18. Quyidagi ma’lumotlardan to’g’rilarini aniqlang.
1. Ernazarbiy elchiligidan Doniyolbiy siyosiy maqsadlami ham ko‘zlagan edi. Chunonchi, Buxoro-Usmonli davlati munosabatlari haqida rus hukumatining qanday fikrda ekanligini bilish maqsadida, uning topshirig‘iga ko‘ra, elchi rus hukumatiga Buxoroning Usmonli davlati bilan do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga harakat qilishini ham ma’lum qildi.
2. Amir Haydarning ruslardan chorva mollari boqishga ajratiladigan yerlar nchun haq to‘lamaslik iltimosi qabul qilinmadi. Savdo karvonlari qaroqchilariga birgalikda qarshi kurashga rozilik berildi.
3. Amir Nasrulloning ruslardan tog‘-kon mutaxassislari yuborish to‘g‘risidagi iltimosi qabul qilindi. Ular Buxoroga qaytib kelayotgan savdo karvoniga qo‘shib jo‘natildi. Biroq karvon yo‘lda hujumga uchradi va
muhandislar ekspeditsiyasi katta qiyinchiliklar bilan Orenburgga qaytib ketdi.
4. Polkovnik Ignatyev boshchiligida Rossiya
elchilari kelganda Amir Nasrullo Buyuk Britaniya elchilarini qabul qilmasligini, Afg‘oniston amiridan ularni Buxoroga o‘tishlariga ruxsat bermasligini so‘rashini ma’lum qildi.
5. XIX asrning birinchi yarmida Buyuk Britaniya va Rossiya o‘rtasida O‘rta Osiyoda raqobat kuchayib ketdi. Bunga bu ikki mustamlakachi davlatlarning o'zbck davlatlari hisobiga yangi mustamlakalarga ega bo‘lishga, ularning bozorlarini va boy xomashyo manbalarini qo‘lga kiritishga intilishlari sabab bo‘ldi
A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,4,5
19. Murkford ekspeditsiyasidan xabar topgan Rossiya tashvishga tushdi. Natijada, Rossiya hukumati Buxoroning qaysi amiriga inglizlarning Buxorodagi xatti-harakatidan noroziligini bildirdi?
A) Amir Nasrullo B Amir Haydar
C) Amir Muzaffar D) Amir Shohmurod
20. Ingilizlarning qaysi elchilik missiyasi O‘rta Osiyoda Buyuk Britaniya savdosining rivojlanishiga yordam berdi?
A) Murkford B) A. Byorns
C) J. Abbot D) R. Kanolli
21-§. BUXORO AMIRLIGIDA MADANIY HAYOT
Do'stlaringiz bilan baham: |