L. N. Isayev va P. F. Barovskiy qaysi kasalliklarni tugatishiga asos bo’ldi?
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Zoologiya mavzulashtirilgan
Bo’shliqchililar tipi.
1.Bo’shliqchililarga qaysi sinflar kiradi?----- Gidroid poliplar, ssifoid meduzalar,koral poliplar. 2.Gidra qanday suvda hayot kechiradi?------ Tinch oqadigan va oqmaydigan chuchuk suvlarda. 3.Qaysi hayvoni ham akvariumlarda uchratish ham mumkin?------Gidra. 4.Gidra tanasining uzunligi va shakli?----- 5-7 mm,silindirsimon. 5.Gidra tanasining ostki qismi nima deb ataladi?------ Tovon. 6.Gidraning og’iz teshigi nimalar b-n o’ralgan?-----Paypaslagichlar. 7.Gidra suvdagi narsalarga nima orqali yopishib oladi?----- Tovon. 8.Suv tupidagi narsalarga yopishib hayot kechiradigan organizmlar nima deb ataladi?----- Polip. 9.Gidra tanasi qanday simmiteriyali.?----- Radial (nurli simmiteriyali). 10.Gidra tanasi necha qavat hujayradan tashkil topgan?-----Ikki qavat. 11.Gidra tanasining tashqi va ichki qavati nima deb ataladi?----Ektoderma va endoderma. 12.Gidra tanasining ichki qismi nima deb ataladi?----- Ichki tana bo’shlig’i. 13.Gidraning ichak vazifasini nima bajaradi?----- Tana bo’shlig’i. 14.Gidra tashqi qavati qanday hujayralardan tuzilgan?-----Teri-muskul,nerv oraliq,otuvchi. 15.Gidraning muskul tolalari qayerda joylashgan?------Teri-muskul hujayralarining tana devoriga botib turgan qismida. 16.Gidra qanday harakatlanadi?-----Umaloq yoki odimlab. 17.Gidraning otuvchi hujayralari qayerda ko’p joylashgan?----- Paypaslagichlarida. 18.Gidraning otuvchu hujayralari qanday tuzilgan?----- Sezuvchi tukcha,otuvchi kapsula. 19.Otuvchi kapsula ichida nima joylashgan?------ Otuvchi tola. 20.Gidraning otuvchi kapsulasi qaysi hayvonlarga ta’sir qiladi?----- Dafniya,siklop,baliq chavoqlari. 21.Gidraning nerv hujayralari qanday tuzilgan?----- Yulduzsimon. 22.Gidra nerv hujayralari tanasida qanday joylashgan?------Tarqoq. 23.Endoderma qavati qanday hujayralardan tuzilgan?------ Ikki xivchinli va bezli hujayralardan. 24.Gidra o’jasini nima yordamida tutadi?----- Paypaslagich. 25.Gidra tanasidagi yirik yadroli mayda hujayra?----- Oraliq. 26.Gidraning regeneratsiyasida qaysi hujayra ishtirok etadi?------Oraliq. 27.Gidra tanasi nechta bo’lakka bo’liganligi kuzatilgan?-----200 28.Gidraning jinssiz ko’payishi qachon amalga oshadi?-----Bahor va yoz mavsumida. 29.Gidraning jinssiz ko’payishidagi kurtaklardan qachon yosh gidra chiqadi?-----Paypaslagichlari va o’giz teshigi paydo bo’lishi b-n. 30.Jinsiy ko’payishi qachon amalga oshadi?-----Kuzda. 31.Gidraning jinsiy ko’payishida tanasida nima paydo bo’ladi?----- Bo’rtmacha. 32.Gidraning tuxum va urug’ hujayradi qayerda yetiladi?-----Tanasidagi bo’rtmachalarda. 33.Gidraning tuxum hujayrasida nimalari bo’ladi?----- Soxta oyoqlar. 34.Gidraning urug’lanishi qayerda amalga oshadi?------Suvda. 35.Urug’langan tuxum hujayra nima eb ataladi?-----Zigota. 36.Gidra qishda nobud bo’ladi…..?----- Zigotasi saqlanib qoladi. 37.Zigotadan qachon yosh gidra chiqadi?----- Erta bahorda. 38.Dengizda yashovchi bo’shliqchililar?------Aktiniya,korall polip,meduzalar. 39.Aktiniyalarning qaysi belgilari gidraga o’xshaydi?----- Tanasi tuzilishi va shakli. 40.Aktiniyalar gidradan qanday farq qiladi?------Yiikligi(0,5m) va rangli bo’lishi. 41.Aktiniyalarning paypaslagichlari og’iz teshigi atrofida qanday tartibda joylashgan?------Bir qator. 42.Koloniya bo’lib yashovchi poliplarda…..o’zaro tutashgan bo’ladi?-----Ichki organlari. 43.Koloniya bo’lib yashovchi poliplar nimalar b-n ozilanadi?-----Organik qoldiqlar va mikroorganizmlar. 44.Ko’pchilik koloniya bo’lib yashovchilar tanasida nima to’planadi?-----Ohak skeleti. 45.Koloniya hosil qiluvchi poliplar polip davrida qanday ko’payadi?------Gidra singari jinssiz kurtaklanish. 46.Koral poliplar zich joylashib nimalarni hosil qiladi?------Korall riflarni. 47.Eng yirik riflar qayerda uchraydi?------Tinch okeanining tropi qismida va Australiya qirg’oqlarida. 48.Qaysi riflarda zeb-ziynat buyumlari tayyorlanadi?-----Qizil korall riflardan. 49.Korall riflar qaysi hayvonlar u-n yashash makoni hisoblanadi?------Balilar va dengiz hauyvonlari. 50.Riflar tarqalgan joylar nimaga aylantirilgan.?------Qo’riqxonalarga. 51.Meduzalar tanasi qanday moddadan iborat?-----Birmuncha tiniq shishasimon dildiroq. 52.Meduzalar shakli qanday?-----Soyabonsimon. 53.Meduzalarnig og’iz teshigi qayerda joylashgan?-----Soyaboning ostki tomonining markazida. 54.Meduzalarning tanasining qaysi qismi kuchliroq rivojlangan?-----Oraliq qismi. 55.Meduzalar qanday harakatlanadi?----Reaktiv. 56.Meduzalar nimalar b-n oziqlanadi?------ Qisqichbaqasimonlar,chuvalchanglar,baliq chavoqlari. 57.Meduzalar o’z o’ljasini nima yordamida falajlaydi?-----Otuvchi tolalar. 58.Qutb va ildizog’iz meduzasi qayerlarda uchraydi?-----Shimoliy dengiz va qora dengiz. 59.Cho’miluvchilar xavfli bo’lgan meduzalar?------Qutb va ildizog’iz meduzalar. 60.Dengiz likopchasinima deb ataladi?------Aureliya. 61.Odamlar u-n zararsiz meduza?-----Aureliya. 62.Meduzalar nimalarga katta zarar ko’rsatadi?-----Baliqchilikka. 63.Bo’shliqchililarning qadimgi ajdodi?------Koloniya bo’lib yashovchi bir hujayrali xivchinlilar. 64.Bo’shliqchililarning kelib chiqish ketma-ketligi?-----Xivchinlilar—gidrasimonlar—korall poliplar— meduzalar. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling