Kvadratik formaning kanonik shakli


Download 491.5 Kb.
bet8/9
Sana15.06.2023
Hajmi491.5 Kb.
#1477218
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KVADRATIK FORMANING KANONIK SHAKLI

3. Rn fazoda nuqtalarning qavariq to`plami va qavariq chiziqli kombinatsiyasi. Qavariq to`plamning chetki nuqtalari.
n o`lchovli haqiqiy Rn fazoda ikki M(x1; x2; …; xn) va N(y1; y2; …; yn) nuqtalar berilgan bo`lsin. Rn fazoda [M N] kesma deb, koordinatalari



munosabatlarni qanoatlantiruvchi mumkin bo`lgan barcha P(z1; z2; …; zn) nuqtalar to`plamiga aytiladi. Ta`rifga binoan,


[M N] = {P є Rn | P = α M + (1 – α)N , α є [0; 1]}.
n o`lchovli R nuqtalar to`plamiga M va N nuqtalarning chiziqli qavariq kombinatsiyasi ham deyiladi.
M1 va M2 nuqtalar n o`lchovli V nuqtalar to`plamiga tegishli ixtiyoriy ravishda tanlangan nuqtalar bo`lsin. Har qanday ikki M1 va M2 nuqtalari qaralmasin, ularni tutashtiruvchi [M1 M2] kesma ham V to`plamga tegishli bo`lsa, V nuqtalar to`plamiga Rn fazoda qavariq nuqtalar to`plami deyiladi.

Geometrik figuralardan quyidagilar qavariq nuqtalar to`plamiga misol bo`la oladi: kesma, to`g`ri chiziq, nur, tekislik, yarim tekislik, doira, uchburchak, shar, tetraedr va hokazo. 3. a) rasmda tasvirlangan figura qavariq nuqtalar to`plami bo`lsa, 3. b) rasmda keltirilgan figura qavariq nuqtalar to`plami bo`la olmaydi.




a) b)
3 - rasm. 4 - rasm.


Umuman, n o`lchovli haqiqiy Rn fazoda quyidagilar qavariq nuqtalar to`plamiga misol bo`ladi:



  1. Rn fazoning o`zi;

  2. {M(x1; x2; …; xn) є Rn | a1x1 + a2x2 + … + anxn = b};

  3. {M(x1; x2; …; xn) є Rn | a1x1 + a2x2 +… + anxn ≤ b };

  4. n o`lchovli nuqtaning har qanday r atrofi va hokazo.

Rn fazoda n o`lchovli M1, M2, …, Mk nuqtalarning qavariq chiziqli kombinatsiyasi deb, ixtiyoriy n o`lchovli M = λ1M1 + λ2M2 +…+ λκMκ nuqtaga aytiladi, bu yerda λ1≥ 0 , λ2 ≥ 0, …, λκ ≥ 0 , λ1 + λ2 + … + λκ = 1.
Agar [M1 M2] kesmaning ixtiyoriy M nuqtasini uning M1 va M 2 uchlari chiziqli qavariq kombinatsiyasi shaklida ifodalash mumkin bo`l-sa, uchlari M1, M 2 va M 3 nuqtalarda uchburchakning har qanday M nuqtasini M1, M2 va M3 nuqtalarning chiziqli kombinatsiyasi ko`rini-shida tasvirlash mumkin (4-rasm) va hokazo. Umuman, n o`lchovli M1, M2, ..., Mk nuqtalar qavariq V nuqtalar to`plamiga tegishli bo`lsa, ularning har qanday chiziqli qavariq

M = λ1M 1 + λ2 M2 + … + λkMk


kombinatsiyasi ham V to`plamga tegishli bo`ladi.


n o`lchovli M1, M2, …, Mk nuqtalarning mumkin bo`lgan barcha chi-ziqli qavariq kombinatsiyalari to`plamiga ularning qavariq qobig`i deb ham ataladi. Nuqtalarning qavariq qobig`i qavariq nuqtalar to`plamidir. Agar M1, M2, …, Mk nuqtalar biror-bir qavariq nuqtalar to`plamiga tegishli bo`lsa, ularning qavariq qobig`i ham ushbu qavariq to`plamga tegishli bo`ladi.


V to`plam n o`lchovli nuqtalarning biror-bir qavariq to`plami bo`lsin.
V qavariq to`plamning chetki nuqtasi deb, o`zidan tashqari to`p-lam nuqtalarining chiziqli qavariq kombinatsiyasi shaklida yoyilmaydigan yoki shuning o`zi, uchlari to`plamga tegishli biror-bir kesmaning o`rta nuqtasi bo`la olmaydigan nuqtaga aytiladi. Masalan, 4-rasmda tasvirlangan qavariq nuqtalar to`plami – uchburchakning M1, M2 va M3 uchlari uning chetki nuqtalaridir. Optimallashga doir iqtisodiyot masalalarida masalaning rejalar to`plami bo`sh bo`lmasa, bunday to`plam qa-variq to`plam bo`lib, uning chetki nuqtalari tayanch rejalar deyiladi. Masalaning tayanch rejalari muhim ahamiyatga ega, chunki ularning soni chekli bo`lib, optimal yechimi mavjud masalalarda tayanch rejalardan biri optimal reja bo`ladi.
ADABIYOTLAR:


  1. Download 491.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling