23. Qachondan boshlab Buxoro amirligida o‘tochar qurol (miltiq va to‘p) larning salmog‘i oshdi.
A) XIX asrning boshlarida B) XIX asrning o‘rtalaridan
C) XIX asrning oxiridan D) XX asrning boshidan
24. Buxoro amirligi qo‘shinida to‘pchilar qismi ixtiyorida jami nechta to‘p bor edi?
A) 50 B) 70 C) 80 D) 100
25. Buxoro amirligi qo‘shinida to‘plarning sozligi kimlarning nazoratida bo'lgan?
A) rus va nemis mutaxassislari
B) fransuz va fors mutaxassislari
C) rus va fransuz mutaxassislari
D) rus va fors mutaxassislari
26. Buxoro amirligida to‘plar quyilgan shahar (a), porox tayyorlangan shaharlarni (b) aniqlang.
A) a- Buxoro, b-Qarshi
B) a- Samarqand, b-Buxoro
C) a- Samarqand, b-Qarshi
D) a- Samarqand, b-Shahrisabz
27. Buxoro amirligida qaysi kasb egalari dorukash deb atalgan?
A) Porox ishlab chiqaruvchi hunarmandlar
B) Qilich yasovchi hunarmandlar
C) Dor yasovchi hunarmandlar
D) Kamon o’qi quyuvchilar
28. Buxoro amirligi qo’shinidagi sarboz va to‘pchi askar uchun qancha maosh belgilangan?
A) har to’rt oyda bir tilla
B) har uch oyda bir tilla
C) har oyda bir tilla
D) har uch oyda uch tilla
29. Buxoro amirligi qo’shinidagi yuzboshi oyiga qancha maosh olgan?
A) to’rt tilla B) to’rt yarim tilla
C) olti tilla D) sakson besh tanga
30. Buxoro amirligi qo’shinidagi qorovulbegi oyiga qancha maosh olgan?
A) to’rt tilla B) to’rt yarim tilla
C) olti tilla D) sakson besh tanga
31. Buxoro amirligi qo’shinidagi panjaboshi (ellikboshi) oyiga qancha maosh olgan?
A) to’rt tilla B) to’rt yarim tilla
C) olti tilla D) sakson besh tanga
32. Buxoro amirligi qo’shinidagi bosh sarkarda oyiga qancha maosh olgan?
A) besh yuz tilla B) ikki ming tilla
C) ming tilla D) besh ming tanga
33. Quyidagi ma’lumotlardan to’g’rilarini aniqlang.
1. Amirlik askarlari piltamiltiq, to‘pponcha, uzun nayza va egri qilich bilan qurollantirilgan. Askarlar o'zini o’qdan saqlay olishlari uchun sovut, temir dubulg‘a bilan ta’minlangan.
2. Kichik kalibrli ,,xitoychi“ deb atalgan to‘p harbiy harakatlar chog’ida tuyalarning egarlari ustiga mahkam qilib o‘rnatilgan.
3. Harbiy harakatlar chog'ida qo'shinni joylashtirish masalasi sarboz va to‘pchilarning har bir yuzlik bo‘linmasiga bittadan chodir ajratish orqali hal etilgan. Qurol-yarog’, o‘q-dori va jang ucbun barcha zarur
anjom-uskunalar manzilga ot-aravalarda yetkazib berilgan.
4. Harbiy harakatlar chog‘ida mansab va unvonidan
qat’i nazar har bir qatnashchiga kuniga bir tilla berilardi. Undan tashqari, oddiy askar har uch kun uchun bir tanga, o’nboshi har ikki kun uchun bir tanga, qorovulbegi kuniga ikki tanga va yuzboshi esa to‘rt tanga qo‘shimcha haq olardi.
5. Ayni paytda, muntazam qo‘shin askarlari xizmat davomida turli soliq va majburiyatlardan ozod etilgan. Jangda halok bo'lgan askarni, shuningdek, xizmat qilayotgan askarning vafot etgan oila a’zolarini dafn etishda ma’lum miqdorda pul va kafanlik berilgan.
A) 1,2,3 B) 1,2,4,5 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3,4,5
Do'stlaringiz bilan baham: |