11. Boqi Muhammad Balxni bo`ysundirib, u yerga kimni hokim etib tayinlaydi?
A) Vali Muhammad B) Pirmuhammad
C) Imomqulixon D) Nodir Muhammad
12. Qachon Boqi Muhammad Eron safaviylarining Balxga hujum qilgan qo`shinlarini mag`lubiyatga uchratdi?
A) 1601-yil B) 1602-yil C) 1603-yil D) 1604-yil
13. Qachon Boqi Muhammad vafot etib, uning ukasi Vali Muhammad taxtga o`tqazildi?
A) 1604-yil B) 1605-yil C) 1606-yil D) 1608-yil
14. Buxorolik kimlarning xonga qarshi isyonidan habar topgan Vali Muhammad chet davlatga qochib ketadi?
A) harbiylarning B) xalqning
C) amirlarning D) shahzodalarning
15. Buxoro xonligida ashtarxoniy Imomqulixonning hukmronlik yillarini aniqlang
A) 1601-1605-yillar B) 1602-1605-yillar
C) 1605-1611-yillar D) 1611-1642-yillar
16. Imomqulixon Toshkent va xonlikning shimoliy- sharqiy chegaralari uchun kimlarga qarshi kurash olib boradi?
1. qozoqlar 2. safaviylar 3. qalmoq 4. jung`or
A) 1,2,3,4 B) 2,3,4 C) 1,4 D) 1,2,3
17. Imomqulixon kimning o`g`li edi?
A) Yormuhammadning B) Jonibek Sultonning
C) Boqi Muhammadxonning D) Vali Muhammadning
18. Imomqulixon qachon qozoqlarga hujum qilib, Tоshkеntni o`z tasarrufiga kiritdi?
A) 1601-yilda B) 1611-yilda
C) 1612-yilda D) 1613-yilda
19. Buxoro xonligida qaysi ashtarxoniy hukmronligi davrida markaziy hokimiyat nisbatan mustahkamlandi?
A) Imomqulixon B) Nodir Muhammad
C) Abdulazizxon D) Abulfayzxon
20. Buxoro xonligida ashtarxoniy Nodir Muhammadning hukmronlik yillarini aniqlang
A) 1611-1642-yillar B) 1642-1645-yillar
C) 1645-1681-yillar D) 1681-1702-yillar
21. Buxoro xoni Nodir Muhammad davrida davlatchilik asoslari zaiflashuviga olib kelgan omilni aniqlang
A) Soliqlarning haddan ziyod oshirilishi
B) Xonning mamlakat viloyatlarini o‘g‘illariga va yaqin qarindoshlariga mulk qilib taqsimlab berganligi
C) Qalmoqlar va jung`orlar bilan kelishuvchilik siyosati
D) Hindiston bilan diplomatik munosabatlarning uzilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |