Kuyish — turlari, darajalari va birinchi yordam ko‘rsatish usullari Kuyish
Download 25.14 Kb.
|
Документ Microsoft Word (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuyishda xalq tabobati vositalari
Ushbu maqolani ham o‘qing: Tarqoq skleroz
Bunday holatda dori preparatlari shifokor tomonidan buyuriladi, chunki ular kimyoviy modda bilan reaksiyaga kirishib o‘ta og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Agar kimyoviy modda tabiati aniq bo‘lsa, masalan kislota bilan kuyganda 2 %li soda eritmasi bilan, kimyoviy modda ishqor bo‘lsa – bor kislotasi qo‘shilgan suv bilan yoki limon kislotasi bilan yuvsa bo‘ladi. So‘ngra quruq va steril bog‘lam qo‘yish kerak. Har qanday regeneratsiyani kuchaytiruvchi preparatlar qat’iy shifokor tomonidan buyuriladi. Odatda bunday kuyishni davolash uchun uzoq muddat talab qilinadi, davo muolajalari tashqi va ichki bo‘lishi mumkin. Bemorning ahvolini yaxshilash, bitish jarayonini tezlashtirish, sovutish va terini yumshatish maqsadida, jarohatlangan sohaga aloe bargidan foydalaniladi. E vitamin ham mahalliy zararlangan soha regeneratsiyasini kuchaytiradi va chandiq qolishini kamaytiradi. Ichki davoga vitamin E, A, C, B lar kapsula ko‘rinishida buyuriladi. Kuyishda xalq tabobati vositalari Yuqorida aytib o‘tilganidek, xalq tabobatida vositalari bilan faqatgina I darajali kuyishlar, teri qoplamasining katta hajmda bo‘lmagan jarohatlanishida foydalansa bo‘ladi. Kuygan sohaga xom kartoshka, qovoq va sabzi qo‘yish ham yordam beradi. Har qanday sabzavot qirg‘ichdan o‘tkazilib, steril bog‘lam yordamida kuygan joyga qo‘yiladi. Bog‘lamni 10-15 daqiqada lamashtirib turish tavsiya etiladi; Yana bir samarali usul, og‘riq va qizarishni oldini olish uchun na’matak, dub (eman) ildizi eritmalari bilan primochkalar qilish kerak. Buning uchun tayyor eritmani dokaga shimdirib kuygan sohaga bog‘lash kifoya. Bog‘lam har 15 daqiqada almashtirib turiladi; Sut mahsulotlari ham og‘riqni yaxshi oladi. Kuniga 3 mahal, yarim soatda kefir yoki smetana bilan kuygan sohani primochkalar qilish lozim; Asal – bakteritsid ta’sir ko‘rsatishi qadim zamonlardan beri ma’lum. Uning og‘riqni kamaytirish, regeneratsiyani tiklash xususiyati bor; Issiq va qaynoq buyumlardan foydalanayotganda ehtiyot bo‘ling, kimyoviy moddalarni ishlatayotganingizda ehtiyotkorlik choralarini ko‘ring, doimo ogoh bo‘ling. Kuyish ro‘y bersa, yuqoridagi ko‘rsatmalarga amal qiling va shifokorga murojaat eting. Download 25.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling