Kuzatish va tajribalarni tashkil etish usullarini oʻrganish. Reja


Download 76.5 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi76.5 Kb.
#1430822
Bog'liq
Kuzatish va tajribalarni tashkil etish usullarini o rganish. Rej


Kuzatish va tajribalarni tashkil etish usullarini oʻrganish.
Reja:
1. Kuzatish metodi haqida umumiy tushuncha.
2. Oʻz-oʻzini kuzatish metodi.
3. Xulosa .

Kuzatish (psixologiyada) — voqelikdagi narsa va hodisalarni rejali, uzluksiz, batartib, mukammal idrok qilish; voqelikni hissiy bilish uslubi. Kuzatish Aristotel zamonidan hozirgi davrgacha kuzatuvchilarning asosiy tadqiqot vositalaridan biri sanaladi. U hissiy bilishning omillari, xususiyatlari, qonuniyatlari toʻgʻrisida dastlabki tasavvurlar hosil qilishga qaratilgan inson faoliyati shaklidir. Kuzatishning qay darajada boʻlishi qoʻyilgan maqsadning aniqligiga, kuzatilayotgan narsa va voqealar haqida oldindan bilimga ega boʻlishga, kuchli, barqaror diqqat bilan faol fikrlashga va h.Kuzatish ga bogʻliq. Kuzatishda idrok va tafakkur uzviy bogʻlanadi.


Kuzatishda tegishli xulosalar chiqariladi, fakt, voqealar nazariy tahlil etiladi, farazlar olgʻa suriladi. Kuzatishning obʼyektiv (tashqi kuzatish) va subʼyektiv (ichki, oʻzini oʻzi kuzatish ) turlari mavjud. Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuygʻulari, imoishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutqi, faoliyati, muomala maromi va boshqa oʻrganiladi. Oʻzini-oʻzi kuzatish (introspeksiya)dan foidalangan psixolog oʻzining xulqi, muomalasi toʻgʻrisida ilmiy, haqqoniy xulosa chiqara biladi.
Vyursburg psixologiya maktabi (Germaniya) namoyandalari kuzatish Byuler (1879— 1922), A. Messer (1867-1937), O. Kyulpe (1862—1915) psixologik tajribalarni dastavval oʻzini-oʻzi kuzatish metodi yordamida oʻzlari ustida oʻtkazganlar.
Kuzatish voqelik sodir boʻlishini, atrof muhitni, inson shaxsini muayyan qismlarga, yoʻnalishlarga fikran ajratish;
Kuzatishning koʻlami, xususiyati va oʻziga xosligini aniqyaash; barcha holat, alomat, tashqi koʻrinishning oʻziga xosligini qayd qilish;
toʻplangan materiallarni matematik statistik hisoblash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Kuzatishning sistemali, epizodli, dala sharoitli, laboratoriyaviy, tabiiy, davriy (bir martali) koʻrinishlari, shuningdek, turli vositalari va shakllari mavjud. Kuzatishda R. Beylzaning interaksiya (oʻzaro taʼsir) uslubini (bahs, munozara chogʻida oʻzaro taʼsir imkonini aniqlash maqsadida) qoʻllash ijobiy natijalar beradi.
Psixologiyaningan`anaviy, empirik metodlari to hozirgi kungacha muvaffaqiyatli qo`llanilmoqda.
Kuzatish metodi Psixik hodisalar hayotda, ya’ni tabiiy sharoitda, odamning turlituman faoliyatida qanday ko‘rinishda voqe bo‘lsa, o‘sha ko‘rinishda kuzatish metodining yordami bilan o‘rganiladi. Tashqi kuzatish Psixik hayot hodisalarini o‘rganishda avvalo tashqi kuzatish metodi tatbiq etiladi. Kuzatishning asosiy xususiyati shundaki, bu metod yordami bilan psixik hayotni sezgi organlarimiz bevosita seza oladigan, o‘zimiz bevosita idrok qila oladigan faktlari aniqlanadi va tasvirlanadi. Kishining psixik hayotida: mimika, imo-ishora, nutq, turli harakatlar va umuman kishining butun xatti-harakati va faoliyatini bevosita kuzatish mumkin. Psixik jarayonlar bilan bevosita bog‘langan ba’zi bir fiziologik hodisalar yuzning o‘zgarishi, nafas olish, qon aylanish va shu kabilarning o‘zgarishi ham tashqaridan kuzatilsa bo‘ladi. Kuzatish ma’lumotlarini so‘zlar bilan tasvir etish bilan kifoyalanib qolmay, balki ko‘rsatma vositalari, suratga olish, kinoga olish, tovushni yozib olish va shu kabi yo‘llar bilan ham qayd qilish mumkin. Masalan, bolalar nutqini o‘sib borishini kuzatish yo‘li bilan tekshira olamiz. Bunda bolaning so‘z boyligi qanday qilib sekin-asta orta borishini, nutqning fonetik tomonini, grammatik tuzilishini shu bola qanday bilib olayotganini qayd qilsa bo‘ladi. Odamning tevarak-atrofdagi voqelikni o‘zgartirish va yangidan ko‘rishida duch kelgan to‘sqinlikni va qiyinchilikni yengish uchun uning qanday zo‘r iroda bilan sabr-matonat ko‘rsatishini ham kuzatish yo‘li bilan ko‘zdan kechirsak va tekshirsak bo‘ladi.
Psixik hayot hodisalarini o‘rganayotganda psixologning o‘z-o‘zini kuzatish metodiga ham murojaat qilib turishiga to‘g‘ri keladi. O‘z-o‘zini kuzatish Nomidan ko‘rinib turibdiki, tadqiqotchi o‘z-o‘zini kuzatish bilan o‘zidagi psixik hodisalarni tekshiradi. Bu holda tadqiqotchi psixik jarayonlar va holatlarning ichki tomoni – odamning subyektiv kechinmalari qanday ro‘y bersa, ularni shu holida tasvir etish va aniqlab olishga intiladi. Psixolog o‘z tadqiqotlarida tekshirilgan kishilarning o‘z-o‘zini kuzatib olgan ma’lumotlariga ham asoslanadi.
Psixologiya vujudga kela boshlagan V asrdan tortib to bizning eramizgacha va XIX asrning deyarli oxirigacha o‘z-o‘zini kuzatish metodi yoki introspektiv metod ruhiy hayot hodisalarini bilishning birdan-bir metodi bo‘lib keldi, desa bo‘ladi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‘z-o‘zini kuzatish metodiga tanqidiy ko‘z bilan qaraladigan bo‘lib qoldi. Bu metodning bir qancha kamchiliklari borligi ma’lum bo‘ldi. O‘z-o‘zini kuzatishda tadqiqotchi ham, tekshiriladigan ham tekshiruvchi obyektga bo‘linib qolishi bu metodning eng muhim kamchiligi ekanligi ko‘rsatildi. Holbuki, normal kishilar shaxsining amalda bunday «bo‘linib ketishi» mumkin emas. O‘zo‘zini kuzatishda psixik hodisalarni (masalan, shodlik yoki qayg‘u hissini, tafakkur jarayonini) ham boshdan kechirish, ham shu hodisalarni o‘rganish juda qiyin ekanligi, ba’zan esa butunlay mumkin bo‘lmasligi ko‘rsatib o‘tildi. O‘z-o‘zini kuzatish metodining cheklanganligini ham uning kamchiligi deb bilish kerak.
Psixolog o‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan faqat o‘z psixikasini o‘rganadi-da, axir. Shunday bo‘lgach, odam psixikasi haqidagi fan faqat psixologlarning o‘z psixologiyasiga aylanib ketadi. Bunday psixologiya madaniy taraqqiyot jihatidan yuksak darajada turgan, o‘z ixtisosiga ko‘ra o‘zini-o‘zi kuzata oladigan va o‘zini-o‘zi muhokama qila oladigan kishilar psixikasi haqidagina bilim beradi. Ammo madaniy taraqqiyotning pastroq bosqichida turgan kishilar psixikasi haqidagi ta’limot ham, bolalar psixikasi haqidagi ta’limot ham psixologiyaga qo‘shilishi kerak. Madaniy taraqqiyotning pastroq bosqichida turgan kishilar va bolalar esa fan nuqtayi nazaridan o‘zo‘zini kuzata olmasligi tabiiy.
Demak, o‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan odam psixik taraqqiyotining turli bosqichlari haqida bilim olib bo‘lmaydi. Nihoyat, o‘z-o‘zini kuzatish metodining yana bir katta kamchiligi shuki, bu yo‘l bilan olingan ma’lumotlar psixik hayot hodisalarini turli yo‘sinda bir tomonlama, subyektiv talqin qilishiga olib kelishi mumkin. Masalan, odamning xarakterini tekshirayotgan psixologning o‘zi egoist bo‘lsa, o‘z-o‘zini kuzatish natijalaridan, egoizm – har qanday xarakterning muhim belgisidir, deb xulosa chiqarishi mumkin.
Dunyoda saxiy,oliyjanob xarakterli kishilar borligini bunday psixolog faqat o‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan bila olmaydi. Zohiran ko‘rinadigan narsa bu yerda Haqiqat bo‘lib tuyulishi, yakka hodisa umumiy hodisa bo‘lib tuyulishi mumkin. Holbuki, har qanday ilmiy bilim obyektiv va chin bilim bo‘lishi kerak. O‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan subyektiv ravishda ko‘ngildan kechadigan faktlarni aniqlash, tasvirlash mumkin, ammo ularni har tomonlama tushuntirish mumkin emas. Psixik hodisani tushuntirish – uning sababini, nerv-fiziologik asosini topish va odam yashaydigan ijtimoiy sharoit bilan bog‘langanligini aniqlash demakdir, bularning hammasi esa o‘zo‘zini kuzatish doirasidan tashqaridadir.
Fanning vazifasi faktlarni tasvir etishdangina iborat emas, balki asosan shu faktlarni tushuntirish, ularning qonuniyatlarini kashf etishdan iborat. Obyektiv metoddan foydalangandagina bunga erishish mumkin. Ammo, o‘z-o‘zini kuzatish metodining yuqorida aytilgan kamchiliklari bu metodni psixologiyada keraksiz, g‘ayriilmiy metod deb butunlay rad etishga asos bo‘lmasligi kerak, albatta. Bu kamchilik va qiyinchiliklarning hammasi ham o‘z-o‘zini kuzatishda uchrashi mumkin, lekin ular hamisha, o‘z-o‘zini kuzatishning har qandayida bo‘lavermaydi. Avvalo, odam o‘z-o‘zini kuzatish obyekti bo‘lolmaydi, degan da’voni asossiz deb bilish kerak. Odam ongi taraqqiy etgan bo‘lsa, ma’lum psixik jarayonlarni baravariga boshdan kechirishi ham, kuzatishi ham mumkin, odamning xususiyati ham shundan iborat. Odam kuzatish bilangina cheklanib qolmay, psixik jarayonlarga ta’sir o‘tkazishi, turli psixik jarayonlarni yuzaga chiqarishi, o‘zgartirishi, kuchaytirishi va to‘xtatishi mumkin.
Bu har kimga yaxshi ma’lum bo‘lgan faktdir. Har qanday ishda uchraydigan qiyinchiliklar kabi o‘z-o‘zini kuzatishda uchraydigan qiyinchiliklar ham hamisha bartaraf qilib bo‘lmaydigan qiyinchiliklar emas, albatta. Kuchli emotsional holatlardagina o‘z-o‘zini kuzatish mumkin bo‘lmay qolishi mumkin. Bundan tashqari, psixik hayot hodisalarini dastlab boshdan kechirish paytidagina o‘rganish shart emas, ularni esga tushirib, ko‘ngildan kechirish ham mumkin.
Ko‘pincha hozir boshdan kechayotgan hodisalar emas, balki ilgarigi hodisalar o‘z-o‘zini kuzatish obyekti bo‘ladi. Bo‘lib o‘tgan hodisalar dastlabki paytdagiday to‘la va ravshan gavdalanmaydi, albatta. Uzil-kesil xulosa chiqarganda buni hisobga olish shart. O‘z-o‘zini kuzatish metodini ilmiy asosda tatbiq etmoq uchun maxsus tayyorgarlik kerak, albatta. Ilmiy tadqiqotlardan birontasini ham maxsus tayyorgarliksiz olib borish umuman mumkin emas. Psixologiya o‘z-o‘zini kuzatish metodidan yagona metod sifatida foydalansa va psixik hayotning subyektiv hodisalari ularning tashqi ifodalaridan, ularga asos bo‘ladigan nerv-fiziologik jarayonlardan alohida,odamning faoliyatida alohida ko‘zdan kechiriladigan bo‘lsa, faqat shundagina o‘z-o‘zini kuzatish metodida bir tomonlama xulosa chiqarish va subyektivizm ro‘y berishi mumkin.
Tashqi va ichki kuzatishning birligi Lekin odam psixikasini faqat o‘z-o‘zini kuzatish metodi bilan o‘rganib bo‘lmasa, faqat tashqi kuzatish yo‘li bilan, ya’ni o‘z-o‘zini kuzatish ma’lumotlari bilan bog‘lanmasligi ham mumkin emas. O‘z-o‘zini kuzatish metodining ahamiyatini tamomila inkor qilish – odamning yuksak darajadagi bilish qobiliyatiga, ijodiy qobiliyatiga, ongiga ishonmaslik demakdir. Boshqa kishilarni kuzatishning xususiyati shundaki, tadqiqotchi shu kishilar xulq-atvorining tashqi ko‘rinishlarini idrok etar ekan, ko‘nglidan kechayotgan hislarini bir qadar biladi. Shu sababli psixolog tashqaridan kuzatish yo‘li bilan va o‘z-o‘zini kuzatish ma’lumotlariga tayanib, odamning turli xatti-harakatlarini tasvir etish bilangina kifoyalanib qolmay, balki umuman psixik hayot hodisalari haqida, ularning tashqi va ichki (subyektiv) ko‘rinishlari haqida xulosalar ham chiqarishi mumkin.
Tadqiqotchi psixolog kishilar bilan muomala qilishda turmush tajribasiga va ilmiy tekshirish ishlarida yetarli amaliyotga ega bo‘lganida psixik hayotning tashqi ko‘rinishlarini kuzatar ekan, psixik jarayonlarning subyektiv suratda qanday kechishini ham ozmi-ko‘pmi ocha oladi. Masalan, tafakkurni kuzatish yo‘li bilan tekshirganimizda ko‘z, yuz muskullaridagi xilma-xil harakatlarni va yuzning o‘zgarishini qayd qilibgina qolmay, balki, shu bilan birga, shu tafakkur jarayonlari qanday zabt va qanday tezlik bilan ro‘y berishini ham bir qadar bila olamiz. Modomiki, tafakkur jarayonlari tashqi muhitda o‘z ifodasini topar ekan, tafakkurning mazmunini bila olamiz, tafakkur jarayoni qay shaklda ro‘y berayotganini, masala qanday kelib chiqayotgani, masalani yechish jarayoni qanday borayotganini ham kuzata olamiz.
Kuzatish metodi psixik hodisalarni faqat tasvir etish imkonini berish bilangina cheklanib qolmay, balki shu hodisalarni tushuntirish, ya’ni ularning tevarak-atrofdagi muayyan tarbiyaga, odamning faoliyat xarakteriga, organizmning umumiy ahvoliga va nerv sistemasining ishlash xususiyatlariga bog‘liq ekanligini ochib tashlash imkonini ham beradi. Odamzod faoliyatining har xil turlarida psixikani tekshirish uchun kuzatish metodidan foydalaniladi. Kuzatish yordami bilan bolalar psixikasi ham ularning o‘yin, o‘qish va mehnat faoliyatida bemalol tekshirib o‘rganiladi. Pedagog ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini tekshirib o‘rganishda ana shu metoddan foydalanadi.

Kishilarning psixik sifatlari: tashabbuskorligi, ijodiy tafakkur jarayoni, yangilikni bayon qilishi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga yetish yo‘lida sabr-matonat ko‘rsatishlari kuzatish yo‘li bilan tekshirib o‘rganiladi. Fabrika-zavod sexlarida va boshqa sohalarda ishlayotgan kishilarda biz shunday sifatlar namoyon bo‘lishini ko‘ramiz. Psixologiyada kuzatish metodi odam hayoti va faoliyatining odatdagi sharoitidagina emas, balki shu bilan birga klinika sharoitida psixikaning kasallik oqibatida o‘zgarganligini tekshirishda ham qo‘llaniladi. Ayni vaqtda kasallikni tekshirish uchungina emas, shu bilan birga odamning normal ahvolidagi psixik hodisalarni yaxshiroq tushunib olish uchun ham klinik kuzatish ma’lumotlaridan foydalaniladi.


Kuzatish metodi. Psixologiya fanida bu metodning obyektiv (tashqi) va subyektiv (o`zini o`zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o`zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi;
kuzatiladigan obyekt tanlanadi;
sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniklanadi;
tadqiqot o`tkazish vaqti rejalashtiriladi;
kuzatish qancha davom etishi qat`iylashtiriladi;
kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o`yin, o`qish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi;
kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o`tkazilishi) ta-yinlanadi;
8) kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafon, videoapparat, fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi.
Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuyg`ulari, nerv sis-temasiningtashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-isho-ralari, sezgirligi, harakatchanligi, ishchanligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va hokazolari o`rganiladi.
Ammo o`ta murakkab ichki psixo-logik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetishmaydi.

Masalan, go`dak bolani kuzatishda uning harakatlari, o`yinchoqlarga mu-nosabati, his-tuyg`usi, talpinishi, mayli, xohishi aniqlanadi. O`quv-chining darsdagi holatini kuzatishda esa diqqatining xususiyati, tashqi qo`zg`atuvchi bilan ta`sirlanishi, temperamenti, xatti-haraka-tining sur`ati, emotsional kechinmasining o`zgarishi to`g`risida ma`-lumotlar to`plashga imkoniyati tug`iladi. O`spirin yoshlarning sport faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-tuy-g`usiningo`zgarish xususiyatlari, g`alabaga intilishi, o`ziningharaka-tini idora qila olishi yuzasidan materiallar yig`ish mumkin. Ish-chining dastgoh yonidagi faoliyatini kuzatish natijasida uning o`z diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda o`zini tutishi, imo-ishora-lari, tashqi qo`zg`atuvchidan ta`sirlanish darajasi haqida keng ma`-lumotlar yig`iladi. Keksalarning muloqot jarayonini kuzatish ularning xarakteri, nutq faoliyati, his-tuyg`usi, ekstravertivligi yoki intravertivligi, qiziquvchanligi va ruhiyatining boshqa xususiyat-larini aniqlash demakdir.


Tashqi kuzatishda ba`zan tafakkur bo`yicha ham ma`lumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini, fikrning muayyan obyektga yo`naltirilga-nini, tashqi qo`zg`atuvchilarta`siriga berilmaslikni, chehradagi tash-vish va iztirobni, ko`zdagi g`ayritabiiylikni, shuningdek, sinchkov-lik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni kuzatib, tafakkur-ning kechishidagi o`zgarishlarni aniqpash mumkin. Bulardan tashqa-ri, qo`lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyot-ning beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o`zgarishlar bo`yicha ma`-lumot beradi.


Psixologiya fanida o`zini o`zi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham foydalaniladi. Ko`pincha tajribali psixolog yoki malakali mohir o`qituvchi, salohiyatli rahbar o`zini o`zi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o`z tafakkurini kuzatib o`zidagi emotsional o`zgarish haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanizmlari vu-judga kelishi va kechishi to`g`risida ma`lumot oladi. Natijada tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati va qay tarzda, qanday tezlik-da, qay shaklda ro`y berishini kuzatadi.


Chet el psixologiyasida o`zini o`zi kuzatishning inson ruhiyati-ni o`rganishdagi rolini ifodalovchi ilmiy-amaliy materiallar to`plangan. Introspeksiya yo`nalishining yirik namoyandalari o`zla-rini o`zlari kuzatganlar va to`plagan materiallarini tahlil qilib, umumiy psixologik qonuniyatlarni yaratishga harakat qilganlar. Lekin inson turli vaziyatlarda o`zini bir xil boshqara olmaydi va shuning uchun bu metodning ilmiy ahamiyati unchalik katta emas.


Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif gomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning mu-rakkab psixikasi boshqa metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi.


Kuzatish metodi tabiiy metodlar jumlasiga kiradi. Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulqatvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumotlar to’plash usulidir. O’z - o’zini kuzatish esa odam o’zida kechayotgan biror o’zgarish yoki hodisani o’zi o’rganish maqsadida ma’lumotlar to’plash va qayd etish usulidir. Erkin kuzatuv ko’pincha biror ijtimoiy hodisa yoki jarayonni o’rganish maqsad qilib qo’yilganda qo’llaniladi. Masalan, bayram arafasida aholining qayfiyatini bilish maqsadida kuzatuv tashkil qilinsa, oldindan maxsus reja yoki dastur bo’lmaydi, kuzatuv ob’ekti ham qat’iy bo’lishi shart emas. Yoki dars jarayonida bolalarning u yoki bu mavzu yuzasidan umumiy munosabatlarini bilish uchun ham ba’zan erkin kuzatish tashkil etilishi mumkin. Standartlashtirilgan kuzatuv esa, buning aksi bo’lib, nimani, qachon, kim va kimni kuzatish qat’iy belgilab olinadi va maxsus dastur doirasidan chiqmasdan, kuzatuv olib boriladi. Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq-atvoriga ta’sirini o’rganish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs o’sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda qo’shiladi va zimdan kuzatish ishlarini olib boradi.


Bu bir qarashda kontrrazvedkachilarning faoliyatini ham eslatadi. SHu yo’l bilan olingan ma’lumotlar bir tomondan tabiiyligi va mufassalligi bilan qimmatli bo’lsa, ikkinchi tomondan, agar kuzatuvchida konformizm xislati kuchli bo’lsa, o’zi ham guruh hayotiga juda kirishib ketib, undagi ayrim hodisalarni sub’ektiv ravishda qayd etadigan bo’lib qolishi ham mumkin. Guruhiy fenomenlarni tashqaridan kuzatish buning aksi – ya’ni kuzatuvchi guruhga yoki kuzatilayotgan jarayonga nisbatan chetda bo’ladi va faqat bevosita ko’zi bilan ko’rgan va eshitganlari asosida xulosalar chiqaradi.


Umuman, kuzatish metodining ijtimoiy hayot, professional ko’rsatkichlarni qayd qilishda so’zsiz afzalliklari bor, lekin shu bilan birga kuzatuvchining professional mahorati, kuzatuvchanligi, sabrqanoatiga bog’liq bo’lgan jihatlar, yana to’plangan ma’lumotlarni sub’ektiv ravishda tahlil qilish xavfi bo’lgani uchun ham biroz noqulayliklari ham bor, shuning uchun ham u boshqa metodlar bilan birgalikda ishlatiladi.


Kuzatish metodida kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafaon, fideoapparat, fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi.


Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuyg’ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, harakatchanligi, ishchanligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va xokazolari o’rganiladi. Ammo o’ta murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni etishmaydi. Masalan, go’dag bolani kuzatishda uning harakatlari, o’yinchoqlarga munosabati, his-tuyg’usi, talpinishi, maylli, hoxishi aniqlanadi.


Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur bo’yicha ham ma’lumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini, fikrning muayyan ob’ektga yo’naltirilganligini, tashqi o’zg’atuvchilar ta’siriga berilmaslikni, chehradagi tashvish va iztirobni, ko’zdagi g’ayritabiiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni kuzatib, tafakkurning kechishidagi o’zgarishlarni aniqlash mumkin. Bulardan tashqari, qo’lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyotning beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o’zgarishlar bo’yicha ma’lumot beradi.


Psixologiya fanida o’zini o’zi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham foydalaniladi. Ko’pincha tajribali psixolog yoki malakali mohir o’qituvchi, salohiyatli rahbar o’zini o’zi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o’z tafakkurini kuzatib o’zidagi emotsional o’zgarish haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanizmlari vujudga kelishi va ketishi to’g’risida ma’lumot oladi. Natijada tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati qay tarzda, qanday tezlikda, qay shaklda ro’y berishini kuzatadi.


Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif tomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi.


Foydalanilgan adabiyotlar.


1.Turg’unov Q. Psixologiya terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati T;
"O’qituvchi" nashriyoti 1975 y
2.Umumiy psixologiya (A.V.Petrovskiy tahriri ostida) T; "O’qituvchi" 1992 y
3.G’oziev E.G’ Umumiy psixologiya 1-2 kitob T-2002 y
4.Psixodiagnostika va eksperem ental psixologiya: o'quv qo'llanma Nishanova, Z.Qurbonova, S.Abdiev; O 'z R Oliy va o'rta maxsus
ta’lim vazirligi. -T.: «Tafakkur-Bo‘stoni». 2011
Download 76.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling