Yoppasiga kuzatishda to`plam barcha birliklari haqidagi zaruriy ma’lumоtlar to`planadi.Statistik hisоbоt shu tarzda tashkil etiladi. Uni barcha хo`jalik yurituvchi sub’еktlar tuzadi va statistika tashkilоtlariga taqdim etadi. Ahоli ro`yхati, ekin maydоnlarining yakuniy hisоbi, chоrva ro`yхatlari ham yoppasiga kuzatishga misоl bo`la оladi.
Qisman kuzatish o`rganilayotgan to`plamdagi birliklardan qandaydir bir qismi haqida kerakli ma`lumotlarni olish imkoniyatini yaratadi.
Bevosita kuzatish usulining o`ziga xos tomoni shundaki, tekshirishni amalga oshirayotgan tashkilotning vakili kuzatishda bevosita qatnashadi. U kuzatayotgan narsalarni birma-bir ko`rib, sanab, tortib va o`lchab, olingan natijalarni kuzatish varaqasiga yozadi. Masalan, kuzatuvchi paxta punktidagi paxtani maxsus asboblar bilan tekshirish natijasida uning 80 foizi-birinchi, 15 foizi- ikkinchi nav, 5 foizi uchinchi nav ekanligini aniqladi. Bu yerda kuzatuvchi boshlang`ich ma`lumotlarni olishda bevosita kuzatish usulini qo`lladi.
Kuzatishning dasturiy-uslubiy masalalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
kuzatishning maqsadi va vazifalari.
kuzatish dasturi.
kuzatish ob’ekti.
kuzatish va hisob birligi.
kuzatish formulyari va yo`riqnoma.
Do'stlaringiz bilan baham: |