- 1730-yillar boshida, Eyler ilmiy izlanishlar yuritish bilan birgalikda,
- elementar matematikaga oid kitoblar va darsliklar yozishga ham kirishadi. Ushbu
- yo‘nalishda uning dastlabki asari - "Arifmetikaga kirish" kitobi 1738-yilda nemis
- tilida nashr etilgan. 1739-yilda esa, Eyler ko‘pchilik uchun kutilmagan tarzda,
- "Musiqa nazariyasi" haqida asar yozadi va nashr ettiradi. Shu kitob chiqqach, endi
- odamlar Eylerni shunchaki o‘tkir zehnli matematik sifatida emas, balki, har
- tomonlama bilimdon, qomusiy olim sifatida taniy boshlashgan. Chunki, endi u qo‘l
- urayotgan mavzular shunchaki matematika doirasidan allaqachon tashqariga chiqib
- ketgan edi. Chunonchi, Eylerning Oyning Yer atrofida aylanishi ta'sirida dengiz
- qirg‘oqlarida suv ko‘tarilishi va qaytishiga oid asari izchilligi va faktlarning
- aniqligi bilan hammani, hatto, eng kuchli geograf va astronomlarini ham hayratda
- qoldirgan. Ushbu asar uchun Eyler o‘zining ilk ilmiy mukofotlaridan biri -
- Fransiya Fanlar Akademiyasi mukofotini qo‘lga kiritgan.
Astronomiyadagi tadqiqotchilar trigonometrik funksiyalar (bog’lanishlar) - Astronomiyadagi tadqiqotchilar trigonometrik funksiyalar (bog’lanishlar)
- ning kelib chiqishiga asos soldilar. Masalan, miloddan avvalgi III- II asrlarda
- berilgan uzunlikdagi yoylarni tortib turuvchi -vatarlar jadvali tuzilgan. Uni yunon
- olimiKlavdey Ptolomey (100-178 yillar) davom ettirib, sinuslar
- jadvalini tuzib chiqdi.
- Vizantiya imperatori Yustinian 529 yilda matematik tadqiqotlar o’tkazishni
- man qilgandan so’ng, matematika Sharq mamlakatlarida va Markaziy Osiyoda
- rivojlana 6oshladi. Hind va arab matematiklari trigonometrik funksiyalarni
- aylanaga o’tkazilgan kesmalarning uzunliklari shaklida ko’rib chiqadi. Hind
- matematigi Ariabxatal(476-taxminan 550 yillar) asosiy trigonometrik
- ayniyatni, ayrim sinus, kosinus va tangens uchun formulalarni keltirib chiqardi.
- Sharq olimlari esa trigonometrik funksiyalarning qiymatlarini interpolyasiyalash
- yordamida hisoblash mumkinligini ko’rsatdilar. Masalan Abu Rayhon Beruniy o’zining «Qonun Mas’udiy» (1037) asarida sinuslar va tangenslar jadvali,
- ulardan foydalanish hamda chiziqli va kvadratik interpolyasiyalash qoidalarini
- bayon etgan. Shuningdek, u sinus va tangens funksiyalar uchun berilgan
- interpolyasiyalash qoidalari «hamma jadvallar» uchun ham, ya’ni astronomiyadagi
- funksional bog’lanishlarning hamma jadvallari uchun qo’llanilishi mumkinligini
- ta’kidlab o’tadi. Bu esa uning funksiyalar umumiy qonuniyatini topishga harakat
- qilganligidan dalolat beradi. Mazkur asarning oltinchi maqolasida Beruniy
- Quyosh harakatini vaqtning yoki ekliptika yoyining funksiyasi sifatida matematik
- nuqtai nazardan qarab o’tadi hamda Quyoshning harakat tezligi apogeyda
- minimumga, perigeyda maksimumga erishishini aniqlaydi.
- Dastlabki trigonometrik miqdorlar Hindistonda paydo bo’lgan. Avvalo
Do'stlaringiz bilan baham: |