Kvant mexanikasi. Shteringart tenglamasi
Download 1.04 Mb.
|
Kvant mexanikasi
Energiyaning to‘lqinlar vositasida tashilishi uchun fizikada tenglamalarning alohida turkumi mavjud. Bunday tenglamalar to‘lqin tenglamalari deyiladi. Tabiatdagi to‘lqinlarning hech bir istisnosiz, barcha-barchasi, okean suvlari to‘lqinlaridan tortib zilzilalarning seysmik to‘lqinlarigacha, hamda olis galaktikalardan kelayotgan radioto‘lqinlar ham aynan to‘lqin tenglamalari orqali ifodalanadi.
Shryodinger kvant nazariyasidagi ehtimoliylik to‘lqinlari tushunchasi uchun mumtoz fizikaga oid to‘lqin funksiyasining differensial tenglamasini tadbiq qildi va natijada, o‘z nomini ilm-fan tarixiga oltin harflar bilan muhrlagan mashhur tenglamasini keltirib chiqardi. Xuddi, masalan, suv yuzasidagi mavjlarning tarqalishi uchun to‘lqin funksiyasiga oid oddiy tenglama singari, Shryodinger tenglamasi ham zarralarning fazodagi berilgan nuqtada mavjud bo‘lish ehtimoliylik to‘lqinlarining tarqalishini ifodalaydi. Ushbu to‘lqinlarning yuqori nuqtalari (eng katta ehtimoliylik nuqtalari) zarrachaning fazoning qaysi qismida paydo bo‘lishi ehtimoli ko‘proq ekanini ko‘rsatib beradi. Shryodinger tenglamasi murakkabligi jihatdan oliy matematika sohasiga to‘g‘ri keladi
Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling