L. N. Tolstoy maishiy turmushga bag’ishlangan barcha asarlar, roman bo’ladimi, film bo’ladimi, qissa afsona bo’ladimi voqealar rivojlanib borib u bilan tugaydi, hayotda esa aksincha hamma voqealar undan keyin boshl


Download 24.8 Kb.
Sana10.10.2023
Hajmi24.8 Kb.
#1696847
Bog'liq
1 U Geyms Kukda kichkina


1 U Geyms Kukda kichkina, Arnold Shvartsnegrda katta, Madonna va Kleopatrada umuman yo’q, Rim papasida bor, lekin uni ishlatmaydi. Gap nima haqida ketyapti?


Familiya

2. Finlyandiya, Nоrvegiya, Shvetsiyada yangi yil kuni uni sоvg’a qilishsa bilingki, sizga baxt va iliqlik istashayоtgan bõladi. Yunоnistоn va Ispaniyada u havf-xatar belgisi bõlgan. Haqiqatdan ham undan katta xavf bõlishi mumkin. Savоl u nima?


Gugurt.

3. Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo butun dunyodagi ularning yurgan “yo’lini” hisoblasak ular avtomobil va samolyot bosib o’tgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bo’lgan bu “mashinaning” nomi nima?


Soat

4. L.N.Tolstoy maishiy turmushga bag’ishlangan barcha asarlar, roman bo’ladimi, film bo’ladimi, qissa afsona bo’ladimi voqealar rivojlanib borib u bilan tugaydi, hayotda esa aksincha hamma voqealar undan keyin boshlanadi degan. Mantiqiy o’ylab aytingchi, L.N.Tolstoy nimani nazarda tutgan?


To’y

6. Ukraina, Xitoy, Turkiya, Kanada kabi davlatlarda u 2 ta, O’zbekistоn, Rоssiya, Frantsiya, Italiya kabi davlatlarda – 3 ta, Efiоpiya, Surinam, Quvayt, Suriyada – 4 ta. Savоl: Lixtenshteyn va Liviyada u nechta?


1 ta. Davlat bayrog’idagi ranglar soni


7. Har yili millionlab odamlar haj amalini bajarishadi. Makka shahriga bu tadbirni o’tkazish uchun xavfsizlik masalalarida, xizmatkorlar, taksistlar va boshqa yollanma ishchilar jalb etiladi. Turkiya davlatidan bir kasb vakillaridan 30 minglab kishilar chaqiriladi. Savol: bu qaysi kasb vakillari va ular qanday ishni bajarishadi?


Qassoblar, ular qurbonlikka atalgan qo’ylarni so’yadilar.

10. Psixologlarning fikricha qaysi oy eng shirin oy hisoblanadi?


Asal oyi

11. 1943-yil, 27-noyabrda tobora kamayib borayotgan militsiya hodimlari uchun bir qaror chiqarishgan. Ushbu qaror tufayli militsiya hodimlari safi yana to’ldirilgan. Savol: bu qanday qaror edi?


II jahon urushiga militsiya hodimlari safarbar qilingani bois shu kundan boshlab ayol kishilar ham militsiya organiga ishga qabul qilina boshlangan.

12. Bozorda ko’rmaysiz, ko’rsangiz ham olmaysiz, olsangiz ham kiymaysiz, kiysangiz ham ko’rmaysiz. U – ?


Kafan

13. Bir boyvachcha honim xizmatkoriga men o’lsam boyligimni senga xatlab beraman deb aytadi. Honim xizmatkoriga yana bir gap aytadiki xizmatkor uni uzoq vaqt yashashini xohlaydi. Savol: mantiqiy fikrlab ko’ring, xizmatkor nega honimni uzoq yashashini istagan?


Boyvachcha honim xizmatkorga qancha yashasam boyligimning shuncha foizi seniki deb aytgan bo’ladi.


14. Hazil savol: Eng ko’p haqorat eshitadigan kishilar kimlar?


Futbol hakamlari
15..gilamchilik qayerda ilk bor paydo bolgan va rivojlangan ? orta osiyo va garbiy osiyo

16.eng chiroyli gilamlar qaysi davlatlarda ishlab chiqariladi ? eron, ozarbayjon,armaniston, turkmaniston.


17. Amir Temur jang payti ularning o’rni beqiyos, 100 ta mohir jangchi ham ularning o’rnini bosa olmaydi deb aytganlar. Savol: Sohibqiron kimga ta’rif berganlar?
Tabiblarga

18. Fransuzlarda “Tuxumdan olmagacha” degan ibora bor. Ular bu koni foyda ekani uchun ham bunga amal qilishadi. Savol: “Tuxumdan olmagacha” iborasida nima nazarda tutilmoqda?


Tushlikni tuxumdan boshlab olmada tugatish kerak.

19. telegrmda botlar orqali nimalar qilsa boladi? Kitob qidirish, qoshiq qidirish, chet tilini organish, taksi zkaz qilish, kulgili hikoyalar oqish, online tarjima, ob-havo va b.


20. Qiziqarli fakt: u AQSHliklarda O. K. Y. tarzida berilsa yaponlarda Y. O. K. shaklida, bizda K. O. Y. ketma-ketlikda beriladi. Agar anglagan bo’lsangiz nimaning ketma-ketligi keltirilmoqda?
Kun, oy, yil

– 21. U odamzod o’zi uchun tuzib oladigan qora ro’yhatda turadi, uning kattasi emas, ba’zan ko’zga ko’rinmaydiganlari havfliroq. Uning kattasimi, kichigimi har birimizda bor. Mantiqiy o’ylab javobini toping.


Xato
22. filipinning shiori xudo uchun tabiatimiz ham, davlatimiz ham. Luksemburgda biz bugun kim bolsak kelajakda ham shunday qolishni istagan bolardik. Savol ozbekistonning va malayziyaning shiorini Ayting. KUCH ADOLATDADIR VA KUCH BIRLIKDA.
23. Cho’ponlar bozordan echki xarid qilayotganda uning qulog’iga nazar solishar ekan. Aynan katta va uzun quloqli echkini tanlashar ekan. Savol: nega katta quloqli echki sotib olishadi ?
Egiz tug’adigan echkilarning qulog’I katta bo’lar ekan.

25. Ingliz fermerlari sigirlarga ko’proq tuz berish samarali ekan deyishmoqda. Tuzning qanday foydasi bo’lishi mumkin deb o’ylaysiz?


Tuz yegan sigirlar ko’p suv ichadi, ko’p suv ichsa ko’p sut beradi.
26. o’zbekiston qirolli kuchlariga qachon asos solingan ? 1991 yil

27..mudofaa vaziri? Bahodir qurbonov.


28,. dunyoda qurolli kuchlari boyicha kim 1chi Orinda turadi ?


29. qaysi sanada Ozbekiston respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar Va harbiy oquv mussasalari TOGRISIDA qarorlar qabul qilingan ? 14- yanvar

30. prokuror sozining etimologiyasi qanday ? lotindan kelib chiqib,rahbar, boshqaruvchi,prokurator. U esa procurare yani boshqarmoq sozidan kelib chiqqan ?


31. Dehqonlar ekinlarni biroz kechroq ekishganda ustiga qora ko’mir sepib qo’yishar ekan. Savol: nega qora ko’mir sepishlari kerak?
Qora yer quyosh nurini ko’proq oladi, ekinlar yetib olishi uchun shundayqilishadi.

32. Eng xotirasi past bo’lgan kulrang olmaxonlar o’rmondagi daraxtlar ko’payishiga xissa qo’shar ekan. Savol: Ular qanday qilib daraxtlar ko’payishiga yordam beradi?


Ular daraxt mevalarini yer tagiga ko’mib qo’yishadi va qayerga ko’mganliklarini eslay olishmaydi. Mevalar urug’lab ulardan nihollar o’sib chiqa boshlaydi.


33. Qiziq savol: XIX asrlarda yevropada velosiped minish juda ommalashib ketadi. Velosiped bahona ayollarning azaliy orzularining ushalishi tezlashib ketadi. Savol: velosiped bahona ayollar qanday orzularini amalgam oshirib olishdi?


Shim kiyib yurish

34. Geografiyadan savol: Bu poytaxt ikki shaharning birlashishidan tashkil topgan. Uning nomi ham ikki shahar nomining qo’shilishidan paydo bo’lgan. Bu qaysi shahar?


Budapesht

35. Tseylonda har bir oilaniki alohida o’z hovlisida joylashgan, bizning yerlarda esa hammaniki umumiy. Savol: nima haqida gap ketmoqda?


Qabriston

36. Hazil savol: Nima uchun inson orqasiga qaraydi?


Chunki, orqasida ko’zi yo’q.

37. Qadimgi Sparta ayollari erlari qabriga borganda o’z vafodorliklarini belgisi sifatida bir kichkina idishda hech qayerda sotilmaydigan suyuqlik quyib kelishar ekan. Savol: qanday suyuqlik haqida gap ketmoqda?


Ko’zyosh

38. Kuril orollarida yashovchi tub aholi juda qadimdan beri eulaxon balig’ini tutib olishsa juda xursand bo’lar ekan. Bu baliq ingichka va juda yog’li baliq bo’lib uni quritib olib qo’yishar ekan. Savol: ular bu baliqdan nima maqsadda foydalanishlari mumkin?


Buni qarangki bu baliq o’ta yog’li ekani uchun quritilgandan so’ng undan sham sifatida foydalansa bo’lar ekan.

39. Tarix fanidan savol: Qadimgi Sparta davlatida mast qiluvchi ichimliklarni ichish ta’qiqlangan edi. Qonunni buzganlar qattiq jazolangan, ammo baribir ichimlik ichish davom etavergan. Shundan so’ng shafqatsiz buyruq e’lon qilingan. Savol: bu qanday buyruq edi?


Barcha tokzorlarni buzib tashlash buyrug’i


40. Osiyoda juda taraqqiy etgan bu davlatning qadimiy poytaxti shohlar shahri edi. Bu poytaxtning hozirgi nomi shaharlar shohiga o’zgargan. Qaysi davlat va shaharlar so’ralmoqda?




Yaponiya. Bu davlatning poytaxti dastlab Kioto, ya’ni kio – shoh, to – shahar – shoh shahri edi, hozirgi nomi Tokio bilganingizdek shaharlar shohi bo’lib o’zgargan.
Download 24.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling