11. Buxoro amirligida suyurg`ol egalari qanday majburiyatlarni bajarishi lozim edi?
A) davlat xazinasiga xiroj to`lashi
B) Oliy hukmdor chaqirig`iga ko`ra, o`z qo`shini bilan harbiy yurishlarda ishtirok etishi
C) oliy hukmdor topshirig`iga ko`ra, elchilarga ziyofat uyushtrish
D) A va B
12. Buxoro amirligida davlat yerlarini «tanho» shaklidagi in`omga sazovor bo`lgan kishi ….
A) in`om qilgan yerga egalik qilgan
B) yerga emas, yerdan olinadigan soliqning ma`lum qismiga egalik qilgan
C) mahalliy aholini boshqarish va shu yerdan olinadigan soliqqa egalik qilgan
D) in`om qilingan yerga egalik qilgan. Yig`ilgan soliqlarni xon xazinasiga jo`natgan
13. Amirlikda eng kichik tanho yeri necha tanobni tashkil etgan?
A) 26-60 tanob (3-4 gektar)
B) 36-50 tanob (2-5 gektar)
C) 30-60 tanob (3-5 gektar)
D) 36-60 tanob (3-5 gektar)
14. Ma`lumki, Buxoro amirligidagi xususiy yerlarning bir qismi davlat xizmati bilan bog`liq bo`lmagan. Bunday yerlar kimlarga qarashli bo`lgan?
A) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan yahudiylarga
B) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan arablarga
C) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan hindlarga
D) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan sayyidlarga
15. Buxoro amirligida kimlarga qarashli bo`lgan yerlardan 1/10 qismi miqdorida soliq to`langan?
A) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan yahudiylarga
B) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan arablarga
C) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan hindlarga
D) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan turklarga
16. Buxoro amirligida qanday yerlar barcha soliqlardan ozod qilingan?
A) Suyurg`ol yerlari B) Tanho
C) Mulki hur D) Jogir
17. Buxoro amirligida urushda jasorat ko`rsatgan yoki hukmdorning alohida topshiriqlarini bajargani uchun qanday yerlar berilgan?
A) tanho B) suyurg`ol
C) mulki hur D) tiyul
Do'stlaringiz bilan baham: |