L. Tijorat bankining resurslari va ularning tarkibi Tijorat bankining o‘z mablag‘lari


Tijorat bankining o‘z mablag‘lari


Download 40.84 Kb.
bet3/5
Sana20.11.2023
Hajmi40.84 Kb.
#1789710
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tijorat banklarining passiv va aktiv operatsiyalari

2. Tijorat bankining o‘z mablag‘lari


Bankning o‘z mablag‘lari uning faoliyatining asosini tashkil qiladi, chunki ular jalb qilayotgan depozitlar, ya’ni real kredit resurslari hajmini, pirovard natijada aktiv amaliyotlar hajmini belgilab beradi. Bankning o‘z mablag‘lari tijorat banklarining faoliyatini boshqaruvchi va ular ustidan nazoratni amalga oshiruvchi Markaziy bank uchun muhim ma’lumot manbayi hisoblanadi.
Bankning o‘z mablag‘lariga ustav fondi (kapital), rezerv fondi va bank foydasi hisobiga tashkil topadigan bank fondlari hamda yil davomida taqsimlanmagan foyda kiradi. Amaliyotda bank passivlarining 20 foizi banklarning o‘z mablag‘lariga to‘g‘ri keladi. Bankning o‘z mablag‘lari ichida asosiy o‘rinni ustav kapitali egallaydi.
Bankning ustav kapitali – bu bank ishini tashkil qilishning asosiy tayanch nuqtasi hisoblanadi.
Markaziy bankning me’yoriy talablariga muvofi q bank kapitali asosiy (birinchi darajali kapital) va qo‘shimcha (ikkinchi darajali) kapitaldan iborat. Birinchi darajali kapital hisob-kitob qilingan kapital yig‘indisining 50 foizidan kam bo‘lmasligi lozim. Tartibga solish funksiyasini asosan, birinchi darajali kapital bajaradi, chunki u doimiyroq hisoblanadi.
Bank kapitali uning faoliyat yuritish chegaralarini belgilab beradi, investorlar hamda aksiyadorlar va qolaversa, bankning o‘zi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan moliyaviy barqarorlik darajasini ko‘rsatib beradi.
Bankning tashkil topish shakliga qarab, ustav kapitalining shakllantirilishi turlicha bo‘ladi. Agar bank aksiyadorlik jamiyati ko‘rinishida shakllanayotgan bo‘lsa, ustav fondi aksiyalarining nominal qiymati ko‘rinishida tashkil topadi. Bunda aksiyalar ochiq obuna qilish yo‘li bilan yoki ta’sischilarning ustav fondidagi ulushlariga qarab tarqatilishi mumkin.
Agar bank mas’uliyati cheklangan jamiyat ko‘rinishida tuzilgan bo‘lsa, ustav fondi ulushlarga bo‘lingan holda bo‘ladi. Ularn ing hajmi ta’sis hujjatlari bilan aniqlanadi. Bunda bank ishtirokchilari o‘z ulushlarining me’yori chegarasida majburiyatlarni o‘z zimmalariga oladilar.
Bankning tashkiliy-huquqiy shakliga qaramay, uning ustav fondi huquqiy va jismoniy shaxslarning to‘lovlari orqali shakllanadi va ta’sischilarning majburiyatlarini bajarish uchun xizmat qiladi. Ustav fondi faqat bank ishtirokchilarining xususiy mablag‘lari hisobiga tashkil topishi mumkin. Jalb qilingan kredit, garovga olingan yoki boshqa yo‘llar bilan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan ustav fondini shakllantirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bankning ustav fondi faqat pul mablag‘lari va moddiy aktivlar hisobiga tashkil topishi mumkin.
Respublika budjeti mablag‘lari, davlat nobudjet fondlari mablag‘lari va O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruv va mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoridagi bo‘sh pul mablag‘lari va boshqa obyektlar banklarning ustav kapitali shakllanishida qatnashmaydi. Qonunda ko‘rsatilgan holatlarda bank ustav kapitalini shakllantirish uchun budjet mablag‘laridan foydalanish mumkin.
Agar aksiyadorlar ustav kapitalini shakllantirishda qarz mablag‘idan foydalansa, ustav fondiga qo‘shilgan mablag‘ aksiyadorga qaytarib beriladi va aksiyalar kelgusida sotish uchun bankka qaytariladi.
Tashkil etilayotgan bank kapitalining eng kam miqdori Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Markaziy bank faoliyati shartlari, biznes-rejada ko‘rsatilgan operatsiyalar turi va hajmiga qarab bank ustav kapitali miqdoriga qo‘shimcha talablar qo‘yish mumkin. Ustav fondining minimal miqdori bankning barqaror faoliyatini ta’minlash uchun o‘rnatiladi.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banki ustav fondining min imal miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar oldingi paragrafl arimizda keltirilgan edi.
Tashkil etilayotgan bank kapitalining yetarlilik darajasini belgilashda quyidagi asosiy talablarga rioya qilinadi:

  • Markaziy bank belgilagan ustav kapitalining eng kam miq-dori yuzasidan talablarga muvofi qligi;

  • ko‘zda tutilayotgan o‘sishni qo‘llab-quvvatlash darajasi; Ko‘zda tutilayotgan daromadlar va asosiy foizlar darajasi;

  • muassislarning zarur hollarda qo‘shimcha kapitallar kirita olish qobiliyati va boshqalar.

Download 40.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling