L eyler, J. Venn, R. Dekart hayoti va ilmiy faoliyatini o‘rganish


Download 83.95 Kb.
bet2/5
Sana09.02.2023
Hajmi83.95 Kb.
#1180029
1   2   3   4   5
Bog'liq
L.EYLER, J.VENN, R.DEKART

Leonard Eyler 1707-yilning 15-aprel sanasida Shveytsariyaning Bazel shahrida dunyoga keldi. Uning otasi Pavel Eyler pastor bo‘lgan va matematikadan ham uncha-muncha xabari bor, ziyoli kishi bo‘lgan. o‘zi cherkov xizmatidagi odam bo‘lgach, ota Eyler o‘g‘lini ham diniy sohada ta'lim olishini istagan. Shu sababli ham, Leonard Eylerni 13-yoshida Bazeldagi seminariyalardan biriga, falsafadan ta'lim olish uchun o‘qishga joylashgan, o‘sha o‘qishda faqat falsafa va diniy bilimlar emas, balki, elementar matematika hamda, astronomiya ham o‘rgatilar edi. Bu fanlarni esa Bazel maktabida juda kuchli olim va mahoratli o‘qituvchi Iogann Bernulli o‘tgan. Bernulli yosh Eylerning matematik iqtidorini albatta tezda payqagan va u bilan alohida, qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib bora boshlagan. 1723-yilda Eyler Bazel maktabida magistr darajasini qo‘lga kiritadi. Daraja himoyasida Eyler sof lotin tilida Nyuton va Dekart falsafasi haqida nutq so‘zlagan. Shundan so‘ng, uning otasi o‘g‘lini endi sharq tillarini hamda, Injilni mukammalroq o‘rganishini istagan va shu yo‘nalishni chuqurroq o‘rgata oladigan ustozlar qo‘liga topshirgan Lekin Eylerning ixlosi baribir matematikaga tushgan edi va endi u, Bernullining uyiga borib dars oladigan bo‘ldi. U olimning o‘zi tengqur o‘g‘illari Nikolay va Daniil bilan yaqin do‘st bo‘lib, aka-ukadek bo‘lib ketgan, o‘sha yillarda Chor Rossiyasida imperatritsa Yekaterina I tomonidan Peterburg Fanlar Akademiyasi tashkil qilinayotgan edi va ruslar Yevropa bo‘ylab yosh, istiqbolli izlanuvchilarni izlab yurishgandi. Yekaterina I Fanlar Akademiyasiga Bernullini ham taklif etadi. Bernulli Peterburgga yetib borgach, u yerdagi rahbarlarga yosh va kelajagi porloq shogirdi - Eylerni ham olib kelish kerakligini taklif qildi. Bir yil o‘tib-o‘tmay, Bernulli Bazelga xat yo‘llab, Eylerni Peterburg Fanlar Akademiyasining fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha mutaxassis sifatida qabul qilishga tayyorligini bildiradi. Eyler esa bu borada aytarli bilimga ega emasdi. Lekin, u ustozi bilan yaqin bo‘lishni va matematikani yanada chuqurroq o‘rganishni istardi. Shu sababli, u zudlik bilan, Bazel universiteti tibbiyot fakultetiga o‘qishga topshiradi.

  • Leonard Eyler 1707-yilning 15-aprel sanasida Shveytsariyaning Bazel shahrida dunyoga keldi. Uning otasi Pavel Eyler pastor bo‘lgan va matematikadan ham uncha-muncha xabari bor, ziyoli kishi bo‘lgan. o‘zi cherkov xizmatidagi odam bo‘lgach, ota Eyler o‘g‘lini ham diniy sohada ta'lim olishini istagan. Shu sababli ham, Leonard Eylerni 13-yoshida Bazeldagi seminariyalardan biriga, falsafadan ta'lim olish uchun o‘qishga joylashgan, o‘sha o‘qishda faqat falsafa va diniy bilimlar emas, balki, elementar matematika hamda, astronomiya ham o‘rgatilar edi. Bu fanlarni esa Bazel maktabida juda kuchli olim va mahoratli o‘qituvchi Iogann Bernulli o‘tgan. Bernulli yosh Eylerning matematik iqtidorini albatta tezda payqagan va u bilan alohida, qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib bora boshlagan. 1723-yilda Eyler Bazel maktabida magistr darajasini qo‘lga kiritadi. Daraja himoyasida Eyler sof lotin tilida Nyuton va Dekart falsafasi haqida nutq so‘zlagan. Shundan so‘ng, uning otasi o‘g‘lini endi sharq tillarini hamda, Injilni mukammalroq o‘rganishini istagan va shu yo‘nalishni chuqurroq o‘rgata oladigan ustozlar qo‘liga topshirgan Lekin Eylerning ixlosi baribir matematikaga tushgan edi va endi u, Bernullining uyiga borib dars oladigan bo‘ldi. U olimning o‘zi tengqur o‘g‘illari Nikolay va Daniil bilan yaqin do‘st bo‘lib, aka-ukadek bo‘lib ketgan, o‘sha yillarda Chor Rossiyasida imperatritsa Yekaterina I tomonidan Peterburg Fanlar Akademiyasi tashkil qilinayotgan edi va ruslar Yevropa bo‘ylab yosh, istiqbolli izlanuvchilarni izlab yurishgandi. Yekaterina I Fanlar Akademiyasiga Bernullini ham taklif etadi. Bernulli Peterburgga yetib borgach, u yerdagi rahbarlarga yosh va kelajagi porloq shogirdi - Eylerni ham olib kelish kerakligini taklif qildi. Bir yil o‘tib-o‘tmay, Bernulli Bazelga xat yo‘llab, Eylerni Peterburg Fanlar Akademiyasining fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha mutaxassis sifatida qabul qilishga tayyorligini bildiradi. Eyler esa bu borada aytarli bilimga ega emasdi. Lekin, u ustozi bilan yaqin bo‘lishni va matematikani yanada chuqurroq o‘rganishni istardi. Shu sababli, u zudlik bilan, Bazel universiteti tibbiyot fakultetiga o‘qishga topshiradi.

Download 83.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling