- Qaynoq suv to‘kilgan kiyimlarni yechish kerak;
- Kuygan teri darjasini aniqlash kerak (inson kafti 1 % hisoblanadi). 10 % dan ortiq kuygan sohada, ya’ni 10 kaftga teng, tez tibbiy yordamga murojaat etish zarur;
- Jarohatlangan sohani “Pantenol” eritmasi bilan qayta ishlash;
- Agar kuygan soha qo‘lda bo‘lsa, qo‘llarni pastga osiltirgan holda ushlamaslik kerak, shunda shish paydo bo‘lishini kamaytitishga erishiladi;
- Birinchi va ikkinchi darjali kuyishlarda terining jarohatlangan sohasiga sovuq suv shimdirilgan bog‘lam qo‘yish kerak. Har ikki-uch daqiqada bog‘lamni almashtirib turiladi (20 daqiqa davomida, agar teri qoplami buzilmagan bo‘lsa);
- Pufaklar paydo bo‘lsa, ularni mustaqil ravishda yorishga harakat qilmang;
Bug‘ bilan kuyganda nima qilish kerak? - Jarohatlangan sohani sovutish, isigan kiyimlarni yechish kerak;
- Teri sohasining 10 % dan ortiq qismi zaralanganda shifokorga murojaat qilish zarur;
- Kuygan sohaga moy surish, pufaklarni yorish hatto ularga qo‘l bilan tegish ham mumkin emas.
Moy bilan kuyganda qanday yordam ko‘rsatish mumkin? - Qanyoq moy tushgan teri sohasini sovuq oqar suvda ushlab turish;
- Agar moy bilan kuygan soha 1 %ni tashkil qilsa yoki moy ko‘zga tushgan bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qlish zarur. Shifokorgacha jarohatlangan sohaga steril bog‘lam qo‘yish kerak. Analgetiklardan foydalansa ham bo‘ladi (agar bunga malakangiz yetsa): novakain eritmasi (4-5 %), lidokain, albutsid eritmasi (10-20 %), levomitsetin (0,2 %) eritma.
Dazmol bilan kuyganda nima qilish kerak? - Kugan sohaga moy yoki glitserin surtiladi;
- Jarohatlangan sohaga lavlagi, karam qo‘yilib, har 10 daqiqada almashtirib turish;
- Shu sohani suv bilan sovutish va soda sepib qo‘yish;
- Kuygan sohani hom tovuq tuxumi bilan qayta ishlasa ham bo‘ladi.
- Agar kuyish pufaklar hosil bo‘lishi bilan kechsa, yuqoridagi muolajalarni qo‘llamang, shifokorga murojaat eting!
Do'stlaringiz bilan baham: |