O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MENEJMENT UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
__________ Z.U.Sunnatov
20___ yil “______” ______
FAN VA TEXNIKA TARIXI
FANINING O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
|
100000 – Gumanitar soha
|
Ta’lim sohasi:
|
|
120000 – Gumanitar fanlar
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
|
60220300 – Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
|
Fan/modul kodi
FVTT1506
|
O‘quv yili
2022-2023
|
Semestr(lar)
5
|
Kredit
6
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta`lim tili
O‘zbek
|
Haftadagi dars soatlari
6
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari(soat)
|
Mustaqil ta`lim (soat)
|
Jami
|
Fan va texnika tarixi
|
72
|
108
|
180
|
2
|
Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishning maqsadi – Fanning dolzarbligi, ilmiy va amaliy ahamiyati. ― Fan tushunchasi, uning mohiyati, rivojlanish qonuniyatlari va tamoyillari. Fanning shakllanishi. Fanning tarkibi va tuzilishi. Uni tashkil qilish va boshqarish. Fanning tasnifi. Fanning ijtimoiy roli va uning rivojlanish istiqbollari. Hozirgi zamon fanining o‘ziga xos xususiyatlari. Fan etikasi va olimlik ma’suliyati. Mustaqil O‘zbekistonda fanning rivojlanishi va taraqqiyoti kabi masalalarni o‘rgatishdan iborat.
Fanni o‘qitishning vazifalari – fanidagi yangi nazariyalarni tahlil etish, fanning asosiy yo‘nalishlarini tahlil va tadqiq etish malakasini hosil qilish, davlat va jamiyat taraqqiѐtining rivojlanish omillarini tahlil qilishda Fan va texnika tarixi fanining o‘rnini tushuntirishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Kirish. Fanning predmeti, maqsad va vazifalari.
Qadimda ilmiy bilimlarning shakllanishi. Insonlarning ilk jamiyati va ilmiy bilimlar manbasi. Ibtidoiy bilimlar. Tosh asridagi asboblar. Tosh texnologiyalar. Keramika. Sun’iy sug‘orish va sivilizatsiyaning rivojlanishi. Metall va ilk metallurgiya. Qadimgi Sharq mamlakatlari (Misr, Bobil, Hindiston va Xitoy)da dastlabki bilimlarning to‘planishi. Qadimgi zamonda yil hisobi. Kalendarlar. Dastlabki yozuvlarning kashf etilishi. Misr iyerogliflari. Qadimgi Misrda matematika, astronomiya va tabobatning paydo bo‘lishi. Ibtidoiy maktablar va ulardagi ta’lim tizimi. Misr ehromlarining bunyod etilish texnologiyasi. Ikki daryo oralig‘ida ilmiy bilimlarning vujudga kelishi. Qadimgi kutubxonalar. Mixxat. Kemasozlik. Shishasozlik. To‘qimachilik. Xamurappi qonunlari dastlabki huquqiy hujjat. Finikiyaliklar alifbosi. Vavilonliklarning ilmiy bilimlari. Qadimgi hind yozma adabiyotining vujudga kelishi. Maxabxarata va Ramayana dostonlari. Hind hisob ilmi. Hind tabobati. Shaxmat. Qadimgi Xitoyda ilmiy tafakkurning rivojlanishi. Astronomiya va qishloq xo‘jaligiga oid fanlar. Xitoyda jo‘g‘rofiyaga oid bilimlarning to‘planishi. Qog‘oz. Kompas. Ipak. Chinni. Sima Syan tomonidan Xitoyning eng qadimgi zamonlardan boshlanadigan tarixini yozilishi va uning ahamiyati. Falsafa.
2-3-mavzu. Antik dunyoda fan va texnika. Qadimgi Yunonistonda ilmiy bilimlarning rivojlanishi
Mifologiya atrof-muhit haqidagi inson tasavvurining bir butun tizimini yaratishga dastlabki urinish sifatida. Qadimiy grek afsonalarining tarixiy ahamiyati. Argonavtlar haqida afsona. Gomerning Iliada va Odisseya dostonlari. Prometey afsonasi. Ellin yozuvlari. Qadimgi Gretsiyada tabiat haqidagi fanlarning rivojlanishi. Ioniya grek fanining markazi. Demokrit. Gippokrat va uning tibbiyot fani rivojiga qo‘shgan hissasi. Pifagor va uning qadimgi dunѐ ilmiy tafakkuri rivojida tutgan o‘rni. Suqrot. Demokrit. Platon akademiyasi. Aristotel antik olamning yirik mutafakkiri. Gerodot ―tarix otasining “Tarix” kitobi va uning qadimgi dunyo tarixini o‘rganishdagi ahamiyati. Ibtidoiy yunon maktablari va gimnaziyalar. Ptolemey va muzeylarga asos solinishi. Aleksandriya kutubxonasi. Eratosfen va geografik bilimlar. Yevklid va Klavdiy Ptolemeylarning matematikaga oid asarlari. Yunon tragediyalari. Esxilning ―Zanjirband Prometey tragediyasi. Sofokl. Yunonlarda yil hisobi. Yunon yozuvi. Strabon va uning “Geografiya” asari. Harbiy ishlardagi o‘zgarishlar. Harbiy mashinalar, katapultalar. Mexanikaning rivojlanishi. Arximed. Gidrostatika. Suv soatlari.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |