Kuyishda xalq tabobati vositalari
Yuqorida aytib o‘tilganidek, xalq tabobatida vositalari bilan faqatgina I darajali
kuyishlar, teri qoplamasining katta hajmda bo‘lmagan jarohatlanishida
foydalansa bo‘ladi.
Kuygan sohaga xom kartoshka, qovoq va sabzi qo‘yish ham yordam beradi.
Har qanday sabzavot qirg‘ichdan o‘tkazilib, steril bog‘lam yordamida kuygan
joyga qo‘yiladi. Bog‘lamni 10-15 daqiqada lamashtirib turish tavsiya etiladi;
Yana bir samarali usul, og‘riq va qizarishni oldini olish uchun
na’matak
, dub
(eman) ildizi eritmalari bilan primochkalar qilish kerak. Buning uchun tayyor
eritmani dokaga shimdirib kuygan sohaga bog‘lash kifoya. Bog‘lam har 15
daqiqada almashtirib turiladi;
Sut mahsulotlari ham og‘riqni yaxshi oladi. Kuniga 3 mahal, yarim soatda kefir
yoki smetana bilan kuygan sohani primochkalar qilish lozim;
Asal
– bakteritsid ta’sir ko‘rsatishi qadim zamonlardan beri ma’lum. Uning
og‘riqni kamaytirish, regeneratsiyani tiklash xususiyati bor;
Issiq va qaynoq buyumlardan foydalanayotganda ehtiyot bo‘ling, kimyoviy
moddalarni ishlatayotganingizda ehtiyotkorlik choralarini ko‘ring, doimo ogoh
bo‘ling. Kuyish ro‘y bersa, yuqoridagi ko‘rsatmalarga amal qiling va shifokorga
murojaat eting.