2. Sulfatlovchi kuydirish. 3. Xlorlovchi kuydirish. 4. Aglomeratsion kuydirish va boshqalardir. Oksidlovchi kuydirish rangli va qora metallurgiyada quydagi masalalarda qo‘llaniladi: – ruda tarkibidagi gidratli namlikni va uchuvchan moddalarni ajratish uchun; – rudani oltingugurt, margimush va fosfor kabi po‘lat uchun zararli elementlardan tozalashda. Rangli metallurgiyada oksidlovchi kuydirish jarayoni keng qo‘llaniladi. Texnologik nuqtayi nazardan og‘ir rangli metallar metallurgiyasida oksidlovchi kuydirish ikki maqsadda qo‘llaniladi ya’ni: – sulfidli ruda va boyitma tarkibidagi oltingugurtni yo‘qotish va temir sulfidini shlak hosil qiluvchi oksid shakliga o‘tkazish; – ruda va boyitma tarkibidagi suvda qiyin eriydigan metall sulfidlarini oksidlab, erituvchilarning suvli eritmalarida yaxshi eriydigan birikmalar olishda qo‘llaniladi (jumladan, rux metallurgiyasida). Sulfatlovchi kuydirishning maqsadi ruda va boyitma tarkibidagi metall birikmalarni (MeO, MeS) suvda yaxshi eriydigan metal sulfatlarini (MeSO4) olishdir. Ushbu jarayon yuqori haroratda SO2,SO3 gazlar ishtirokida olib boriladi. Kuydirish davomida oksid yoki sulfat hosil bo‘lishi quyidagi yakunlovchi reaksiyalar orqali o‘tadi: MeS + 1,5 O2 = MeO + SO2 2 SO2 + O2 = 2SO3 MeO + SO3 = MeSO4 (3.1) (3.2) (3.3) Oksidlovchi va sulfotlovchi kuydirishlar jarayonni olib borish haroratlari bilan farq qiladi. Sulfatlovchi kuydirish harorati 650–750 °C,oksidlantiruvchi kuydirishning harorati esa 850–1050 °C. Xlorlovchi kuydirish noyob metallar metallurgiyasida keng qo‘llaniladi. Uning yordamida ko‘pgina noyob metallar: germaniy,titan, tantal neobiy, serkoniy va boshqalar xomashyodan uchuvchan xlorli birikmalar holida ajratib olinadi. Jarayon pechlarda xlor Cl2ishtirokida olib boriladi. Aglomeratsion kuydirish – oksidlovchi kuydirishning bir turi bo‘lib, kuydirish jarayoni maydalangan, yanchilgan shixtani g‘ovakli bo‘laklash bilan yakunlanadi. Ushbu jarayon shixta tarkibiga qo‘yilgan koks kukunining qizigan havo ta’sirida yonishi orqali amalga oshiriladi. Jarayon qora metallurgiyada va qo‘rg‘oshin metallurgiyasida qo‘llaniladi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling