Kuzatish metodi. Psixologiya fanida bu metodning ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (o’zini o’zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshirilardi


Download 0.62 Mb.
Sana07.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1338536
Bog'liq
texnalogiyalar

KUZATISH METODI.

Kuzatish metodi. Psixologiya fanida bu metodning ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (o’zini o’zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshirilardi:

Kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; Kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi; Sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi; Tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi; Kuzatish qancha davom etishi qat’iylashtiriladi; Kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o’yin, o’qish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; Kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o’tkazishi) tayinlanad

Kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafon, videoapparat, fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi

Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuyg’ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, harakatchanligi, ishchanligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va xokazolari o’rganiladi. Ammo o’ta murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni etishmaydi. Masalan, go’dag bolani kuzatishda uning harakatlari, o’yinchoqlarga munosabati, his-tuyg’usi, talpinishi, maylli, hoxishi aniqlanadi.

Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur bo’yicha ham ma’lumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini, fikrning muayyan ob’ektga yo’naltirilganligini, tashqi qo’zg’atuvchilar ta’siriga berilmaslikni, chehradagi tashvish va iztirobni, ko’zdagi g’ayritabiiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni kuzatib, tafakkurning kechishidagi o’zgarishlarni aniqlash mumkin. Bulardan tashqari, qo’lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyotning beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o’zgarishlar bo’yicha ma’lumot beradi.

Psixologiya fanida o’zini o’zi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham foydalaniladi. Ko’pincha tajribali psixolog yoki malakali mohir o’qituvchi, salohiyatli rahbar o’zini o’zi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o’z tafakkurini kuzatib o’zidagi emotsional o’zgarish haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanizmlari vujudga kelishi va ketishi to’g’risida ma’lumot oladi. Natijada tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati qay tarzda, qanday tezlikda, qay shaklda ro’y berishini kuzatadi.

Kuzatish — psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, rejali, biror maqsad asosida o‘rganish. Kuzatish — universal metod bo‘lib, turli vaziyatlarda ishlatiladi. Ilmiy kuzatish hayotiy (ilmiy bo‘lmagan) kuzatishdan tubdan farq qiladi. Hayotiy kuzatish – kundalik hayotda, rejasiz amalga oshirilib, turli tasodiflarga bog‘liq bo‘ladi. Kuzatish ilmiy bo‘lishi shu bilan bir qatorda psixologik-pedagogik kuzatish bo‘lishi uchun bir qancha talablarga amal qilishi vazifa bo’lmog’ lozim.

1. Maqsadga yo‘nalganlik. Umuman o‘quvchini emas, balki uning shaxsiy sifatlari konkret namoyon bo‘lishini turli vaziyatlarda va faoliyatning har xil turlarida – o‘yin, o‘qish, mehnat, muloqat jarayonida kuzatish. 2. Reja. Kuzatishni boshlashdan oldin muayyan vazifalar belgilanishi (nimani kuzatish), reja tuzilishi (vaqti va vositalari), ko‘rsatkichlari aniqlab olishi (nimani qayd etish), bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolar va ularni oldini olish yo‘llari, taxmin qilinayotgan natijalarni o‘ylab olishi lozim. Bunda kuzatilayotgan xususiyat aniq belgilanishi lozim (ular ko‘p bo‘lmasligi zarur). Kuzatishdan maqsad xulq-atvordagi topilgan kamchiliklarni to‘g‘irlash yo‘llarini ishlab chiqish bo‘lmog‘i lozim. 3. Mustaqillik. Kuzatish yo‘l-yo‘lakay qilinishi lozim bo‘lgan emas, balki mustaqil ravishda o‘tkazilishi kerak bo‘ladi.

4.Tabiiylik. Psixologik-pedagogik kuzatish o‘quvchilar uchun tabiiy sharoitlarda o‘tkazilishi lozim. U o‘qituvchining ishtirokisiz o‘tkazilishi zarurki, o‘quvchi kuzatilayotganini sezmasin. 5. Tizimlilik. Kuzatish o‘qituvchining xohishi bilan emas, balki doimiy reja asosida, tizimli ravishda yoki rejalashtirilgan ma’lum oraliqdan so‘ng o‘tkazilishi zarur. 6. Ob’ektivlik. Kuzatish jarayonida o‘z taxminlarini emas, ob’ektiv fakt, harakat, o‘quvchilar xulq-atvorining ob’ektiv xususiyatlarini qayd etish va shu asosda xulosa chiqarish lozim. 7. Qayd etish. Olingan barcha ma’lumotlar ma’lum tizimda qayd etilishi lozim. Olingan natijalar kuzatish jarayonida yoki uni o‘tkazilgandan so‘ng darhol qayd qilishi kerak.

Biroq kuzatish metodining kamchiliklari ham mavjud. Bular : 1.Tekshiruvchining passiv holatni egallaganligi. 2.Qayd etishdagi xatolar. 3.Qaytarish imkonining yo‘qligi. 4.Natijalarni tahlil qilishdagi subektivizm.

Kuzatish metodining ijobiy tomoni shundaki, eksperimental ravishda o‘rganish imkoni bo‘lmagan faoliyatni analiz qilish, o‘quvchi xulq-atvorini tabiiy sharoitda o‘rganish imkoniyati mavjud.

Chet el psixologiyasida o’zini o’zi kuzatishning inson ruhiyatini organishdagi ro’lini ifodalovchi ilmiy-amaliy materiallar toplangan. Introspeksiya yonalishining yirik namoyandalari o’zlarini o’zlari kuzatganlar va toplagan materiallarini tahlil qilib, umumiy psixologik qonuniyatlarni yaratishga harakat qilganlar. Lekin inson turli vaziyatlarda o`zini bir xil boshqara olmaydi va shuning uchun bu metodning ilmiy ahamiyati unchalik katta emas.

Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif tomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi.

ETOBORINGIZ UCHUN TASHAKUR.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling