IV. 1-rasm. Ti dan Zn gacha bo’lgan elementlarning К vа К rentgen spektrlaridagi seriya chiziqlarining joylanishi.
Siljish kattaligi Ti dan V ga o’tganda qancha bo’lsa V dan Cr ga o’tganda xuddi shuncha bo’ladi, demak, tartib raqami bitta ortsa, har safar bir xilda siljish ruy beradi; tartib raqami ikkita ortsa, siljish ham ikki xissa ortiq bo’ladi.
Bu tekshirishlarga asoslanib Mozli quyidagi qonunni ta‘rifladi: elementlarning rentgen spektrlaridagi harakterli chiziqlarga to’g’ri keladigan tebranish chastotalarining kvadrat ildizlari elementlarning D. I. Mendeleev sistemasidagi tartib raqamiga bog’lik bo’ladi:
Bu qonunning matematikaviy ifodasi:
ɣ = (z - в)
bunda z – elementning tartib raqami,
А, в – har xil seriya chiziqlar uchun har xil bo’lgan o’zgarmas sonlar.
Abstsissalar o’qiga elementlarning tartib raqami va ordinatalar o’qiga ɣ qiymatlari quyilsa, to’g’ri chiziq hosil bo’ladi ( IV. 2- rasm).
Mozlining bu qonuni, bir tomondan, elementning tartib raqamini aniq topishga imkon bersa, ikkinchi tomondan, yadro zaryadi elementning tartib raqamiga tengligini ko’rsatadi.
D.I.Mendeleevning davriy jadvalida elementlar atom yadrolari zaryadlarining ortib borishi tirtibida joylashtirilgan. Bu jadvalga qarab,
IV. 2– rasm. Mozli qonunining grafik ifodasi.
элементлар атом ядроларининг заряди šийматини, заряди šийматига šараб esa eletronlar sonini bilish mumkin. Masalan, kislorodning jadvaldagi tartib raqami 8ga teng, demak, uning yadrosida 8ta musbat zaryad bor. Yadro atrofida esa 8ta elektron aylanadi.
Element atomi yadrosining musbat zaryadlari soni ham elektronlar soni ham bir elementdan navbatdagi elementga o’tishda bir birlik ortadi. Demak, bu yerda miqdor o’zgarishlari sifat o’zgarishlarga olib boradi.
D.I.Mendeleevning elementlar davriy qonuni hozirgi vaqtda quyidagicha ta‘riflanadi: elementlarning xossalari ular atom yadrosi zaryadlarining kattaligiga davriy ravishda bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |