III va IV darajali kuyishda teri to‘qimalari va mushaklarning kuchli zararlanishi,
chuqur yaralar paydo bo‘ladi, teri tiklanganda yaqqol namoyon bo‘luvchi
chandiq qoladi. Ayrim hollarda bemor nogiron bo‘lib qoladi.
IV darajali kuyishda teri qavati buziladi, teri osti kletchatkasi, mushak hatto
suyaklar ham zararlanadi. Bunda bemor og‘riq sezmaydi, chunki nerv oxirlari
ham shikastlangan bo‘ladi. Ayrim holatlarda, shifokorlar zararlangan qo‘l yoki
oyoqlarni amputatsiya (kesib tashlash) qilishiga to‘g‘ri keladi. Agar keng
hajmdagi kuyishlar kuzatilsa, mustaqil ravishda chora ko‘rish qat’iyan mumkin
emas!
Do'stlaringiz bilan baham: