L. N. Isayev va P. F. Barovskiy qaysi kasalliklarni tugatishiga asos bo’ldi?
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Zoologiya mavzulashtirilgan
To’garak chuvalchanglar tipi.
1.To’garak chuvalchanglarnjng tanasining ko’ndalang kesimi qanday shaklda?------ To’garak shaklda. 2.Ichki organlari qayerda joylashgan?----- Tana bo’shlig’ida. 3.To’garak chuvalchanglar qayerlarda hayot kechiradi?------ Chuchuk suv va tuproqda. 4.To’garak chuvalchanglar nimalarda parazitlik qiladi?------Odam, hayvon,o’simlik. 5.Odam askaridasi qayerda parazitlik qiladi?----- Odamning ingichka ichagida. 6.Tanasi qanday shaklda?-------Duksimon. 7.Urg’ochi va erkagining uzunligi qancha?------ 20-40 sm va 15-52sm 8.Tanasi tashqi tomondan nima b-n qoplangan?------ Pishiq va qalin kutikula. 9.Hazm qilish sistemasi nima o’xshaydi?----- Ikki uchi ochiq nayga. 10.Hazm qilish sistemasining ketma-ketligi?------Og’iz—halqum—qizilo’ngach—o’rta ichak—keyingi ichak—orqa chiqaruv teshigi. 11.Askaridaning og’iz teshigi nima b-n o’ralgan?----- Uchta lab b-n. 12.Askaridaning jinsiy sistemasini nimaga o’xshatish mumkin?-----Bir uchi berk ingichka naychaga. 13.Jinsiy sitemasi tana bo’shlig’ida qanday joylashgan?------Buralib. 14.Askarida bir kecha kunduzda nechtagacha tuxum qo’yadi?----- 240000 ta 15.Askaridaning nam joyga tushgan tuxumlaridan nima chiqadi?------Lichinka. 16.Askarida odamga nima orqali yuqadi?----- Iflos qo’l va yaxshi yuvilmagan sabzavotlar orqali. 17.Askarida b-n zararlangan odamda nima kuzatiladi?-----Kishi ozib ketadi,rangi siniq bo’ladi,qorni muntazam og’riydi. 18.Ichakdagi askarida nima yordamida tozalanadi?------Maxsus dorilar. 19.Askaridani yuqturmaslik u-n nima qilinadi?------Sabzavot,meva va poliz mahsulotlarini yaxshilab yuvish,gigena qoidalariga amal qilish kerak. 20.To’garak chuvalchanglarni yassi chuvalchanglardan asosiy farqi?-----Tana bo’shlig’ va anal teshigini rivojlanganligi. 21.To’garak chuvalchanglar qaysi chuvalchanglardan kelib chiqqan?----- Yassi chuvalchanglardan. 22.To’garak chuvalchanglarning nechta turi bor?-----12000 Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling