Kvant kimyosining asosiy


Download 122.5 Kb.
bet1/6
Sana09.03.2023
Hajmi122.5 Kb.
#1255209
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kvant kimyosining asosiy tushunchalari


Kvant kimyosining asosiy tushunchalari
Reja
1. Atom yadrosining zaryadi.
2. Nurlanishning kvant nazariyasi.
3. Bor nazariyasi.
Elektronlarning kvant sonlari.
5. Atom orbitallarining elektronlar bilan izma – iz to’lish printsiplari.


Tayanch iboralar va tushunchalar:
Izotoplar, izobarlar, kimyoviy element, nurlanishning kvant nazariyasi, Bor nazariyasi, elektronlarning normal vaziyati, atomning hayajonlangan holati, bosh kvant son, orbital kvant son, magnit kvant son, Pauli printsipi, energiyaning minimumga intilish printsipi, Xund qoidasi.
1. ATOM YADROSINING ZARYADI.
Yuqorida aytib o’tilganidek, atom, umuman olganda, elektr jihatidan neytral. Shu sababli yadrodagi protonlarning umumiy zaryadi elektronlarning umumiy zaryadiga teng. Protonning zaryadi bilan elektronning zaryadi qarama – qarshi ishorali, ammo miqdor jihatidan o’zaro teng bo’lganligi uchun atomda protonlarning soni elektronning soniga baravar bo’lishi kerak. Odatda, yadro zaryadi aniqlanib, undan elektronlar soni topiladi.
Biror element atomi - zarrachalar bilan bombardimon qilinganda o’z yo’lini o’zgartirgan - zarrachalar soni va burilish burchagi yadroning zaryadiga proportsional bo’ladi; ana shundan foydalanib, yadro zaryadini aniqlash mumkin. Rezerford ana shu usulni tadbiq etib, yadro zaryadi atom og’irligining taxminan yarmiga tengligini ko’rsatdi. Ikkinchi tomondan, elementning davriy jadvaldagi tartib raqami ham element atom og’irligining taxminan yarmiga teng (engil atomlar uchun). Demak, atomdagi elektronlar soni elementning davriy jadvaldagi tartib raqamiga, elementlarning tartib raqami esa shu elementlar atomi yadrosining zaryadiga teng.
Keyichalik Mozli va Chedvik yadroning zaryadi va, demak, elektronlarning soni ham elementning tartib raqamiga tengligini elementlarning rentgen spektrlarini taqqoslash yo’li bilan tajribada tasdiqladilar. Bu xol elementning davriy jadvaldagi tartib nomeri elementning jadvalda joylashish tartibinigina bildirib qolmasdan, balki uning ichki tuzilishini ham aks ettirishini ko’rsatadi. Elementning tuzilishini o’rganishda uning tartib raqamini aniq bilish alohida ahamiyatga ega.
1913 yilda ingliz olimi G. Mozli 38 ta elementning rentgen spektrini tekshirdi, jumladan, kaltsiydan (Z = 20) ruxgacha (Z = 30) bo’lgan 11ta elementning rentgen spektrlarini sistemali ravishda tekshirib, bu elementlardan har birining rentgen spektridagi K – seriyasi bir – biriga yaqin joylashgan ikkita chiziq К va К dan iborat ekanligini kuzatdi. Hosil qilingan rentgen spekrlarining rasmlarini esa elementlarning tartib raqamlari usish tartibida yuqoridan pastga qaratib joylashtirdi. VI.1– rasmda Ti dan Zn gacha bo’lgan elementlar uchun K– seriyadagi К va К chiziqlarning joylanishi ko’rsatilgan. Rasmdan ko’rinadiki, bir elementdan ikkinchi elnmentga o’tganda elementlarning tartib raqamlari ortib borganida К va К chiziqlari chap tomonga qarab, ya‘ni tulqin uzunlikning kamayish tomoniga qarab siljiydi.






Download 122.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling