Kvant mexanikasi. Shteringart tenglamasi


Download 1.04 Mb.
bet10/13
Sana28.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1013635
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kvant mexanikasi

Tenglama orqali kvant hodisalarining tabiatini tasavvur qiladigan bo‘lsak, unga muvofiq, elektronlar va boshqa elementar zarralar o‘zini tutishiga ko‘ra, okean sathidagi to‘lqinlarga o‘xshab ketadi. Vaqt o‘tishiga ko‘ra, to‘lqinning eng yuqori qismi (elektronning fazoning qaysi qismida paydo bo‘lishi ehtimoliga mos keluvchi joyi) ushbu tenglamaga ko‘ra fazoda siljiydi. Ya'ni, biz odatda zarracha deb hisoblaydigan narsalar, kvant olamida o‘zini xuddi to‘lqin singari tutadi.

Ervin Shryodinger ushbu tenglama va unga muvofiq nazariyalarini ilmiy jamoatchilikka e'lon qilishi bilanoq, butun dunyo fiziklari orasida kuchli ilmiy mashmashaga sabab bo‘lgan edi. Gap shundaki, aynan o‘sha vaqtning o‘zida, o‘sha zamonning yana bir yetuk fizik olimlaridan biri - Verner Geyzenberg tomonidan yana bir "g‘alati" nazariya ilgari surilgan edi. "Geyzenbergning noaniqliklar tamoyili" deb nomlangan mazkur ilmiy ishlarida muallif kvant olamiga oid aynan o‘sha ilmiy masalalarni Shryodingerdan o‘zgacharoq usulda, murakkabroq yo‘l bilan hal etgan edi. Bu o‘rinda murakkablik - masalaga matematik jihatdan yondoshuv bilan bog‘liq bo‘lib, Geyzenberg kvant olamidagi zarralarning xatti-harakati uchun matritsalarni yechishdan foydalanadi.

  • Ervin Shryodinger ushbu tenglama va unga muvofiq nazariyalarini ilmiy jamoatchilikka e'lon qilishi bilanoq, butun dunyo fiziklari orasida kuchli ilmiy mashmashaga sabab bo‘lgan edi. Gap shundaki, aynan o‘sha vaqtning o‘zida, o‘sha zamonning yana bir yetuk fizik olimlaridan biri - Verner Geyzenberg tomonidan yana bir "g‘alati" nazariya ilgari surilgan edi. "Geyzenbergning noaniqliklar tamoyili" deb nomlangan mazkur ilmiy ishlarida muallif kvant olamiga oid aynan o‘sha ilmiy masalalarni Shryodingerdan o‘zgacharoq usulda, murakkabroq yo‘l bilan hal etgan edi. Bu o‘rinda murakkablik - masalaga matematik jihatdan yondoshuv bilan bog‘liq bo‘lib, Geyzenberg kvant olamidagi zarralarning xatti-harakati uchun matritsalarni yechishdan foydalanadi.

Geyzenbergning yondoshuvini olimlar "matritsali mexanika" deb nomlay boshlashgan. Mashmasha esa, ham Shryodinger va ham Geyzenberg tomonidan deyarli bir vaqtda o‘rtaga tashlangan va bitta masalaga ikki xil yondoshuvni namoyon etayotgan va ikkalasi ham bir xil tarzda ham g‘alati, ham aniq matematik ilmiy asoslab berilgan ishonarli nazariyalarning bir-biriga zid kelib qolishi ehtimoli tufayli kelib chiqdi. Hali ko‘pchilik fiziklarning o‘zi ham masalaning tub mohiyatini anglab yetishmagan, shu sababli, olimlardan qay biriga - Shryodingergami yoki Geyzenbergga ishonish-ishonmaslikka garang edilar. Biroq, hammadan ko‘ra Shryodingerning o‘zi va Geyzenberg ham xotirjam edi. Chunki ular oqibatda mazkur mashmasha o‘rinsiz bo‘lib chiqishini yaxshi bilishgan. Birinchi bo‘lib Ervin Shryodinger Verner Geyzenbergning ilmiy yondoshuvi ham mutlaqo haq ekanini isbotlab berdi.

  • Geyzenbergning yondoshuvini olimlar "matritsali mexanika" deb nomlay boshlashgan. Mashmasha esa, ham Shryodinger va ham Geyzenberg tomonidan deyarli bir vaqtda o‘rtaga tashlangan va bitta masalaga ikki xil yondoshuvni namoyon etayotgan va ikkalasi ham bir xil tarzda ham g‘alati, ham aniq matematik ilmiy asoslab berilgan ishonarli nazariyalarning bir-biriga zid kelib qolishi ehtimoli tufayli kelib chiqdi. Hali ko‘pchilik fiziklarning o‘zi ham masalaning tub mohiyatini anglab yetishmagan, shu sababli, olimlardan qay biriga - Shryodingergami yoki Geyzenbergga ishonish-ishonmaslikka garang edilar. Biroq, hammadan ko‘ra Shryodingerning o‘zi va Geyzenberg ham xotirjam edi. Chunki ular oqibatda mazkur mashmasha o‘rinsiz bo‘lib chiqishini yaxshi bilishgan. Birinchi bo‘lib Ervin Shryodinger Verner Geyzenbergning ilmiy yondoshuvi ham mutlaqo haq ekanini isbotlab berdi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling